Dunyo tarixida insonlarning g’oyib bo’lishi, butun guruh odamlarning yo’qolib qolganligi haqidagi ma’lumotlar bor. Ba’zida odamlarning bunday g’oyib bo’lishini tushuntirish qiyin. Ushbu maqolada shunday hodisalardan ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.
“Varata” paroxodi
1909 yilning yoz oylarida bortida 200 nafar kishi bo’lgan “Varata” paroxodi Avstraliyaning Melburn shahridan Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga yo’l olgan edi. Yo’lda u reja bo’yicha Durbanda to’xtab o’tdi. Bu yerda paroxodning yurishidan bezovta bir yo’lovchi kemadan tushib qoldi. “Varata” paroxodi “Durban” portidan 26 iyulda chiqib, o’z yo’lida davom etdi. Ertasi kuni yo’lda paroxod yana bir boshqa bir kema – “Klan Makintayer” bilan uchrashdi. Aynan shunda paroxodni oxirgi marta ko’rishgan. Axir “Varata’ kemasi Keptaunga ham, boshqa portga ham yetib bormagan-da. Keyinchalik kema halokatga uchraganligini bildiruvchi suvdagi kema qoldiqlarini va suzib yurgan yo’lovchilarning jasadlarini ko’rishganligi haqida odamlar orasida gap-so’zlar tarqalgan, biroq bu xabarlar o’z tasdig’ini topmagan. 1980 yillarda ushbu paroxodni topish uchun qilingan urinishlar zoye ketdi, hech qanday natijaga erishilmadi. “Varata’ kemasining taqdiri noma’limligicha qolmoqda.
Atstalan aholisi
AQSH ning Viskonsin shtatining hududida Atstalan nomli hindular shahrining qoldiqlari mavjud. Bu manzilgoh ilk bor 1836 yilda bu yerga ko’chib kelganlar tomonidan aniqlangan. Bu shaharda zinapoyali ehromlar hamda konussimon qabrlar bo’lgan. Bu yerdan topilgan ro’zg’or buyumlari mahalliy aholi dehqonchilik va baliqchilik bilan shugg’ullanganligini bildirib turar edi. Rivoyatlarda aytilishicha, bu yerda bir paytlar yashagan odamlar Mills ko’li vodiysida katta ehromlar qurgan ekanlar. Keyinchalik bu yerda suv toshqini bo’lib, hamma narsa suv ostiga g’arq bo’lgan, shuning uchun bu ma’lumotning haqiqiyligini aniqlash mushkul. Taxminlarga qaraganda, 7-10 asrlar avval Atstalan shahri aholisining soni 500 kishini tashkil etgan. Biroq XIV asrning boshlarida shahar noma’lum sabablar bilan bo’shab qolgan, aholi ham g’oyib bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, shahar yashash imkoniyatlari yo’qligidan yohud qo’shni qabila tomonidan uyushtirilgan hujum sababli shahar bo’shab qolgan.
9-Rim legioni
Rim imperiyasining to’qqizinchi legioni – bu besh mingga yaqin askar va zobitlar xizmat o’tagan harbiy ta’lim bo’limidir. U Britaniyaning istillosi vaqtida Angliyaning shimoliy qismida faoliyat ko’rsatgan. Bo’linmaning vazifasi oroldagi mahalliy aholi tomonidan uyushtiriladigan hujumlarni bartaraf qilishdan iborat bo’lgan. 108 yilda legion York shahriga joylashgan. Bu ma’lumot u haqdagi oxirgi xabar edi. Kech kim to’zqqizinchi legionga nima bo’lganligini bilmaydi. Faqat shunisi ma’lumki, 14 yil o’tib, York shahriga oltinchi legion kirib kelganida shahar bo’sh bo’lgan. Ehtimol, rimlik askarlar tog’lik isyonkorlar tomonidan yo’q qilingan bo’lishi mumkin. Shuningdek, ushbu otryad boshqa joyga yuborilgan bo’lishi mumkin, degan taxminlar ham bor, biroq bu aniq ma’lumot emas.
Tinch ummoni tepasida L-1049 avialaynerining yo’qolishi
1962 yilning 16 martida Lockheed L-1049 Super Constellation avialayneri №739 reysni amalga oshirdi. Samolyot bortida Vyetnamga yo’l olgan 96 amerikalik harbiy xizmatchilar bo’lgan. Parvoz davomida hammasi rejagidek ketayotgan edi, samolyot yoqilg’ini quyib olishi uchun bir necha marta belgilangan joylarda qo’ngan. Biroq Guam orolidan parvozini davom ettirgan ushbu samolyot Fillipin orollarida joylashgan keyingi belgilangan yoqilg’i quyish joyiga yetib bormagan. Ushbu parvoz vaqtida ekipaj barcha harakatlar haqida hisobot berib turgan, so’ngra esa 10 ming fut balandlikni 16 ming balandlikka o’zgartirish uchun g’alati so’rov tushgan. Ikki soat o’tib esa samolyot bilan aloqa uzilgan, o’zi ham radarlardan yo’qolgan. №739 reysning yo’qolishining haqiqatga yaqin bo’lgan sabablaridan biri, uning havoda portlagani bo’lishi mumkin. Biroq o’sha hudud yaqinidagi dispecher minoralarning birortasi ham halokat signalini qabul qilmaganlar. Shuningdek, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi vaqtida hech qanday bo’laklar topilmagan. Avialaynerning bu rusumi juda mustahkam va ishonchli edi, shuning uchun uning ishdan chiqishi mumkin emas edi. Aviakompaniya vakillari samolyot o’g’irlangan bo’lishi mumkin, deb taxminni ilgari surdilar, biroq u hech qayerdan topilmadi. Shunday qilib, №739 reys va uning yo’lovchilarining taqdiri noma’lumligicha qoldi.
Buyuk Zimbabve aholisi
Afrikadagi Zimbabve mamlakatining nomi “toshli uylar” ma’nosini bildirib, sirli shahar bo’lgan – Buyuk Zimbabve nomidan olingan. Bu bir katta qishloq bo’lgan – taxminan 18 ming aholidan iborat bo’lgan. Bu tsivilizatsiya anchagina odimlagan edi: odamlar uch qavat uylar balandligidagi toshli devorlarni qurishni bilganlar. Taxminan 400 yillar avval bu odamlarning yo’qolishi yanayam hayratlanarlidir. Hozirgi kunda Buyuk Zimbabve – butunlay tashlandiq shahardir. Uning devorlari granitli plitalardan qurilgan bo’lib, ular o’zaro qurulish eritmasisiz biriktirilgan. Bu yerdagi topilmalardan olimlar mahalliy aholining madaniyati va turmush tarzini o’rgandilar. Aniqlanishicha, shahar aholisi metall buyumlar yasashni bilganlar, savdo-sotiq ishlari bilan faol shug’ullanganlar hamda dindor bo’lganlar. Topilmalarning ko’pligiga qaramay, shahar aholisining taqdirini aniq aytib bera oladigan nazariyaning o’zi yo’q. Ushbu katta shahar va uning aholisiga bir necha asrlar avval nima bo’lganligini hech kim aytib bera olmaydi.
Сообщения из Facebook