Keniya haqida qiziqarli faktlar

Ko‘p hollarda biror mamlakatga tashrif buyurgan payt uning asl hayotiga tegishli sahnalarning bir qismini o‘kramiz xolos. Aslida Keniyada sodir bo‘layotgan real hodisalar ana shu sahna pardasi ortida qolib ketmoqda. Agar siz ham kelgusiga mazkur o‘lkaga tashrif buyurish, uning odat va an’analari, marosimlari bilan tanishish niyatida bo‘lsangio‘, mahalliy insonlarning kundalik hayot tarzi bilan ham qiziqishni maslahat bergan bo‘lar edik.

 

1.     Sharqiy Afrikadagi eng katta хalqaro aeroport Keniyaning Nayrobi shahrida joylashgan. 

2.     Keniyaning eng yuqori nuqtasi shu nomdagi cho‘qqi bo‘lib, uning balandligi 5000 metrga teng va  hashamatli milliy bog‘ bilan o‘ralgan. 

3.     Keniyada fasllar bizga ma’lum bo‘lgani kabi to‘rtta emas, ikkita: Bularning biri yomg‘irli, ikkinchisi esa quruq mavsumlardir. 

4.     Mamlakat hududida juda katta miqdordagi tuyaqushlar istiqomat qiladi. 

5.     Keniyaliklarning davlat tili ham ikkita. Bu ingliz va suaxili tillari hisoblanadi. Mahalliy aholining 90%i suaxili tilida muloqot qiladi. 

6.     Mamlakatdagi tog‘ cho‘qqilari va ayrim pana burchaklarda qor yil bo‘yi erimay turadi. 

7.     Keniya milliy oshxonasi o‘zida Afrika, Hindiston va Yevropa taomlarining tayyorlanish usullarini birlashtirgan. Bu yerga tashrif buyurgan paytda baobab daraxtining mevalaridan tayyorlanadigan achchiq ta’mli konfetlarni tatib ko‘rishingiz mumkin.

8.     Keniyada eski avtomobil shinalaridan tayyorlanadigan qo‘lbola sandallar moda olami ishqibozlari uchun asl trend hisoblanadi. Bundan tashqari u odamlar orasidagi eng ommabop suvenir hamdir.

9.     Eng qizig‘i, Keniyada ulagan yigitlar bir muddat ayollar kiyimini kiyib yurishga majbur bo‘lar ekanlar. 

10.   Bu yerlik mahalliy aholi vakillari suratga tushishni yomon ko‘rishadi, shu sababli ham ulardan ruxsat so‘ramay turib suratkashlik mahoratingizni qo‘llashga shoshilmang. 

11.   So‘nggi arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, insoniyat sivilizatsiyasi aynan shu yerda paydo bo‘lgan. Aytishlaricha, ilk odamlar aynan Keniyada hududida bundan 3 million yil ilgari yashab o‘tgan ekanlar.

12.   Mamlakat odamlari yetmishdan ortiq tillarda muloqot qilishadi. 

13.   Keniyaliklar orasidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari 1/3 ni tashkil qiladi. 

14.   O‘lkada 59 ta qo‘riqxona va milliy bog‘lar joylashgan. 

15.   "Qirol Sher" multfilmidagi mashhur "Akuna matata" iborasi suaxili tilidan olingan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations