Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt
Latviya haqida 10 ta qiziqarli fakt
Siz uchun Latviya haqida eng qiziqarli 10 ta faktni tayyorladik.

1. Kuldiga shahridagi Ventas Rumba -Yevropadagi eng keng sharsharadir. Bahorda, urug'lanish joylariga boradigan baliqning to’siq ustidan sakrab o’tishini ko'rishingiz mumkin.

2. Latviyada dunyodagi eng tez Internet.

Latviya simsiz jannat. U Internetga ulanish tezligi bo'yicha dunyoda to'rtinchi o'rinni egallaydi va Rigada bepul Wi-Fi-dan foydalanishingiz mumkin bo'lgan 800 dan ortiq punkt mavjud. Latviya, shuningdek 2012 yilda telefon suhbati davomiyligi  bo'yicha dunyo rekordini o'rnatdi - marafon 54 soat 4 daqiqa davom etdi.

3. Latviya bayrog'i dunyodagi eng qadimiy bayroqlardan biridir.

Birinchi marta zamonaviy shaklda Latviya bayrog'i 1280 yilda ishlatilgan. Undan faqat Daniya bayrog'i katta.

4. Latviya o'zta biatiga g'amxo'rlik qiladi

Latviya hududining taxminan 20 foizi qo'riqlanadigan tabiiy hududlar bilan qoplangan.Mamlakatda 4 ta milliy bog'lar (Gauja, Kemeri, Splitere, Razna), 42 ta tabiat bog'lari, 260 ta qo'riqxonalar, 255 ta tabiat yodgorliklari, 7 ta qo'riqlanadigan dengiz hududlari va Shimoliy Vidzeme biosfera qo’riqxonasi mavjud.

5. Latviya alkogollari shamollashni davolaydi.

Riga Black Balsam - bu Latviyaning tashrif qog'ozidir. Uning ta'mi turli xil tabiiy qo'shimchalar, jumladan jo'ka gullari, qayin kurtaklari, malina, zanjabil ildizi bilan ajralib turadi. Riga qora balzami Yevropada allaqachon 1752 yilda ma'lum bo'lgan. Balzamni kofe yoki kokteylga qo'shimcha sifatida yoki asl maqsadida - dori sifatida ishlatish mumkin.

6. Latviya hududining yarmini o'rmonlar egallaydi.

Latviya hududining qariyb 54 foizini o'rmonlar egallaydi, bu esa uni Yevropaning eng yashil 5 mamlakatidan biriga aylantiradi. Bu yerda qora laylaklar, qunduzlar,silovsinlar va bo'rilar, shuningdek, ko'plab kiyik, yovvoyi cho'chqalar,ilonlar va qizil tulkilar yashaydi.

7. Latviya Afrika va Karib dengizida mustamlakalariga ega edi. 

17-asrda G'arbiy Latviya hududini egallagan mustaqil Kurzeme gersogligi Afrikadagi Gambiyayaning bir qismi va Karib dengizidagi Tobago orolini boshqargan.

8. Latviyada qadimiy an'analarni hurmat qilishadi.

Latviyada pivo tayyorlashning azaliy an'anasi mavjud. Cesis Pivo zavodi Shimoliy Evropada eng qadimgi hisoblanadi. Birinchi yozuvlar 1590-yillarga to'g'ri keladi.

9. Latviya valyutasi Evropada eng qimmatli edi.

 Latviya pul birligi 2012 yilda Yevropadagi eng qimmat valyuta deb tan olingan edi. 2013 yil uchun 1 Lat 64 rubl edi, o'sha paytda 1 evro 45 rubl bo’lgan. Afsuski,2014 yilda Latviya yevroga o'tdi va Evropadagi eng qimmat valyuta unvonidan mahrum bo'ldi.

10.Latviya juda qo’shiq sevar mamlakat

Latviya folklorida milliondan ortiq qo'shiqlar mavjud - ular daynalar deb nomlanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook