Koronavirus moda olamiga qanday ta’sir qilmoqda?
Koronavirus moda olamiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oxirgi oylar davomida dunyoni koronavirus vahimasi to‘liq qamrab olgani rost. Ammo, tadbirkorlarning barchasi ham ushbu vaziyatda o‘z bizneslarini qanday saqlab qolish usullarini o‘ylab topganlaricha yo‘q. Xorijdagi ayrim kompaniyalar zamonaviy niqoblar yaratgancha, moda ishqibozlarining e’tiborini virusdan oz bo‘lsa-da chalg‘itishga harakat qilmoqdalar. Xo‘sh, koronavirus jahon moda olamiga qanday ta’sir qilyapti?

Yangi uslub eng avvalo yoshlar orasida ommalashib ketdi. Yoshlar tomonidan tanlangan niqoblarning aksariyati zamonaviy ko‘rinishda, ko‘k rang esa mavsum trendiga aylangan.

Misol uchun Ukrainaning "Love and live brand" brendi zamonaviy niqoblarni quvnoq printlar bilan birgalikda ishlab chiqarmoqda. Ammo, bir narsani unutib qo‘ymang, ushbu aksessuarlar haqiqiy tibbiy niqob o‘rnini bosa olmaydi. Buni shunchaki marketing ayyorligi deya atash mumkin xolos.

Rossiyalik dizayner Viktoriya Andreyanova koronavirus avj olgan bir vaqtda niqob taqish - moda emas, zaruriyat ekanligini aytib o‘tgan. Biroq, ushbu vaziyat turli sohalarni ham yangiliklar qilishga majbur etmoqda. Ayrim dizaynerlar insonning tana haroratiga qarab o‘z rangini o‘zgartiruvchi matolar ustida ham ish boshlab yuborganlar, ulardan nafaqat libos, balki tana harorati testi yordamida ham foydalanish mumkin ekan.

 

Marine Serre fransuz brendining navbatdagi jamlanmasida esa himoya vositalarining chiroyli ko‘rinishiga juda katta e’tibor qaratilgan. Obrazlarga nafaqat bosh kiyimlari, balki niqoblar ham ilova qilindi. Har bir libos uchun mos bo‘lgan niqoblar tikib qo‘yilgan. Ayrim dizaynerlar esa niqoblarni xonimlar sumkasiga mos rang va ko‘rinishda tikib chiqmoqda. 

Ayrim moda ekspertlari koronavirus ushbu sehrli olamga yangilik olib kira olgani haqida ta’kidlab o‘tgan bo‘lsalar, ayrimlar pandemiya oqibatida insoniyatning moda tushunchasidan mahrum bo‘lishini bashorat qilishmoqda. Ayni vaqtda aksariyat moda uylari epidemiya vaqti uchun kerakli buyumlar tikish bilan band, do‘konlar esa karatin sababli butunlay yopib qo‘yilgan. Fransiyaning moda uylari endilikda atir emas, antiseptiklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Dior, Givenchy va Guerlain moda uylari aynan shuish bilan shug‘ullanmoqda.

Do‘konlarning aksariyat qismi yopilgani sababli savdo-sotiq jarayoni onlayn tarzda amalga oshirilmoqa. Ko‘plab tarmoqlar esa o‘z ishini to‘xtatgan. Moda olamining kelgusidagi taqdiri ham gumon ostida bo‘lib qolyapti. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook