Lavlagining foydali hususiyatlari, salomatlik va go'zallikdagi o'rni haqida
Lavlagining foydali hususiyatlari, salomatlik va go'zallikdagi o'rni haqida
Sovuq kunlarda o’ziga hos ta’mga ega bo’lgan lavlagi organizm uchun juda foydalidir. Vitamin tanqisligi, kamqonlik, qabziyat va boshqa yana bir qancha bezovtaliklarga lavlagi orqali darmon topishingiz mumkin. Quyida ming dardga davo ne’matning foydali hususiyatlari haqida gapirib o’tganmiz.

Lavlagida turli vitaminlar, mineral moddalar, bioflavonoidlar ko’pligi uchun ham uning shifobaxsh hususiyati talaygina. Qizil lavlagi xalq tabobatida keng qo’llaniladi. Tanaga quvvat bag’shlaydi, ovqat xazmini va modda almashinuvini yaxshilaydi.

Lavlagida C vitamini, mis va fosfor ko’p. U organizmdagi toksinlar bilan kurashadi. Ildizmeva barglarida A vitamini ko’p.

Oshqozonida kislotaliligi ko’p bo’lganlar yoki me’dasi zaiflarga lavlagi tavsiya etilmaydi.Semirishdan qiynalayotganlarga bo’lsa lavlagining koni foyda. Lavlagi nafaqat buyraklarni, balki jigar va qonni ham tozalaydi. 

B9 vitamini lavlagi tarkibida mavjudligi bois u yurak kasalliklarini oldini oladi. Gemoglobin ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi, natijada anemiya, leykemiya kabi kasalliklarni davolashda yaxshi foyda beradi. Lavlagi yoshartiruvchi hususiyatga ega. Chunki unda foliy kislotasi ko’p, foliy esa yangi hujayralarni paydo bo’lishiga yordam beradi.

Lavlagi pektin moddasiga ham boy. Shu sababli og’ir metallardan radioaktiv zaharlanishning oldini oladi, pektin moddalari shuningdek, organizmdan holesterinni chiqarib yuborish va ichakdagi zararli mikroorganizmlarning ko’payishini susaytiradi.

Tarkibida temir va mis ko’p bo’lgani uchun qon hosil qilish hususiyati ham mavjud.

Pektin moddasi hisobiga lavlagi qabziyatga da’vo bo’ladi. Surunkali ich qotishidan qiynaluvchilar har tong lavlagi sharbatini qabul qilishi lozim.

Qirg’ichdan chiqarilgan lavlagi, sabzi va mayda to’g’ralgan karamni teng miqdorda aralashtirib, ustidan ko’kat sepib, zaytun yog’i qo’shib tayyorlansa, juda hushta’m bo’lishi bilan birga, ich qotganda ham yaxshi foyda beradi.

Suyuq taomlarga chayilgan lavlagi bargi qo’shilsa, rangi tiniqlashadi.

Qaynatilgan lavlagini qirg’ichdan chiqarib, ezilgan sarimsoq va ko’katlar, shuningdek o’simlik yog’i bilan aralashtirib, iste’mol qilish kamqonlikda asqotadi.

Lavlagini pishirishda avval sabzavot yaxshilab chayib olinadi. Rangini yo’qotmasligi uchun uni po’stini artmay qaynating. Lavlagini zarqog’ozga o’rab gaz pechida pishirsa ham bo’ladi.

Sabzavotni qorong’i va sovuq joyda bir necha hafta saqlash mumkin. Lavlagi burushib qolganida uni tashlab yuborishga shoshilmang. Sovuq suvda chayib, so’ng ozroq tuz solingan suvda qaynatib olsangiz, iste’mol uchun yaroqli ko’rinishga keladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook