Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh bo’lgan avlodlari
Bir paytlar uch qit’a hukmdori bo’lgan sulton Sulaymon va rafiqasi Hurrem sultonning avlodlari bormi? Ular hozir qayerda yashaydilar va nima ish qiladilar?

Sulton Sulaymon va Hurremning avlodlari bugungi kunda Turkiya, Iordaniya, Siriya, Misr, Livan, shuningdek Yevropa va AQSH da yashab kelmoqdalar. Usmoniylar imperiyasi tugatilgandan keyin ular 30 yil davomida quvg’inlikda yashaganlar.

Osman Ertugrul Osmano’glu hukmron Usmoniylar inperiyasining oxirgi shahzodasi bo’lgan. Sulton oilasini saroydan quvib chiqarganlarida u 12 yoshda edi. U AQSH va Avstriyada yashab yurdi, 68 yildan keyingina usmoniylarning bosh qarorgohiga qaytishga muvaffaq bo’ldi.

Osman Ertugrul Osmano’glu 2009 yilda vatanida vafot etdi. Usmoniylar sulolasining boshqa avlodlari esa bir-birlari bilan muloqotda yashab kelmoqdalar. Ular “Muhtasham yuz yil” seriali haqida o’z fikrlarini bildirganlar.

Sulton Murod V ning avlodi bo’lmish Osman Salohiddin Osmano’glu mashhur serial haqida fikr bildirar ekan, undagi ko’pgina syujetlar haqiqatdan ancha farq qilishini bildirib o’tgan. “Bu tarixiy hujjatli film emas – serialdir. Shuning uchun unda tomoshabinni qiziqtirish uchun uydirmalar qo’shilgan. Ma’lumki sulton 46 yil hukmronlik qilgan. Uning harbiy yurishlarda bosib o’tgan masofasi 48 000 km ni tashkil etadi. Tabiiyki sulton buncha yo’lni konditsionerli mersedes avtomobilida emas, ot ustida qiyin sharoitlarda bosib o’tishiga to’g’ri kelgan va bunga ancha-muncha vaqt sarflangan. Shunday ekan, Sulaymon o’z haramida bunchalik ko’p vaqtni o’tkaza olmas edi”.

Osmanning o’g’li shahzoda Orxan Murod hozir Angliyada yashab kelmoqda, u oilali ikki nafar o’g’lni o’stirmoqda. Orxan investitsiya kompaniyasining egasi. U ham serial haqida o’z fikrini bildirdi: “Bu film tufayli yuzlab insonlar o’z oilalarining ro’zg’orini tebratayaptilar. Bizga film yuoqadimi-yo’qmi, birovning nonini tortib olib qo’yishga haqqimiz yo’q”.

Usmoniylar sulolasining malikalariga kelsak, ular serialga xolis baho berdilar. Tomirlarida sultonlar qoni oqishiga qaramasdan, ular ayol bo’lganliklari uchun serialda aks ettirilgan haram hayotini zavq bilan tomosha qildilar.

Usmoniylar imperiyasining eng mashhur ayollaridan biri Roksana Kunter – Abdul-Hamid II ning avlodidir. Roksana Turkiyada sport yangiliklarining boshlovchisi sifatida tanilgan. Film ijodkorlari Hurrem sulton rolini o’ynashni dastlab mana shu ayolga taklif qilishgan edi, ammo u rad javobini bergan. Uning fikricha, Meryem Uzerli bu vazifani a'lo darajada bajargan.

Fotima Nozlishoh Osmano’glu sulton xonim – oxirgi usmoniy sulton Mahmud VI ning nabirasidir. U Usmoniylar imperiyasining parchalanishidan avval dunyoga kelgan. Uning bobosi Mahmud VI taxtdan qulatilgan keyin, saroyni tark etib, mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo’lgan. Fotima Nozlishoh o’shanda 4 yoshda edi. 1969 yilda u o’z vataniga qaytishga muvaffaq bo’ldi. 2009 yilda sulton xonim sulolaning eng keksa a’zosi, deb e’lon qilindi. Fotima Nozlishoh 2012 yilda vafot etdi, u Usmoniylar imperiyasi malikasi hamda Misr malikasi unvoniga, uning o’g’li Abbos Hilmi esa Misr shahzodasi unvoniga ega edilar.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations