Kayfiyatni ko’taramiz: Eng sara ichakuzdi latifalar
Kayfiyatni ko’taramiz: Eng sara ichakuzdi latifalar
COVID-19 koronavirusi tarqalishini oldini olish maqsadida birinchi navbatda yaxshi kayfiyatda bo’lish tavsiya etiladi. Boisi ko’tarinki kayfiyat immunitetni yaxshilaydi. Biz eng sara latifalardan bir qanchasini siz uchun jamladik.

Peshtoqiga “Tuyg’ularingizni gul orqali izhor eting!” so’zi yozilgan gullar do’koniga bir yigit kiribdi.

-Menga bir dona atirgul bering, - debdi u sotuvchiga.

-Atigi bittami?

-Ha men juda kamgapman!

Bir odam pullarini yo’qotib qo’yib Xudoga iltijo qilayotgan ekan:

- Ey Xudojon agar pullarimni topib bersang, butun umr faqat yaxshi savob ish qilaman. U pullarimga boshqa ichmayman, tinmay ibodat qilaman, -deb qo’llarini ko’kka cho’zib yig’lab turgan ekan, bir chekkada yotgan pullarini ko’rib qolibdi.

Shunda u tezda ko’z oshlarini artib :

-Bo’ldi kerak emas, o’zim topdim, - dermish.

Darsda o’qituvchi:

- Bolalar kim jannatga borishni istasa qo’lini ko’tarsin!- debdi.

Sinfda bir bolakaydan tashqari barchasi qo’lini ko’taribdi. O’qituvchi hayron bo’lib bolakaydan:

-Sen nega qo’lingni ko’tarmading, jannatga borishni xohlamaysanmi? – desa,

Bolakay:

-Oyim maktabdan chiqib to’g’ri uyga kel deb tayinlaganlar! -dermish.

Ona o’g’liga:

-Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, dadang ichishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?

-Men o’qishni tashlamoqchiman!

Bir yigit avtobusda ketayotgan ekan. Qarasa yonida go’zal qiz turgan emish. Yigit qizga mahliyo bo’lib qolibdi. Bir payt qiz:

-Salom! -debdi. Yigit ham shosha-pisha alik olibdi. Qiz:

-Ishlar yaxshimi? Yigit:

-Raxmat, o’zingiz yaxshimisiz? Qiz:

-Men ham yaxshi. Nima qilyabsiz? Yigit:

-Uyga ketyabman. Qiz:

-Kechqurun bo'shmisiz? Agar bo’sh bo’lsangiz kinoga borardik! Yigit:

-Ha, bo’shman. Qiz:

-Unda kechki 18:00 da qo’ngiroq qiling! Yigit:

Xo’p bo’ladi, raqamingizni ayting! –desa, qiz indamasmish. Yigit yana:

-Raqamingizni ayting! – deb qizni turtibdi.

 Qiz qulog'idan quloqchinini olib:

-Tinchlikmi aka? Nega turtasiz dermish.

Mezbon so'radi:

-Sizga qo’ziqorin qo’yaymi?

-Yo’q, men ularni faqat terishni yoqtiraman.

-Unday bo’lsa men ularni polga sochib tashlayman, siz esa terib olasiz.

Sochingiz to’kilyabdimi, uni asramoqchimisiz? Do’konimizga marhamat qiling. Bizda sochni asrash uchun chiroyli qutilar bor!

Latifalarimiz bilan biroz bo’lsada sizni kayfiyatingizni chog’ qilgan bo’lsak, bundan bag’oyat hursandmiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook