Ko’pchilik xizmatchilarning ish joylari turli joylarda yopishtirib tashgangan rang-barang stikerlar bilan, gohida esa magnit bo’lagi bilan qistirib qo’yilgan oddiy qog’oz qiyqimlari bilan olachipor bo’lib ketgan. Bularning hammasi –inson o’zi uchun bugunga rejalashtirib qo’ygan va qisqa muddat ichida zudlik bilan bajarilishi kerak bo’lgan vazifalar.
Lekin xodim ularni bajarishga ulguradimi? Amaliyot shuni ko’rsatadiki, odamlarning aksariyati bunga har doim ham ulgura olishmaydi. Shunga qaramay, hamma narsaga ulgurishning va bajarilishi kerak bo’lgan ishlarning yopirilib keladigan ko’chkisini to’plamaslikning juda ham samarali usullari mavjud.
1. Ro’yxat tuzilishi
Albatta, miyaga kelgan fikrni qo’l ostidagi qo’l ostidagi istalgan narsaga, masalan, stikerlar, kvitantsiyalarning orqa tomoni, to’g’ri kelgan qog’oz qiyqimiga yozib qo’yish ancha osonroq. Biroq, shundan keyin, doimo esda turishi kerak bo’ladigan bir necha hujjatlar yoki qog’oz parchalari ham o’z-o’zidan bajariladigan ishlar рo’yxatiga tushadigan yana bir vazifaga aylanib qoladi.
Hamma narsani, ishchi daftarchaga, bloknotga, katmondagi qog’oz varaqchasiga yoki telefonning izoh bo’limiga yozib qo’yish kerak. Shunday qilib, eng muhim masalalarni bir joyda ko’rib, ularni nazorat qilish mumkin bo’ladi.
2. Vazifalarni yozib qo’yish
Vazifalarni albatta yozib qo’yish lozim. Tom ma’noda haр bir mayda-chuyda narsa nazarda tutilyapti. Yozilgan xatni pochta qutisiga solib qo’yish, kechagi ovqatni qaytadan isitish yoki xatto, soch oldirishni ham.
Agar bajarilishi kerak bo’lgan har bir vazifa yozib qo’yilsa, hech narsa esdan chiqmaydi. Bundan tashqari, aniq esdan chiqarmaslik uchun ro’yxatdagi eng muhim vazifalarini ajratib olish ham mumkin.
3. Vazifalar muhimligini aniqlab olish
Har bir mayda-chuydani sanab o’tganda o’zi uchun eng muhimroq narsani aniqlab olish juda katta ahamiyatga ega. Ma’lum ishning oxirgi muddati yangi qo’shni uchun pishiriq tayyorlab berishdan ko’ra muhimroq bo’lishi mumkin.
Eng dolzarb masalalar ro’yhatning tepa qismida yozilishi kerak, chunki inson har safar shu ro’yhatni tekshirganida ular ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Agar bu yordam bersa, bajarilishi kerak bo’lgan vazifalarni muhimligiga qarab taqsimlab olish darkor.
A turdagi vazifalar zudlik bilan bajarishni talab etuvchilar bo’lishi mumkin, masalan, kommunal xizmatlar uchun hisoblarni to’lab qo’yish yoki bolani bog’chadan olib ketish. V turidagi vazifalarga iloj bor qadar tezroq bajarilishi kerak bo’lganlari, ammo zahirada biroz vaqt bor bo’lgan, shuningdek, ularni o’rnini almashtirib qo’yish yoki boshqa mahalga qoldirish mumkin bo’lgan vazifalar kiradi.
C turidagi vazifalar agar ular bajarilgan taqdirda hayotni osonlashtirishi bilan ifodalanadi. Masalan, ortiqcha kiyimlarni sandiqqa solish yoki cherdakka olib chiqib qo’yish.
4. Bosqichlarga bo’lish
Agar dushanba kuni katta loyiha kutilayotgan bo’lsa, uni o’z ishlar qatoriga yozish shart emas, lekin qoldirish ham mumkin emas, chunki u qoldirib bo’lmaydigan vazifalar toifasiga kiradi. Faqat bu tezkor loyihani kichikroq vazifalarga bo’lib tashlash kerak. Yirik vazifalarni barvaqt bajarilishiga ishonch hosil qilish uchun tez va oson bajarish mumkin bo’lgan kichik vazifalarga bo’lishni davom ettirish kerak.
5. Mayda-chuyda narsalar to’g’risida unutmaslik
Joriy ishlarning ro’yxati hamma narsaning boshida bo’lishi shartmas.
Unga faqatgina tartibni emas, maqsadni ham yozishni unumaslik kerak. Bu maqsadlar jiddiy bo’lmasligi va ishga bog’liq joyi yo’q bo’lishi ham mumkin. Misol uchun, bu hamma ish tugaganidan so’ng uyqu oldidan badiiy film ko’rilishi yoki keyingi dam olish kunlari do’stlar bilan birga o’tkaziladigan kechki ovqatlanish.
. Qiziqarli va yoqimli narsalar to’g’risida ham unutmaslik kerak, bo’lmasa odam mayda-chuyda ishlar botqog’ida botib qolishi mumkin.
6. Murakkablashtirmaslik
Har kuni ertalab darhol bajariladigan ishlar ro’yhati bilan birga uyg’onish ishni o’ta qiyinlashtirib yuboradi.
Kerakli narsani hech qachon tugata olmaslikni bilishdan ko’ra odamni esankiratadigan narsaning o’zi yo’q. Eng yaxshisi, ro’yhatga qarab, unga kiritilgan hamma narsani bacharish kerakligiga ishonch hosil qilish lozim, xolos.
Сообщения из Facebook