Hammamiz bilamizki, o'z vaqti kelganda oxirgi nafasimizni olib, bu dunyoni tark etamiz. Lekin bu qachon sodir bo'lishini hech kim bilmaydi. Biz oldimizda son-sanoqsiz kunlar bordek yashaymiz. Hayotimizning har bir kuni va har onidan bahra olib yashamaymiz, ko'nglimiz tusagan narsani qilmaymiz, yoki hammadan ko'p qadrlaydigan insonlarimizga buni ko'rsatmaymiz.
Bularning barini "keyin" qilishimiz mumkinligi haqida o'ylaymiz, ammo bizda faqatgina "hozir" bor. Maqolamizda ko'rsatilgan insonlar, o'lim kuni yaqinligini bilgandan keyin o'zlarining eng istagan orzularini amalga oshirishga qaror qilishgan.
6 yoshli Yelenada miya saratoni diagnostikasi aniqlanganda, u ota-onasi uchun kichik xatlar yoza boshladi va uyning barcha joylariga berkita boshladi, qizaloq vofotidan so'ng ularni o'qishlari uchun
"Bobom o'limidan bir hafta oldin o'zining sevimli pivasini oxirgi marta ichishni xohlagan"
Uysiz odam saraton kasalligidan o'layotganini bilgan va uning yagona istagi kuchugini kimdir asrab olishi bo'lgan
O'layotgan bu ayolning oxirgi istagi Oliver nomli mushugini vidolashish uchun ko'rish bo'lgan
Juda og'ir kasallangan ayolning 7 yoshli o'g'li onasidan o'limiga ruxsat so'raydi va o'z buyragini berib, onasini saqlab qolishni xohlaydi
15 yillik saraton bilan kurashib kelayotgan ayol o'limi arafasida turmush o'rtog'i bilan oxirgi marta raqsga tushishni so'raydi
54 yoshli hayvonot bog'i tozalovchisi u ko'p yillar mobaynida maydonchasini tozalagan jirafa bilan vidolashishni xohlagan
Tatuirovkachi bolakayning oxirgi orzusi bo'lgan "tatuirovka"sini flomaster orqali chizib amalga oshirgan.
Mukovistsidoz bilan og'rigan 5 yoshli qizaloq eng yaqin do'sti bilan "to'y" marosimini o'tkazishlarini istagan. U marosimdan bir necha soat o'tib olamdan o'tgan
Bu qizning o'limi oldidagi oxirgi tilagi Florence and the Machine guruhi ijrosidagi musiqani eshitish bo'lgan va bunga erishgan
Kuni bitayotgan ota 11 yoshli qizini muqaddas qurbongoh tomon yetaklab bormoqda, qizining to'yini hech qachon ko'ra olmasligini bila turib
O'layotgan yolg'iz otaning oxirgi orzusi amalga oshdi: u 4 yoshli o'g'lining yaxshi oila boqib olishini istagan
Xospisga ketishdan oldin buvisi nabirasidan oxirgi marta ummonni ko'rsatishini so'ragan
Saraton kasalligidan o'layotgan bu erkakning oxirgi tilagi o'z otasining qo'lini ushlab turish bo'lgan
Kuni bitayotgan bu erkak shifoxona tashqarisida oxirgi marotaba sevimli oti bilan xayrlashmoqchi bo'lgan
Сообщения из Facebook