Insonga kuch beruvchi 9 ta omil
Insonga kuch beruvchi 9 ta omil
O’ziga ishongan, haqiqatdan ham kuchli insonlarni maqsadga erishish uchun ortiqcha harakatlar ajratib turmaydi. Murakkab vaziyatlardan baland ko’tarilgan bosh bilan chiqish, shuningdek kam yo’qotib, ko’p foyda olish qobiliyati asosan hayotga bo’lgan aniq nigoh va sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan munosabatlarga bog’liq.

1. Xayotga moslashuvchanlik

Inson biror nimani mo’ljallashi uchun o’z oldiga aniq bir maqsad qo’yishi qanday yaxshi. Biroq siz faqatgina ular bilan o’ralalashib qolsangiz, real hayotdan uzoqlashishingiz mumkin. Natijada ko’ngilsizliklardan qochib bo’lmaydi. Hayotni boshidan-ohirigacha qandaydir rejaga tobelantirib bo’lmaydi - uni qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilishga o’rganing va voqealar qay tarzda rivoj topayotganini ziyraklik bilan kuzating. Balki o’z oldingizga qo’ygan vazifalarni yana qayta ko’rib chiqishni talab qilar? Katta tekshiruvga tayyor turing! Shuningdek unutmang: haddan tashqari qaysarlik sizni vaziyat oldida kuchsizlantirishi mumkin.

2. Tavakkalga tayyor turish

Ba’zi paytlarda qati’yat bildirib, no’malum ishga ham qadam qo’yish kerak. Faqat shundagina hayotga o’zgarishlar kiritish mumkin. Faqatgina shunda siz yangi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.

3. Tartib

Biroz zerikarli eshitiladi, albatta… Ammo ,kimki tartibga odatlangan bo’lsa ( ishda ham, xayollarda ham), u ancha bosiq va o’zini qo’lga ola biladi. Agar inson hayotida chalkashlik hukm sursa, bu uning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

4. Ko'z yoshi

O’zingizni doim kulib yurishga majburlamang. Axir, bu tinkangizni quritadi! Yig’lagingiz kelyaptimi-xissiyotlarga erkinlik bering. Ko’z yoshlari bilan birga tiniq hayollarga halaqit beradigan hafagarchilik, og’riq va charchoqlar ham yuvilib ketadi. Kuchli odamlar g’am-anduxlardan berkinmaydilar, negaki ular hech bo’lmaganda –nohush vaziyatda ham jilmayib turgan qiyofani saqlab qolishi muammolarni hal qilmasligini juda yaxshi tushunadilar. 

5. Minnatdorchilik.

Aynan ushbu hissiyot sizni har kuni eshitadigan xursandchilik uchun barcha kichik sabablarni eslab qolishga yordam beradi. Har bir yoqimli daqiqalardan zavqlanishga va ularni his etishga harakat qiling. Shuningdek hayotingizda yaxshi narsalar ko’pligi haqida o’zingizni tez-tezaytib turing – bu sizga kuch baxsh etadi.

6. Taassurotning tozaligi.

Siz yangi tanish yoki biror mavzuga maftun bo’ldingizmi? Bu juda yaxshi! Ichki ovozingiz barchasini buzishiga yo’l qo’ymang. Bir hillikdan chiqib keta olgan va yangilik yarata olgan insongina muvaffaqiyatga erisha oladi.

7. Oqilona hudbinlik.

Shubhasiz fakt: baxtingizga faqatgina o’zingizdan bo’lak hech kim javobgar emas. Shuning uchun siz nafaqat munosib hayot tarzini maromida ushlab turishingiz kerak, balki shaxsiy qarashlaringizni himoyalashingiz hamda vaqti-vaqti bilan o’zingizni siylashingiz ham kerak. 

8. Sog’lom uyqu

Fikringizcha, doimiy uyquga to’ymaslik sizni bemorga o’xshatib qo’yadimi? Bu ko’proq kamqonlik kasalligidan dalolat beradi. Tanu jon to’liq oromga doimo muhtojdir. Aks holda kunduzgi tetiklik zahirasi qayerdan kelib chiqadi? Shu sababli hech bo’lmaganda dam olish kunlarida istalgancha to’yib uhlab olishingiz mumkin.

9. Fantaziyalar parvozi

O’ylashingizcha,orzu qilish befoydami? Albatta, hom xayollar olamiga to’liq sho’ng’igan odam hayotning ko’pgina haqiqiy hursandchiliklarini qo’ldan boy beradi. Biroq, siz ba’zi-ba’zida o’zingizni turli ko’rinishlarda tasavvur qilib, o’ziga hos go’zal voqealarni hayolan chizsangiz, bu ozgina dam olib, kundalik tashvishlardan chalg’ishingizga imkon beradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook