Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi
Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi
Ism-sharifi: Habib Abdumannopovich Nurmagamedov
Tug'ilgan kuni: 20 sentabr 1988 yil (31)
Tug'ilgan joyi: Sildi, Dog'iston Respublikasi
Bo'yi: 177
Vazni: 70 kg
Burji: Parizoda
Muchali: Ajdar
Karyera: Sportsmenlar orasida 13 o'rinda

Habib Nurmagamedovning hayoti

Habib Abdumannopovich Nurmagamedov - Dog'istonlik universal jang san'ati bo'yicha sportchilar orasida "Burgut" laqabini olgan jangchi hisoblanadi. U UFC da yengil vazn toifasida qatnashadi. Bu sportchi 2018 yilning aprel oyida El Yakvintoy bilan bo'lib o'tgan jangda g'olib bo'lgani tufayli tarixda UFC chempionlik titulini olgan birinchi rossiyalik sportchi sharafiga erishdi.

Yoshligi va o'smirlik yillari

Habib 1988 yilning 20 sentabrida dog'istonning tog'li hududidagi Sildi qishlog'ida avar millatiga mansub bo'lgan oilada dunyoga keldi. Deyarli shu hududda yashovchi erkaklarning hammasiga jangchilik qobiliyati ota-bobosidan meros bo'lib qolgan, Habibning qarindoshlari ham bundan mustasno emaslar. Uning otasi Abdumannop Nurmagamedov - erkin kurash bo'yicha sport ustasi, amakisi esa sambo bo’yicha 1992 yilning chempioni, tog’asi bo’lsa kurash bo’yicha taqdirlangan.

Habib va uning ukasi Abubakr qarindoshlarining izidan ketishdi, ular yoshligidan kurash bilan shug’ullanishni boshlashdi. Abdumannop aka ularning birinchi murabbiyilari edi, u bolalarini yoshligidan ringda jang qilish uchun tayyorladi. Habib uch yoshidan boshlab kurash usullarini o’rgana boshladi, besh yoshida gilamga qadam qo’ydi.

Habib 10 yoshga to’lganida, oilasi bilan Maxachkalaga ko’chib o’tdi. U yerda otasida imkoniyat tug’ildi u yosh iqtidorli sportchilar guruhini yig’di, ularni qatorida Habib ham bor edi.

U 15 yoshigacha boshqa bolalar qatori edi: maktabga borardi, mashg’ulotlarini qoldirmasdi, ko’pincha ko’chadagi bolalar bilanurushib turardi. Bir kuni Habib pul topish maqsadida tan soqchi bo’lib ishgakirmoqchi bo’ldi, lekin uning oilasi bunga qarshi chiqdi.

Katta bo'lgan sari Habib kuchga to'lib borardi hamda raqiblari orasida ajralib turardi, buni ko'rgan otasi o'g'li noyob qobiliyat egasi ekanligini hamda u butun dunuoga tanilgan jangchi darajasiga erishishi mumkinligini tushunib yetdi . Avvaliga Abdulmannop Nurmagomedov o’g’lini dzyudo ustasi bo'lib yetishishiga ishonar va kelajakda uni tatami ustida ko'rishni xohlardi. Biroq keyinchalik u Habibni aralash jang san'ati bo'yicha yetuk janchi bo'lib yetishiga ishondi. Bundan tashqari Habibning o’zi ham jang sambosiga intilardi.

Sambistlar orasida uning qahramonlari ham bor edi – Fyodor Yemelyanenko, Rustam Xabilov, Rustam Muxtorov, ularni ustaligini ko’rib hali ham hayron qoladi. Habib ularni har biridan nimadir o’rganardi, otasining harkatlari tufayli boshlang’ich tayyorgarlik yaxshi o’tdi va o’ziga bo’lgan ishonchi ortib bordi hamda yuksak martabalarga erishdi.

Sportdagi natijalari va janglari

23 yoshida Nurmagomedov UFC tarixidagi rossiyalik eng yosh jangchi edi. Amerikaliklar Xabibni mahoratini ko’rib, katta baho berishdi va sportchini o’zlarini tashkilotlariga taklif qilishdi. Shu vaqtdan boshlab avar xalqining “Burgut” laqabli o’g’li dunyoni ko’p ringlarida janglarda qatnashgan va g’alaba qozongan. Chaban telpagi jangchining ramzi hisoblanadi – u shu bosh kiyimni kiyib, o’z xalqiga va avarlar an'anasiga sodiq ekanligini bildiradi.                  

U kuchli raqiblari bo’lmish Gleyson Tibau (iyul 2012), Kamol Shalorus (yanvar 2012), Tiago Tavares (yanvar 2013) larni nokaut holatiga tushirgan yoki o’zini mahsus bo’g’ish uslubi bilan mag’lub qilgan.

2014-2015 yillar sportchi uchun oson kechmadi: U yengilmaslik statusini saqlab qolgan bo’lsada, lekin bir qancha qattiq jarohatlar ham olgan edi. 2016 yilda u Darrel Xorcherni mag’lub etib, g’alaba bilan ringga qaytgandi.

Maykl Jonson bilan bo’lib o’tgan jangdagi g’alaba Habibni judayam qattiq shug’ullanganini tasdiqlardi: amerikalik raqibi unga juda past baho bergani tufayli 3- raunddayoq mag’lub bo’ldi. Hakam jangni to’xtatishga majbur bo’ldi, chunki Habib Jonsonga qarshi bo’g’ish uslubini ishlatganida, Jonson jangni to’xtatishga ham qodir emasdi.

Bir necha bor Habib Nurmagomedov va Toni Ferguson o'rtasidagi jang buzildi. Ular 2014 yilning yozida ringda uchrashishlari kerak edi, ammo Rossiyalikning jarohati tufayli rejalar barbod bo'ldi. 2016 yil aprel oyida Fergusonning jarohati sababli uchrashuv bo'lib o'tmadi. Jang 2017 yilning martiga qoldirildi va yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi: vaznni tortib olishdan oldin, Habib buyrak toshlari bilan shubha qilingan holda kasalxonaga yotqizildi.

Habib Nurmagomedov va “noreal” laqabli jasur irlandiyalik Konor MakGregor bilan bo’lgan jang ko’plab shov-shuvlarga sabab bo’ldi.

Maykl Jonson ustidan g’alaba qozonishi bilan hali ringdan tushmagan Nurmagomedov MakGregorni jangga chorlab, uni “Irlandiyalik tovuqi” deb atadi. MakGregor Nurmagomedov bilan aytishib o'tirmadi va shunchaki "Sen men bilan bellashishga loyiq emassan", deb javob qaytardi. Biroq, 2017 yilning yozida u fikrini o’zgartirdi. Bokschi Floyd Meyveyzer bilan jangga tayyorgarlik ko'rayotgan chog'larida u Rossiyalik jafokor bilan ham bellashish niyati borligini bildirdi. Habibning o'zi ham intervyulardan birida 2017 yilning dekabr oyida ularning uchravi bo'ib o'tish ehtimoli borligini aytib o'tdi.

Biroq, 2017 yil 30 dekabr kuni Nurmagamedov ringda MakGregor bilan emas, balki Rio-de-Janeyrolik jangchi Edson Barboza bilan uchrashdi. Rossiyalik sportchining otasi ta’kidlashicha, Barbosa ajoyib barabanchi, ammo ikkinchi bosqichga kelib “hamma narsa joyiga tushadi”. Va shunday bo’ldi ham. Habibning ustunligi birinchi davrada yaqqol ko’rinib turdi. Uchinchi raundda oxirigacha dadil turgan braziliyalik yiqilidi va Nurmagomedov UFC dagi 9-g’alabasi va sport karyersidagi 25-g’alabasi uchun taqdirlandi.

Va nihoyat 2018 yil 6 oktyabr kuni MakGregor bilan bo'lib o'tgan jang Dog’istonlikning g’alabasi bilan yakunlandi. Birinchi davrada Habib ustunlikka ega bo’lib, o’zini shaxsiy uslubi, ya’ni bo’g’ishdan foydalandi. Irlandiyalik deyarli 5 daqiqa davomida polda yotdi. Ikkinchi raundni ham Nurmagomedov boshqardi. Uchinchi raundda jangchilar qaddilari tik holda bir-birlariga to’qnash kelishdi, MakGregor raqibga bir nechta zarbalar berdi, ammo uning holdan toyganligi aniq edi.

“To’rtinchi raund final edi: Habib bo'g'ish texnikasini qo’lladi va Konor taslim bo’ldi”. Ammo jang shu bilan tugamadi. Sudyalarning hukmini kutmasdanoq Nurmagomedov sakkizburchakli ringni tashlab zalga yugurdi. MakGregor jamoasining jujitsu bo’yicha murabbiyi Dillon Denis bilan to’qnashuv bo’ldi. Bu vaqtda Dog’istonliklar jamoasidan ikki kishi Konorni tepdi. Politsiya ringga yugurdi. Nurmagomedovning g’alabasi hisobga olingan, ammo uning uchta o’rtoqlari politsiyaga olib ketildi. Irlandiyaliklar ularga ariza yozmagan, keyinchalik u qasos olishni, revanshni istayotganini twitter orqali bildirdi.

2018 yil 7 aprelda Habib Toni Ferguson bilan nihoyat ringda uchrashishi kerak edi, ammo jang yana bekor qilindi. Bu safar Toni aybi bilan – u jarohat oldi. Jangdan bir kun oldin Nurmagomedov Ferguson o’rniga El Yakvinta unga qarshi ringga tushishini bilib oldi. Jang Nurmagomedovning g’alabasi bilan yakunlandi (garchi El 5ta turda ham omon qoldi va Habib jangni muddatidan oldin yakunlay olmadi) va sportchi yengil vaznda chempionlik kamariga sazovor bo’ldi. Shunday qilib u UFC chempionligi unvonini qo’lga kiritgan birinchi Rossiyalik MMA jangchisi bo’ldi.

Habib Nurmagomedovning shaxsiy hayoti

Habib islomni tan oladi, ichmaydi, chekmaydi, ukasi bilan Makkani muntazam ravishda ziyorat qiladi va Qur'ondagi buyurilgan  amallarni bajaradi, shu jumladan, Ramazon oyida jang qilmaslikka qatiyan rioya qiladi.

“Men uchun Ramazonda ro’za tutish har qanday jangdan muhimroqdir”.

U hech kimni shahsiy hayotiga aralashtirmaydi, shuning uchun hozirgacha uning atrofidagi odamlar ayolining yuzini ko’rishmagan. Xotini hamma vaqtini uyda o’tkazadi qizi (2015) va o’g’lini (2017) tarbiyalaydi, turmush o’rtog’ini muvafaqiyati va farovonligi uchun Allohga ibodat qiladi.

Ko’plab taniqli shaxslar Habibning do’stlaridir, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov shular jumlasidandir. 2017 yil bahorida Nurmagomedov taniqli bokschi Mayk Taysonning uyiga tashrif buyurdi. Sportchilar sovg’alar bilan almashdilar: Tayson mehmonga dasxat qo’yilgan qo’lqopni, Habib esa unga o'zinikiga o'xshash telpakni hadya qildi.

Habib Nurmagomedov hozirda

2019 yil 7 sentyabrida Nurmagomedov ringda amerikalik Dastin Poirier bilan uchrashdi. Habib raqibini uchinchi raundda yiqitdi –Dog’istonlik qattiq siqish texnikasini qo’lladi va Poirier jangni to’xtatishni so’radi.

Jangdan so'ng uyiga qaytgan Habibni xushxabar kutar edi - uning rafiqasi Patimat uchinchi farzandlariga homilador ekanligini bildirdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook