просмотров
Sizni va bolalaringizni zeriktirib qo'ymaslik uchun Odam.uz sahifasi bir necha oddiy maslahatlarni taqdim etdi.
1. Dadangiz futbolkasi va yostiqlar yordamida bolangizga sumo jangini uyushtiring.
2. Yog'ochlardan chiroyli bilan uzuk yasang.
Kerakli narsalar:
- Uzun stakan
- Krujka
- Muzqaymoqning yog‘och cho‘pi
- Bigiz
- Biror bir arqoncha
- Rang-barang yopishqoq lenta yoki rangli qog‘ozlar.
Cho‘plarni suv solingan stakan idishiga ivitib qo‘ying. Bir kunlardan keyin ivitilgan cho‘plarni ehtiyotkorlik bilar shakl bering. Sekin astoydil ularni qayiring bo‘lmasa ular sinib qolishi mumkin. Bilagingizga mos qilib qayiring va krujkaga solib qo‘ying. Yog‘och cho‘plar quriganidan so‘ng, ularga rangli lenta yoki rangli qog‘ozlar bilan bezang. Cho‘larning ikkala chetida teshikchalar qilib ulardan arqonchalarni o‘tkazing.
3. Kamalak bilan bezalgan non
Bo‘yoqlarni tayyorlab qo‘ying, quyultirilgan sutga istemol qilish mumkin bo‘lgan bo‘yoqlarni qo‘shing, va nonni bolangiz bilan birgalikda bo'yang.
4. Oyoq kiyim idishlarda qo‘g‘irchoqlar uchun uycha
Uychaning hajmini o‘zingiz xohlaganingizcha o‘ylab topishingiz mumkin, ichki tomon devorlarini aski gulqog‘oz yoki rangli qog‘oz yopishtirishingiz mumkin.
5. Plastik stakanchalardan binolar qurish mumkin
6. Ajoyib samolyot
Kerakli narsalar:
- Yo‘g‘on qog‘oz
- Cho‘p
- Yopishqoq lenta
- Qaychi
Сообщения из Facebook