просмотров
Ijtimoiy tarmoqlar tobelikni keltirib chiqaradi. Insoniyat buning nima ekanligini asta-sekin tushunib bormoqda. O’zining shaxsiy suratining tagida layklarni ko’rganda inson tanasida xursandchilik gormonlari ishlab chiqiladi, shuning uchun u ijtimoiy tarmoqqa boglanib qoladi. Biroq Instagram, Facebook, VKontakte va hattoki Odnoklassniki larda ko’pgina xavflar bor. Sizning akkauntingizdan firibgarlar, o’g’rilar, har xil shilqimlar va boshqa yoqimsiz insonlar foydalanishlari mumkin. O’zingizni xavfdan saqlashingiz uchun hech qachon omma bilan quyidagi ma’lumotlar bilan bo’lishmang.
1.Turar joy va ish joyingizning manzili
“Ma’lumotlar” degan qatorda manzilingizniko’rsatmasligingizni biz bilamiz. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda suratingiznijoylashtirish bilan birga avtomatik tazda geolokatsiyani ham biriktirib qo’yishingiznisiz bilasizmi? Bundan foydalanib istalgan odam sizning joylashgan manzilingiznibir zumda aniqlab oladi. Shuning uchun eng oddiy usul – akkauntni moslashdageolokatsiyani o’chirib qo’ying.
2.Farzandlaringizning suratlari
Ha, farzandining suratlari bilan bo’lishishniistamagan onalar topilmasa kerak. Axir farzand bu baxt va bu baxtniyaqinlaringiz bilan bo’lishishni istaysiz. Agar farzandingizning suratini e’lonqilmoqchi bo’lsangiz, uning bog’cha, maktab yoki vaqtini o’tkazadigan joylarhaqidagi ma’lumotlar tarmoqqa tushib qolmasligiga e’tibor bering. Dunyodag’alati va yomon odamlar ko’p. Ular farzandizgiz haqida qancha kam bilsa,shuncha yaxshi.
3.Ta’tilda haqidagi tafsilotlar
Sayohat haqidagi taassurotlari bilan hamma bo’lishgisikeladi. Buning yomon yoyi yo’q. Biroq ta’tilga ketish oldidan sayohatgaketayotganingizni ijtimoiy tarmoqda e’lon qilmagan ma’qull. O’g’rilar bundanfoydalanib qolishlari mumkin.
4.Parolingizni buzishi mumkin bo’lgan ma’lumot
Manbalaringiz uchun (pochtadan tortib elektronbankgacha) parol tanlayotganingizda tizim sizga “maxfiy savol” tanlashingizniva unga javob o’ylab topishingizni taklif etadi. Har ehtimolga qarshi, agar sizparolni esdan chiqarsangiz va qayta tiklashni xohlasangiz. Maxfiy savollar “onangizningqizlik familiyasi”, siz yoqtirgan akter” kabi variantlarni taklif etadi. Buhaqdagi ma’lumot ommaga ma’lum bo’lmasligi kerak. Agar siz maxfiy savol uchun “sizyoqtirgan qo’shiqchi” optsiyasini tanlasangiz-u, Facebook dagi akkauntingiz esaShahzodaning rasmi bilan to’la bo’lsa, parolingizni hattoki maktab o’quvchisiham buza oladi. Shuning uchun ehtiyotkor bo’ling.
5. Nozik masalali suratlar
Bu haqda hamma biladi, Facebook da esa umumantaqiqlangan. Biroq Viber yoki WhatsApp kabi shaxsiy chatdan sevgilingizga yuborilgannozik suratlaringiz ommaning daqqat e’tiboriga tushishi mumkin. Tajribada esa istalgansaqlanayotgan ma’lumotni buzib olish mumkin.
6. Moliyaviy ma’lumot
Ba’zi odamlar ijtimoiy tarmoqlarga shaxsiy bankkartochkalarining rasmini ham qo’yishdan toymaydilar. Siz shular qatoridanemasligingizdan umidvormiz. Chunki istalgan odam o’zi bilmagan holda firibgarlargaasqotadigan ma’lumotni berishi mumkin. Masalan, qaysi bankning mijoziekanligingiz haqidagi ma’lumot. Uchiga chiqgan firibgarlar uchun shu ma’lumotlarningo’zi ham yetadi. Axir sizning tug’ilgan sanangiz va boshqa shu kabi ma’lumotlarnianiqlashning qiyin yeri yo’q.
Сообщения из Facebook