просмотров
1.Tish uchun eng xavfli sport turi - bu xokkey. 68% professional o’yinchilar o’yin paytida hech bo’lmasam bitta tishlarini yo’qotganlar.
2.Inson organizmidagi yagona qayta tiklanmaydigan tana qismi – bu tish. Boshqa to’qimalarga qaraganda, tananing ushbu bo’lagi vrachlarning yordamisiz tiklanmaydi.
3.Tish emali organizm tomonidan ishlab chiqariladigan eng qattiq to’qimadir.
4.Inson tanasidagi 99% kaltsiy tishlarga to’g’ri keladi.
5.Yapon olimlarining aniqlashlaricha, tishlarini kuniga uch marotaba yuvadiganlar ortiqcha vazndan kamroq aziyat chekadilar.
6.Eng qimmat tish ser Isaak Nyutonga tegishli bo’lgan. 1816 yilda uning tishlaridan biri Londonda 730 funt evaziga sotilgan, bugungi kun hisobida 35 700 dollarni tashkil qiladi. Uni xarid qilgan odam tishni uzukka qimmatbaho tosh o’rniga bezak sifatida o’rnatgan.
7.AQSH da har yili 53 000 000 litr tish pastasi sotiladi, uning bir qancha qismi yevilib ham ketadi.
8.Taxminan 2000 ta chaqaloqdan 1 tasi tishlari bilan tug’iladi.
9.Yaponiyada qiyshiq tishlar urf bo’ldi. Ko’pgina yapon ayollari o’zlarining qiyshiq tishlarini atayin qiyshaytirar ekanlar, yanayam yoshroq va jozibaliroq ko’rinish uchun.
10.Tarixiy faktlarda keltirilishicha, qadimda yelpig’ich nafaqat dim havo va issiqdan himoya qilgan, balki tishlar yo’qligini bildirmaslik uchun to’siq vazifasini bajargan hamda og’izdan keladigan noxush hidni yelpib, ketkazib turgan.
11.65 yoshga borib, faqat 60% odamlargina butun va sog’lom tishlari bilan maqtana oladilar.
12.Ilk tish pastasi 1892 yilda chiqarilgan.
13.Xitoyliklar 20 sentyabrda “o’z tishlariga g’amxo’rlik” kunini nishonlaydilar.
14.Inson hayoti davomida o’rtachasiga 500 000 litr so’lak ishlab chiqaradi va bu so’lak tishlamizni tabiiy yo’l bilan himoyalab turadi.
15.Tishdagi kirda 300 dan ortiq bakteriyalar yashaydi. Tishlarni yuvmay uxlashga yotayotganingizda shu haqda yana bir bor o’ylang.
16.Stomatolog vrachlar tishlarni kuniga 2-3 marotaba, 4-5 minut davomida yuvishni maslahat beradilar.
17.Hoh ishoning, hoh ishonmang, dunyoda eng ko’p tish akula yoki timsohda emas, shilliq qurtda ekan. Uning tishlari naq 25 000 ta ekan.
Сообщения из Facebook