просмотров
1992 yil 25 dekabrda Anglyada birinchi sms habar yuborilgan. O’shanda kompyuter orqali ilk bor telefonga yozuvli qisqa habar yuborilgan edi. Sms kelganida telefonimizda chalinadigan musiqa morze alifbosining “s” , “m” , “s” degan harflarini anglatuvchi kodining ohangidir.
Bugungi kunga kelib telefondan foydalanuvchilarning 40 foizi qisqa xabar xizmati ya’ni sms orqali muloqot qiladi. Tekshiruvlarga ko’ra har yili dunyo bo’yicha bir trillionga yaqin “sms” yoziladi. Xozirgi kunda dunyo bo’yicha eng ko’p sms yoziladigan mamlakat AQSH xisoblanadi.
Yana bir qiziqarli ma’lumot: qiz bolalar yigitlarga qaraganda qisqa habarni tezroq yozar ekanlar. 2005 yilda Norvegiyalik qiz Sonya Kristiansen habar yozish bo’yicha rekord darajani qayd etgan. Sonya 37 sekundda 26 so’z (130 ta xarf)dan iborat sms ni yozishga ulgurgan.
“Sms” orqali tovlamachilik qiladigan jinoyatchilar ham yoq emas. Ular “smishing” deb ataladi. Masalan, ular “ Onajon! Mana shu raqamga pul o’tkazib yuboring, keyin tushuntiraman!” kabilida habarlar yuborishadi. Rulda “sms” yozib ketayotgan haydovchi rulni mast holatda haydayotgan haydovchidan havfliroqdir. Poezd mashinisti 2008 yilda “sms” habar yozishga chalg’igani uchun xalokat sodir bo’lishiga sababchi bo’lgan va sodir bo’lgan halokatda 25 kishi hayotdan ko’z yumgan.
Сообщения из Facebook