Keraksiz axlatdan million dollarlik holatga aylangan 8 namuna
Keraksiz axlatdan million dollarlik holatga aylangan 8 namuna
Sizni uyingizda hech nimasi bilan ajralib turmaydigan oddiy narsalar bo'lganmi, yoki axlatda? Balki sizning qo'lingizda qiymati juda yuqori bo'lgan qimmatbaho buyum bo'lgandir.

Odam.uz sayti Sizning e'tiboringizga bir qancha omadli insonlarning  boy kelajagini ta'minlab bergan topilmalarni taqdim etadi. Kim biladi, balki sizning servantingizda ham oddiy tosh ko'rinishidagi million dollarlik buyun yotgandir?

Oltin kubok

Oltin kubok

Angliyalik oddiy yigit Jon Veberga 1945-yilda bobosi tushunarsiz metall krujka sovg'a qiladi. Bolaligida uni pnevmatik vintovkadan o'q otish uchun nishon sifatida foydanalangan, keyin esa ko'p yillar mobaynida kravoti tagidagi qutida yotgan.

Aslida u oddiy krujka emas, balki bundan 2 300 yil muqaddam Forsda tayyorlangan oltin qadah bo'lib chiqdi. Natijada Jon avval uning kelib chiqish tarixini o'rgandi, keyin esa qiymatini ham bilib oldi.

Action Comics #1 jurnali

 Action Comics #1 jurnali

Yangi sotib olingan uyning devorini buzishda Minnesotlik  quruvchi Devid Gonsalez bir to'p qog'oz va gazetalar orasidan 1938-yilgi komiks topib oladi. Bu komiks shunisi bilan qadrliki, unda Superman ilk marotaba paydo bo'lgan. Komiks nosoz holatda bo'lgani uchun 175 dollarga baholangan. Bu komiksning eng qimmat nusxasi esa 2014-yilda 3,2 million dollarga sotilgan.

Jon Konstebl surati

Jon Konstebl surati

Bir paytlar Robin Darvel 46$ga kim-oshdi savdosida san'atga qandaydir aloqasi bo'lgan eski- tuski narsalar to'la bir quti sotib oladi. Ushbu qutida boshqa narsalar orasida didsiz qishloq manzara tasvirlangan otkritka hajmidagi kichik surat ham bo'lgan. Keyin Robin uni stol qutisiga tashlab qo'ygan, u yerda 10 yil changib yotgan.

Ancha yillar o'tib uning o'g'li Robert Darvel otkritka orqasidagi g'alati yozuvni ko'rib qoladi. U qidiruv ishlarini boshlaydi va ushbu suratning Britaniyadagi eng qimmatli rassomlardan biri - Jon Konsteblning mo'yqalamiga mansub ekanligini aniqlaydi. Natijada surat 390$ga sotiladi.

Kit ambrasi

Kit ambrasi

Omanlik uch nafar baliqchi noxush hid tarqatuvchi suzuvchi narsani tutib oldilar, tekshiruvdan so'ng uni 80 kilogrammli ambra bo'lagi ekanligi aniqlandi. Ambra kitlarning hayot faoliyatining chiqindisi hisoblanadi va parfyumeriya sohasida hidni mustahkamlash uchun ishlatiladi. Uni bekorga suzuvchi oltin deb atashmaydi, chunki uning sifatiga qarab, 1 gramm uchun 35$ gacha turadi. Shunday ekan, bunday topilmani topgan uch nafar baliqchini juda omadli kelajak kutmoqda.

Qora opal Royal One, 306 karat.

 Qora opal Royal One, 306 karat.

306 karat vaznli Royal One deb nomlanuvchi qora opal toshi 1999-yilda Avstraliyada topilgan. Konchi Bobbi (familiyasini yashirgan) nafaqa chiqishdan bir kun oldin biror qimmatbaho narsa topish maqsadida uyiga bir chelak yag'irtoshlarni olib ketadi.

Mustaqillik Deklaratsiyasi nusxasi

Mustaqillik Deklaratsiyasi nusxasi

1989-yilda Pensilvaniyada bir erkak arzimagan narsalar sotiladigan bozorda rasmli kichik ramka sotib oladi. Rasm unga unchalik yoqmagan, uni qiziqtirgan yagona narsa-ramka bo'lgan. Shuning uchun uyga keliboq, ramkani yechib oladi va surat orqasida bir hujjatga ko'zi tushadi. U 1776-yilgi Mustaqillik Deklaratsiyaning nusxasi bo'lib chiqadi. Erkak rasmni 1991-yilda 2,4 million dollarga sotadi, 2000-yilda esa surat 8,1 million dollarga sotilgan.

Xitoy vazasi

Xitoy vazasi

Vazani uy tozalayotgan mahalda topishgan va uning evaziga bir necha dollar olish maqsadida baholovchiga olib borishgan. Vaza Xittoyda XVIII asrda yaratilgan nodir buyum bo'lib chiqdi. 2010-yilning noyabr oyida u 83 million dollarga sotilgan, oradan 2 yil o'tgan bo'lsada, belgilangan summa to'lanmagani uchun qayta sotuvga qo'yilgan. Bu gal arzonroq narxga. Buyumning aniq narxi va xaridorning ismi ma'lum emas.

Black Star Queensland yoquti, 733 karat

 Black Star Queensland yoquti, 733 karat

1938-yilda 12 yoshli bolakay Roy Spenser adir qiyaligida to'-kulrang toshni topib oladi va uni otasi (konchi bo'lgan)ga olib boradi. Topilmani janob Spenser qora kristall deb o'ylaydi.

Toshdan 9 yil mobaynida eshik tirgagi sifatida foydalanishadi,  Los-Anjeleslik mashhur zargarlar aka-uka Kazanjyanlar toshni yulduzsimon yoqut ekanligini tekshirib, uni 18 ming dollarga sotib olmagunlaricha(hozirgi kunda uning qiymati 196 ming dollarga teng). Shundan so'ng tosh yana bir necha bor sotib olingan - kim tomonidan va narxi ko'rsatilmagan. Hozirda yoqutning narxi 88 million dollar deb baholangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook