Qiziqarli ma'lumotlar: Qiziqarli va noyob sport turlari
Qiziqarli ma'lumotlar: Qiziqarli va noyob sport turlari
Bugungi kunda ko’p sonli sport turlari mavjud. Ha bir sportning butun yer shari bo’ylab o’z havaskorlari bor. Ba’zi sport turlari hatto aktyor va xonandalardan ham ko’ra sevimliroqdir.
Ko’p o’yinlar juda antiqa tuyulishi mumkin, ammo ulardagi qoidalar juda qiyindir. Shunga qaramasdan, bu kabi o’yinlarning ham havaskorlari bor. Shu o’rtada, bu sport bilan shug’ullanish uchun alohida uskuna kerak emas, futbol, basketbol, beyzbol kabi oddiy sport turlarida ishlatiladigan oddiysi ham bo’ladi, va siz o'zingiz ham bu sport turlarini shahringizda ham tashkil qilishingiz mumkin.

Djibbing

Djibbing
Siz biror marta zina dastasi bo’ylab sirpanganmisiz? Bun mashg’ulotga bag’ishlangan butun bir sport turi bor. Buning uchun yuza bo’ylab osongina sirpanish maxsus chuqurchalik oyoq kiyimi ishlatiladi. Bugungi kunda bu sport turi bo’yicha bir qator musobaqalar ham o’tkaziladi, va maxsus roliklar yoki snoubordlar ishlatiladi.

Xerling

Xerling
Mana siz eshitmagan o’yin turlaridan biri. Bu sport turi Irlandiya hududida juda taniqli. Bu o’yinni qanday ifodalasa bo’ladi?Bu beysbol, xokkey va futbol birlashmasidir. Qiziqarli tuyulyapti, shundaymi? O’yinda raqib darvozalriga sharni kirgizish uchun ishlatiladigan maxsus klyushkalardan foydalaniladi. Eng ko’p gol urgan komanda yutadi. O’yin ikki ming yil oldin dunyoga kelgan. Irlandiyada bayramlar o’tlazilayotgan paytda, bu o’yindan 100-200 kishi, ba’zida esa ko’proq odam bahra olgan.Birta o’yin hatto bir kunda ortiq davom etgan hollari ham bo’lgan.

Buzkashi

Buzkashi
Bu o’yinda otlardan foydalaniladi. O’yin ishtirokchilari ularni minishadi. Balkim, bu o’yin tanish bo’lishi mumkin? Ammo xulosa qilishga shoshmang. O’yin uchun boshsiz echki badani ishlatiladi. O’yinchilarning vazifalariga hayvon go’shtini iloji boricha uzoqroq ushlab turish kiradi. Bu o’yinni mo’g’ullar olib kelishgan. Hozirda buzkashi – bu o’yin, ammo avvallari shu tariqasida askarlarni himoyalanishga o’rgatishgan. Sekin asta bu faoliyat shu o’yinga aylangan. Aytgancha, bu o’yinni Tojikiston va Afg’oniston hududlarida o’ynashni xush ko’radilar. Ammo doim ham hayvon go’shtidan foydalanishmaydi. Ko’pincha oddiy mulyajdan foydalanishadi.

Shaxboks

Shaxboks
Shaxmat? Boks? Ikkalasi birga? Bo’lishi mumkin emas? Bu eng oddiy anekdotga o’xshasada, aslida, chindan ham shaxmat va boksni o’z ichiga olgansport turi paydo bo’lgan. Bu sport turi deyarli yaqinda, 2003 yilda paydo bo’ldi. O’yin 11 raunddan iborat. Sportchilar o’z qobiliyatlarini avval ringda, keyin darhol shaxmatda navbatma-navbat ko’rsatishadi.

Skibob

Skibob
Ushbu sport turida qandaydir jihati bilan oddiy velosipedni eslatadigan transport turi orqali qorli tog’ bo’ylab tushish kerak bo’ladi. Biroq bu transport uskunasida g’ildirak yo’q, ularning o’rniga chang’I bor. Skibob yaqinda paydo bo’lgan deb o’ylaysizmi? Lekin bu sport turi 100 yildan buyon mavjud. O’tkir hissoyotlarga chanqoq odamlar allaqachon skibobni o’ynab ko’rganlar. Unda maxsus qoidalar bor. Har bir sportchi pastga tushish uchn maxsus uskunalardan foydalanadi.

