Bular o’zga sayyoralik ham, robot ham emas, ular – Yevropadagi monarx oilalarning farzandlari. Ha, ular shaxzoda va malikalardir.
Ularning ba’zilari endigina qadam qo’yishni o’rgangan va sut tishlari ham yaqindan chiqa boshlagan bo’lsada, bir necha o’n yillardan so’ng ular boshlariga tojlarini kiyib, butun boshli mamlakatni boshqaradilar.
Jorj, Kembridj shahzodasi/3,5 yosh
Bu bolakay kichkina bo’lishiga qaramay, shunchalik mashhurki, uning mashhurligi bilan faqatgina Garri Poter raqobatlasha oladi. Hozirgi kunda Kichkintoy Jorj 3,5 yoshda, u Britaniya taxtining vorislarining uchinchi avlodidir. 3 yoshli taxt vorisi unvonining to’liq rasmiy nomi “Kembridj shaxzodasi Jorj qirol janob oliylari”. Janob oliylari uylari yaqiniqagi bog’chada ta’lim va tarbiya oladi.
Jak Onore Renye Grimaldi/2,5 yosh
Monako shaxzodasi unvonining to’liq rasmiy atalishi “Shaxzoda Jak Onore, Monako voris shahzodasi va markiz de Bo janob oliylari”. Opasi Gabrieladan 2 daqiqa keyin tug’ilganiga qaramay, aynan u taxt vorisi hisoblanadi va kelajakda mamlakatni boshqaradi.
Estel, Shvetsiya malikasi/4 yosh
Unvonga muvofiq, uning to’liq ismi - “Estel Silviya Yeva Meri, Estergyodland malikasi hazrati oliyalari”. Estel – kronmalika Viktoriya hamda shahzoda Deniel Vestlingning qizlaidir. Nikoh qurgunlariga qadar Daniel Vestling Vikroriyaning sport murabbiyi bo’lgan.
Shunisi qiziqqi, 4 yoshli Estel – Shvetsiya tarixidagi birinchi ayol jinsidagi taxt vorisidir. Ammo hozirda bu narsa kichkintoy qizaloqni umuman qiziqrirmaydi.
Kristian, Daniya shahzodasi/11 yosh
U Daniya poytaxti Kopengagenda tavallud topgan, taxt vorisining dunyoga kelishi munosabati bilan haqiqiy katta tantana nishonlangan: zambarakdan o’q otilgan, trasport siglalari ishga tushgan hamda portdagi projektorlar yoqilgan. Butun mamlakat shahzoda Frederik graf Monpez hamda uning rafiqasi Meri Donaldslarning birinchi farzandlari tug’ilganini nishonlagan.
Yelizaveta, Belgiya malikasi/15 yosh
Belgiya qiroli Fillip hamda uning rafiqasi qirolicha Matildaning katta qizlariga an’ana bo’yicha to’rtta ism qo’yilgan: Yelizaveta (qirolichaning buvisi Yelizaveta Bavarskaya sharafiga), Tereza (katolik ism, avliyo Tereza sharafiga), Mariya (Belgiyada Bibi Maryam sharafiga malikalarga bu ismni qo’yish an’anasi bor) va Yelena (xolasi hamda cho’qintirgan onasi Elen d’Udekem d’Akoz sharafiga).
Leonor, Asturiya malikasi/11 yosh
Leonor qirol Felipe va uning rafiqasi Letisiyaning birinchi farzandlari. Leonor chet tillarini o’rganishni, muzqaymoqni va raqs tushishni yaxshi ko’radi. Agar qirol va qirolicha kelajakda o’g’il farzand ko’rishmasa, Leonor Ispaniya qirolichasi bo’ladi. Leonor taxt vorisi sifatida kelajakda oily bosh qo’mondon lavozimini ham qo’lga kiritishi mumkinligi sababli unga armiyada xizmat qilishga to’g’ri keladi.
Ingrid Aleksandra, Norvegiya malikasi/12 yosh
1990 yilda qabul qilingan konstitutsiya reformasiga ko’ra, Norvegiya taxtining vorisi, deb jinsidan qat’iy nazar monarx oilasining katta farzandi hisoblanadi. Qizig’i shundaki, malika uylari yaqinidagi oddiy maktabga qatnaydi.
Nima uchun? Sababi, Ingridning ota-onasi farzandlarining bolaligi mamlakatdagi boshqa bolalar kabi bo’lishini xohlaydilar.
Katarina-Amaliya Niderlanskaya, Niderlandiya malikasi/14 yosh
2013 yilda Katarina-Amaliyaning cho’qintirgan onasi – qirolicha Beatriks taxtdan voz kechdi, qizaloq esa Oran malikasi maqomini oldi, ya’ni an’anaviy yo’l bilan taxt vorisi unvonini qo’lga kiritdi. U uch tilda bemalol so’zlasha oladi va maktabga velosipedda qatnaydi.
Сообщения из Facebook