Mark Tsukerberg o’z milliardlarini qanday sarf qiladi?
Mark Tsukerberg o’z milliardlarini qanday sarf qiladi?
O’zining 32 yoshida ijtimoiy tarmoq yaratuvchisi Mark Tsukerberg – Amerikaning to’rtinchi eng boy odami: uning hisobida 60 milliard dollar bor. Tsukerberg – milliarderlarning yangi avlodi ramzi: u kostyum kiymaydi, pulni ko’p sarflamaydi va ancha zamonaviy ko’rinishga ega. Shunga qaramasdan bu oddiylik faqatgina ko’rinish xolos.

Ancha vaqt Mark, yaxshi daromadga ega bo’la turib, Facebook idorasi oldidagi uyni ijoraga olib yashab kelgan. Ammo bir necha yil oldin o’z moliyaviy maslahatchilari gapida quloq tutib, va soliqlarni kamaytirish uchun 7 mln dollarli (uning umumiy mulkini hisobga olganda dengiz ustiga tomchi kabi) uy xarid qildi.

Uy muhiti anchagina tinch va sokin: Tsukerberglar (Mark, uning turmush o’rtog’i va qizi) alohida, mehmonlarni chaqirmasdan va bayramlar o’tkazmasdan yashashadi. 

Izolyatsiyalanib yashashga moyillik rivojlanmoqda: Facebook boshlig’I hozirda uyi atrofidagi barcha uy-joyni sotib olmoqda, va bunga u 30 million dollardan ortiq sarf qilmoqda. Shu bilan birga, Tsukerberg bir joyda qolib ketishni yoqtirmaydi va ba’zida atrof-muhitini almashtirib turadi. Balki shu niyat bilan 32 yoshli milliarder Kauai orollarida katta maydonlarni sotib oldi.

Endi Mark o’zining alohida plyajiga ega. Ammo u o’zigao’xshamasdi, agar yoqimli ishni foydali ish bilan solishtirmaganida: oroldagi o’sha 700 akrda shakar qamishlarini ishlab chiqarish bo’yicha zavod joylashgan, va shuningdek, organik mahsulotlar yetishtiriladigan ferma ham bor. Umuman olganda, mana shular Mark Tsukerberg boyligini ko’rsatuvchi narsalardir.

Boshqa tomonlama umillionlardan hech ham farq qilmaydi: oddiy futbolkalar kiyadi va Volkswagen haydab yuradi. O’tgan yili Tsukerberglar Italiyada dam olib o’tirgan vaqtlarida, muxbirlar ularni McDonaldsda ovqatlanayotganlarini rasmga olishgan. Va yana Mark o’ziga o’zi 1 $ lik oylik ish haqi berib turadi va Facebook dagi o’z aksiyalarining 99 % ni xayriya maqsadlarida berishga so’z berdi. U Texasdagi bog’ o’dtirishda, rodeoda bo’lgan, oddiy amerikaliklar bilan tushlik qilgan, Viskonsinda sigir soqqan.

Xabarberishlaricha, Mark bir yil ichida barcha shtatlarga borib kelishni maqsadqilib qo’ygan. Va endi ko’pgina Ommaviy axborot vositalari gumon qilishyapti: bu prezidentlik kursisi uchun kurash boshlanishi emasmikan? Tsukerbergning o’zi jim, siyosiy mavzularga suhbatlashishdan o’zini tortadi, ammo kim biladi: u Donald Tramp o’rniga kelmoqchi emasmikan?

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook