просмотров
Qirolicha Yelizavetta II Buyuk Britaniyaning siyosiy lideri emas, albatta. Lekin u baribir mashhur shaxs. Bukingem saroyi - 1837-yildan boshlab Britaniya monarxiyasining rasmiy dargohi bo'lib kelmoqda.
Saroyda 775 ta xona: qirol oilasi uchun 52 ta yotoqxona, xodimlar uchun 188 ta yotoqxona, 92 kabinet va 78 ta hammom xonalar mavjud.
Buyuk Britaniyaning bosh vaziri esa Londondagi Dauning-strit 10 da, Georg II Robert Uolpolga sovg'a qilgan uyda yashaydi. Hozirgi bosh vazir Tereza Mey shu yerda turmush o'rtog'i bilan istiqomat qiladi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayip Erdogan Oq saroyda-Anqaradagi rasmiy dargohda yashaydi. Saroyning qurilishiga 615 million dollar sarflangan. Saroyda 1100 dan ziyod xonalar, Oq uy va Versaldagi jami xonalardan 2 marta ko'p xonalar mavjud.
Berlindagi neoklassik tarzdagi Belvyu saroyi-1994-yildan buyon Germaniya prezidentining rasmiy dargohi. 1785-yilda pruss qiroli Buyuk Fridrixning kichik ukasi tomonidan qurilgan. Oxirgi nemis va prus qiroli Vilgelm II hukmronligi davrida u yerda maktab bo'lgan, natsistlar davrida esa muzey bo'lgan.
Rimdagi Kvirinal saroyi - Italiya prezidentining 3 dargohidan biri sanaladi. Saroy hajmi bo'yicha Oq uydan 20 marta katta. U 30 nafar rim papalari, 4 italyan qiroli va 12 nafar prezident uchun uy hisoblangan.
Italiya prezidenti Serjo Matarella XVI asrda omma uchun 1200 xonali saroy qurdirgan.
Сообщения из Facebook