Bossabol

Bossabol
Har birimiz voleybol kabi sport turi bilan yaxshi tanish. Tasavvur qiling, siz plyajda voleybol o’ynamoqdasiz, ammo oyog’ingiz tagida batut qo’yilgan. Mana shu bossabol deb ataladi. Qizig’i shundaki, bu o‘yinni standart qoidalarga asoslanib o’ynashdan tashqari turlicha tryuklarni ham ko’rsatish mumkin, va bu tomoshabinlarga behisob yoqadi.

Djalay-alay

Djalay-alay
Agar siz Ispaniya kelib qolgan bo’lsangiz, bu sport turidan bahra olishingiz mumkin. Aslida, bugungi kunda boshqa davlatlar ham sekinlik bilan djalay-alayga qiziqish orttirib kelmoqdalar. Aniq aytish mumkinki, bu butun sayyora ichida eng tezkor sport turidir. O’yin hatto Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan. O’yindagi koptok soatiga 300 km tezlikkacha yetadigan katta tezlik bilan uchadi. Koptokni uloqtirish uchun oddiy savatni eslatadigan qo’lqop ishlatiladi. Bu noyob o’yinning siri nimada ekan? Gap shundaki, raqib, uning orqasida joylashgan devorga uchayotgan koptokni ushlab bilishi kerak. Qoida bo’yicha koptokni devorga tegib uchganidan so’ng ushlash mumkin, faqat u yerga tegmasligi lozim.

Xornussen

Xornussen
Endi Shveytsariya hududiga o’tamiz. Uzun, ammo keng bo’lmagan maydonni tasavvur qiling. Unda o’yinchilar turibdi, va har birlarining qo’llarida qandaydir predmet bor. Uni odatda qorni tozalaydigan yog’och belkurakka o’xshatishimiz mumkin. Bu predmet – antiqa nomga ega – ya’ni shpindel. Aynan u bilan yog’och qamchi orqali otariladigan shaybani urib yuborish kerak. Bu shayba osongina 300 metrlik chiziqdan o’tishi mumkin. Boshida shaybalar yog’ochdan bo’lgan, biroq oxirgi vaqtda ularni qattiq rezinadan tayyorlashadi.

Kyorling

Kyorling
Ushbu sport turi rasman 1998 yilda Olimpiadaga kiritilgan. O’yin ma’nosi shundaki, 20 killogramlik harakatlanayotgan tosh oldidagi yo’lni tozalash kerak. Bu tosh harakatlanishi traektoriyasini o’zgartirish uchun uchun qilinadi. Olimpiadaga bu sport turi yaqin kiritilgan, ammo Shotlandiyada bu o’yin 16 asrdan buyon o’ynaladi.

Kabbadi

Kabbadi
Biz aytib beradigan oxirgi o’yin 4 ming yil oldin paydo bo’lgan. Bugungi kunda kabbadi Osiyo o’yinlari dasturiga rasman kiritilgan. O’yin uchun ikkita guruh kerak bo’ladi. Har bir guruhda 7 kishidan bo’lishi kerak. Chiziq bilan ajratilgan maydonning ikkita qismi bor. Bu qismlar – guruhlar maydonlaridir. Raqib maydoniga birtadan guruh vakili yuboriladi. Uning vazifasi raqibning maydoniga o’tish uchun o’z maydonini kesib o’tish. Raqib maydoniga o’tganidan keyin, takrorlab “Kabaddi!” deb qichqirishi kerak. Bir nafasda qichqirish kerak. O’yinchi baqirishi paytida, u iloji boricha ko’proq raqiblarga qo’lini tekkizishi kerak. O’pkadagi nafas tugaganidan keyin, hujumchi raqib tomon uni ushlab olmagunicha o’z maydoniga o’tib olishi shart. Agar o’yinchi o’z maydoniga kirib olsa, u tekkan raqiblar o’yindan chiqishlari kerak. Agar hujumchiga tekkizilsa, unda yurish huquqi raqibga o’tadi. “Kabbadi” qanday tarjima qilinishini bilasizmi? Uning tarjimasi - “Nafas olma!”.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook