Mashhur milliarderlardan biri Mark Sukerbergning muvaffaqiyati, sevgi qissasi va oilasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Mashhur milliarderlardan biri Mark Sukerbergning muvaffaqiyati, sevgi qissasi va oilasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Bugungi maqolamizda dunyoning eng mashxur milliarderlaridan biri “Facebook” ijtimoiy tarmog’i asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Pristilla Chanlarning muhabbati tarixi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarimizni siz bilan o’rtoqlashamiz!

Mark o’z jufti uchun nikoh uzugi tanlar ekan uning boshqalarga o’xshamagan bo’lishini istagan holda rubin va olmoslar bilan bezatilgan bu tuxfani  o’z g’oyalari asosida ishlattirdi. Ushbu uzuk uning boyligi oldida dengizdan tomchi bo’lsa ham, oz emas ko’p emas 25 ming dollarga aylandi.

Mark o’rta maktabda o’qib yurgan yillari programmalashtirish ishi bilan qiziqib qoldi. U bu soxaga shunchalar berilib ketdiki, tez orada uning ota-onasi Markni “Phillips Exeter Academy” o’quv maskanida o’qita boshladilar. Mark Devid Nyumandan saboq olishga kirishdi. Nyuman ilk bor Markni daxo deya atadi. Uning shogirdi mashg’ulotlar paytida ham turli-tuman sho’xliklar qilib, kompyuterlarni programalashtirishga urinardi.

Mark taxsil yillarida turfa mukofotlar bilan taqdirlandi. Bo’lg’usi milliarder goh matematika bo’yicha katta yutuqlarga erishsa, goh astronomiya, goho esa fizika faniga doir bilimi bilan barchani hayratga solardi. Kollejga o’qishga kirayotgan paytida mahsus so’ravnomaga ingliz tili bilan bir qatorda fransuz, ivrit, lotin va qadimgi Rim tillarida bemalol muloqat qila olishi mumkinligini yozib qo’ydi. Mark nafaqat aniq fanlar, balki til o’zlashtirish borasida ham juda iqtidorli edi. 

Garvard universitetiga kirgach Markning baholari pasayib ketdi,. Bu uning aqli o’tmaslashib qolgani uchun emas, balki programmalashtirish ishi Markni butkul band qilib qo’ygani bilan bog’liq edi. Tez orada u o’z muallimlariga universitet bazasidagi talabalar nomini internetda qayd etish g’oyasini taqdim etdi. Olingan rad javobi Mark tomonidan “Facemash” saytining ochilishi va unda barchat alabalarning nomi qayd etilishiga to’sqinlik qila olmadi. U joylashtirilgan sur’atlar tagiga kimning rasmi yaxshiroq ekanligiga baho berishni taklif etdi. Yaratilgan sayt talabalar orasida ommalashib ketdi. Ammo Garvard ma’muriyati Markka saytni yopish talabini qo’yishdi. Mark saytni yopdi, lekin ko’p o’tmay talabalar istagi bilan qaytadan ochdi.

Shunday qilib 2004 yilning 4 fevral sanasida “Facebook” ijtimoiy tarmog’i paydo bo’ldi. Yangi saytda birinchilardan bo’lib ro’yxatdan o’tgan talabalar orasida Pristilla Chan ham bor edi.

Pristillaning ota-onasi kelib chiqishi asl Xitoyliklardan bo’lib, Vetnamdan 70-yillar o’rtalarida qochib kelishgandi. Ularning farzandlari Amerikada dunyoga keldi. Kattasi Pristilla bobosi va buvisi bilan birga voyaga yetdi. Qizaloqning ota-onasi esa Xitoy restoranida 18 soatlab ishlashga majbur edilar. Moliyaviy holat yaxshilangach, Chanlar oilasi o’zlarining kichik ovqatlanish maskanlariga ega bo’lishdi va farzandlarini Amerika universitetlarida o’qitishga qaror qildilar. Pristilla bu fidoyilikning barchasini teran anglagan holda voyaga yetdi. U kichik qizaloqlik paytlaridayoq informatika o’qituvchisidan Garvardga kirish uchun nima qilish kerak ekanligini so’ragan edi. O’qituvchi bu savoldan hayratga tushib qoldi va qizaloqqa faqat a’lo baholarga o’qish kerakligi, shuningdek, garvardga kirish paytida sportdagi ko’rsatkichlar inobatga olinishini aytib, tennis bilan shug’illanishni maslahat berdi. Pristilla maqsadiga erishdi!

Mark bilan Pristillaning tanishuvlaridan keyin “Facebook” asoschisi mutlaqo baxtli insonga aylandi. Ular talabalar bazmida tanishib qolishdi. O’sha bazmdan so’ng ular orasida muhabbat paydo bo’ldi. Mark Garvardni tashlab o’z loyihasi ustida ish boshlashga qaror qildi, biroq Pristilla uning orqasidan bormadi. Chunki u mashxur universitetda ta’lim olib, o’z ota-onasining orzusini ro’yobga chiqarishi shart edi. Ammo qiz Markning kelajagi buyuk ekanligiga ishonar, Mark esa bir kun kelib Pristilla bilan baxtli hayot kechirishiga aniq ishonar edi. Olamshumul mavaffaqiyatlar va millionlar Markni o’zgartira olmadi. Atrofidagi son-sanoqsiz qizlar ichidan o’sha, talabalik yillarida sevib qolgan xitoylik qizni tanladi. 

2012-yilning 19 may kuni Pristilla va Mark qizning diplom olishi munosabati bilan tashkillashtirilgan bazmga do’stu qarindoshlarini taklif etdilar. Ziyofatda kelin va kuyov paydo bo’lgach, yig’iganlar to’yga kelib qolganlarini anglashdi. Istasa dunyoning eng mashxur dizaynerlaridan qimmatbaho nikoh libosi harid qilishimumkin bo’lgan kelin kim tomonidan tikilgani noma’lum oddiy nikoh ko’ylagi bilan cheklandi.

Mark rafiqasi uchun emas, uning buvisi uchun xitoy tilini o’rgandi. Chunki qizning buvisi ingliz tilida gaplashishni umuman bilmas, aynan ana shu ayol Pristillaning hayotida beqiyos o’rin tutardi. Mark Pristillaning buvisidan o’z rafiqasiga bergan tarbiyasi uchun minnatdor ekanligini yashirmaydi. Pristilla Markni har jabxada qo’llab quvvatlaydi, uning hayotida muhim ahamiyatga ega inson edi. Uch bor homilasidan ayrilgan Pristillaning tushkun kayfiyati Markka ham ta’sir etib turgan bir paytda oilada tug’ilgan ilk qiz farzand ularni dunyodagi eng baxtli ota-onaga aylantirdi. Milliarder faqatgina mehribon turmush o’rtoq emas, ajoyib ota ham bo’lib chiqdi. Keyinchalik ular yana bir shirin qizaloqning ota-onasiga aylanishdi.   

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook