просмотров
Hayron qoldiragan hech narsa yo'q: dunyoning eng nufuzli insonlari ularning mavqelariga to'liq mos keladigan hashamatli uylarda yashaydi. Bu dang'illama hovlili saroylar oliy darajada qurilgan - vertolyotlar maydonchalari va bebaxo san'at asarlari bilan.
Demak, Tokiodagi imperator saroyidan Parijdagi Yelisey saroyigacha bo'lgan 12 mamlakat rahbarlarining hashamatli saroylarini e'tiboringizga taqdim etamiz.
Braziliyadagi Alvorado saroyi (sahar saroyi). U yerda 1956-yildan beri davlatning har prezidenti yashaydi.
Uyda minimal dizayni bilan ajralib turuvchi prezident va oilasi xonalari, 2 ta mehmon xonasi, katta mehmonxona, olimpiya hajmidagi hovuz, kutubxona, musiqa xonasi va bir necha oshxonalar bor.
Yelisey saroyi 1840-yildan boshlab Fransiya Respublikasi prezidentlarining rasmiy dargohi bo'lib kelmoqda. Prezident Fransua Olland ushbu saroyda 2012- yildan buyon yashab kelmoqda.
1722-yilda qurilgan saroy xuddi oltinga burkangan. Ichki boylikning namunasi - Salle de Fetes zali (bazmlar zali) barcha prezidentlarning ochilish marosimlari o'tkaziladi. Bundan tashqari bu yerda konferensiya va banketlar ham bo'lib o'tadi.
Prezident kabineti - Salon Dore (aynan-"oltin xona"). Taxmin qilish mumkinki, xona ichidagi devorlar, eshiklar, stollar va hatto stullar ham tilladan ishlangan.
Сообщения из Facebook