Koinotning eng chiroyli bolakaylari
Koinotning eng chiroyli bolakaylari
Bolalarning hunugi bo’lmaydi. Albatta, dunyoda yangi tug'ilgan chaqaloqlardan ko'ra yoqimli narsa yo'q, ular juda jozibali. Ammo vaqt o'tishi bilan bolalar ulg’aygani sari yuz ko’rinishlari turlicha bo’lib chakllanadi. Qoidaga ko’ra eng go’zallari eng ko’zga yaqinlari bo’ladi.

Kristina Pimenova (10 yosh)

Kristina o'zining modellik karerasini 3 yoshida boshlagan va 4 yoshida u podyumda namoyishda qatnashgan. U Prada, Burberry, Roberto Kavalli, Dolce va Gabbana, Armani kabi moda uylari bilan hamkorlik qildi va bolalarning "Vogue" jurnali uchun ham suratga tushgan.

2014 yilda Rossiyada va chet ellarda bir qator nashrlar Kristinani "dunyodagi eng go'zal qiz" deb atashdi va shu paytgacha hech kim uning unvoniga qarshi chiqa olmadi.

Anastasiya Bezrukova (12 yosh)

Nastya - Yevropaning eng taniqli modellaridan biri, o'z karerasini sakkiz yoshida boshlagan. Uning suratlari "Vogue Bambini", "Harper's Bazaar", "Collezioni" va boshqa jurnallarda chop etilgan. U Moschino, Benetton, Dolores, Pinko, Incanto, MonnaLisa, Armani moda uylari bilan hamkorlik qiladi.

Yaqinda Anastasiya Bezrukova va Kristina Pimenova birgalikda fotosessiyada suratga tushib, muxlislarini xursand qilishdi. Qizlarning obunachilari ular opa singillarga o'xshaganini takidlashdi.

Uilyam-Franklin Miller (12 yosh)

Hammasi bitta yapon o'quvchisi o'zining Tvitterida uning fotosuratini joylashtirganidan boshlandi. Bir necha soat ichida fotosurat Yaponiya va Xitoyda, so'ngra butun dunyoda nihoyatda mashhur bo'lib ketdi. Mashxur bolakay  Skype-da ko'plab intervyular beradi va Osiyoning turli shoularida ishtirok etadi.

Lanea Greys (12 yosh)

Qizning ko’rinishi uning ajdodlari orasida ispanlar, amerikaliklar va filippinliklar bor ekanligi bois ham maftunkor bo’lishi mumkin. Lanea o'zining modellik faoliyatini uch yoshida boshlagan va shu vaqtdan beri 40 dan ortiq fotosessiyalarda qatnashgan.

Elizabeth Hayli(11 yosh)

Bu kanadalik qiz o'z karerasini atigi 2 yil oldin boshlagan, onasi Ann-Mari Ashkroft Daily Mail-da Kristina Pimenova haqida maqola o'qiyotganda va uning qizi dunyodagi eng chiroyli qizga juda o’xshash ekanligi payqagan. Hozirda Elizabet Monreal Model Agentligi bilan hamkorlik qilmoqda.

Lili Chi (13 yosh)

Lilyning g'ayrioddiy ko'rinishi Kavkaz va Malayziya qonlari aralashmasidan kelib chiqadi. Endi bu qiz Nike sport brendining yuzidir, u Rafiq Lauren, Velvetin, Levi's bilan shartnoma imzolagan. So'nggi bir yil ichida u 20 ming dollardan ko'proq daromad oldi.

Anna Pavaga (7 yosh)

Anechka Pavaga modellikni 3 yoshida boshlangan. Uning chiroyli yuzi "Scrabble", "Children", "BILLBOARD" jurnallarining muqovalarini bezatgan.

Qiz turli xil bolalar mahsulotlari Taller idishlar savdo markasi, Kideria bolalar do'koni, Sankt-Peterburgdagi "Waterville" akvaparki reklamalarida suratga tushgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook