Zamonaviy olamda hayotimizni yengillashtiradigan va yaxshilashga mo’ljallangan turli uy-joy jihozlar juda ko’p miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Ammo, to’g’risi, ularning hammasi ham ishlab chiqaruvchilar taqdim etishga uringan darajada o’ta foydali va o’rnini hech narsa bosa olmaydigan emas.
Quyida har bir ro’zg’or bekasi ularsiz bemalol ro’zg’orni tebrata olishi mumkin bo’lgan g’alati oshxona moslamalari keltirilgan.
1. Meva kesuvchi
Biror meva yoki sabzavotni kesish juda toliqtiruvchi charayon bo’lishi mumkin. Gohida sobzavotlarni va mevalarni tekis va chiroyli qilib kesuvchi mana bunday moslamani sotib olging keladi, kishi. Aslida bunday emas. Kesuvchi moslamalarning "bahtli sohiblari" hamma narsani o’z qo’llari bilan to’g’rash ham tez va osonroq kechishi to’g’risidagi xulosaga keladilar.
2. Elektron pazandalik kitobi
Raqamli texnologiyalar davrida, deyarli har bir odamda smartfon yoki planshet bor paytida, bunday moslamaning foydalililigi yerning tortish tezligida cheksizlik darajadagi nolga tenglashtiriladi. Xatto ro’zg’or bekasining e’tiborini jalb qilishga ham arzimaydigan mutlaqo foydasiz narsa.
3. Olma archgich
Mislsiz darajada ortiqcha baho berib yuborilgan yana bir moslama. Tashqaridan qaraganda, qiynoqqa solish anjomi yoki Fransiyadagi burjuaziya inqilobi davridagi sanoat dastgohiga o’xshaydi. Fazilatlaridan biri - olmalarni sanoat miqyosida archishi mumkin. Savol: bunday zarurat qachon va necha marta vujudga kelishi mumkin? Buning ustiga, olmaning po’sti juda ham foydali ekanligi unutmaslik lozim.
4. Elektron sanchqi
Ochiqdan-ochiq foydasiz va mo’jizaviy moslamaligiga qaramay atigi bir necha yillar avval g’alati ommaboplikka ega bo’lgan. Aslida, bunday sanchqidan foydalanib ovqatlanish juda ham noqulay, shuning uchun ham bu narsaning nafaqat foydasizligi, balki ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot likvidligini oshirish maqsadidagi bo’rttirish asosida sodir etilgan firibgarligi to’g’risidagi ham qo’rqmay gapirish mumkin.
5. Xot-doglar uchun toster
Xatto G’arb mamlakatlari ham har kuni faqat xot-dogni tanovul qiladigan inosnni topish juda qiyin. Bu moslamaning g’oyasi, balki yomon emasdir, ammo, bu narsa nima uchun o’z uyingizning oshxonasiga joy egallab turishi kerakligi tushunarsiz. Aksariyat hollarda faqat vaqtni behudaga o’tkazib, chang bosib yotuvchi yana bir narsa.
6. Bo’tqa pishirgich
Bu moslamaning yaratuvchilari, jamasi, oddiy an’anaviy kastryulya bo’tqa pishirish uchun eskirib qoldi deb o’ylaganlar. Haridorlarga ochiqdan-ochiq befoyda narsalarni sotishga urinishlardan birining yaqqol namunasi.
7. Tenderayzer
Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu moslamaning ishlatilishi go’shtni mazaliroq qiladi, uni tayyorlash jarayonini esa ancha tezlashtirar emish. Haqiqiy safsata. Aslida, ingliz tilidagi "tenderizer" so’zi bilan ataladigan va ma’nosi "yumshatuvchi" bo’lgan moslama go’sht bo’lagini to’qmoqlashdan boshqa hech narsaga yaramaydi. Buning ustiga bu ustomon hiylagar moslamaning doimiy ravishdagi ishlatilishi ham shubha tug’diradi.
Сообщения из Facebook