Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar
Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar
Har bir uy bekasi o’z oshxonasining qulay va chiroyli bo’lishini orzu qiladi, bu yerdagi pishir-kuydir ishlariga tezroq ulgurishni va qo’l ostidagi asbob-anjomlarning turli-tuman bo’lishini istaydi. Bu borada ularga mikser, idish yuvish mashinalari, oshxona kombaynlari va boshqa turdagi buyumlar qo’l keladi. Quyidagi g’aroyib gadjetlar yordamida esa sevimli go’shangiz bo’lmish oshxonani o’z orzuyingizdagi ko’rinishga keltira olasiz.

Gubka qo’yish uchun idish

Gubka uchun mo’ljallangan ushbu ajoyib “karavotcha” oshxona interyerini to’ldirish uchun ham xizmat qiladi. Oshxona gubkalarini shunchaki rakovina yonida qoldirmasdan, kayfiyatni ko’taruvchi ushbu “karavot” ichiga joylashtirishga nima deysiz?

Buterbrod pichog’i

Har birimiz buterbrod iste’mol qilish chog’ida birozgina avval sovutgichdan olingan sariyog’ni non ustiga bir tekisda surtib bo’lmasligini yaxshi bilamiz. Ushbu muammoni esa diqqatingiz markazidagi mazkur pichoqcha yordamida hal qilish mumkin. Ushbu pichoq yengil qizdiruvchi xususiyatga ega bo’lib, sariyog’ni bir daqiqa ichiga yumshatadi va non ustiga mukammal hamda tekis ko’rinishda surtib beradi.

Oshxona uchun multititul

Ushbu vosita yordamida bir emas, bir necha ishlarni bajarish mumkin. Butilka yoki konserva ochish deysizmi, qattiq yopilib qolgan qopqoqlarni aylantirishmi, qattiq paket o’ramlarini ochish deysizmi – barchasini bir zum ichida bajaradi. U har qanday bekaning sevimli buyumlaridan biriga aylanishi mumkin.

Universal vosita

Ushbu aksessuar yordamida istalgan turdagi buyumni “qo’l ostida ushlab turish” imkoni bor. Qozon va tova qopqog’i, qoshiq yoki kapkir shular jumlasidandir.

Oshxona anjomlarini tozalash vositasi

Ushbu vosita ichiga qattiq cho’tka o’rnatilgan bo’lib, uning yordamida sanoqli daqiqalar ichida oshxona anjomlarini top-toza ko’rinishga keltirish mumkin.

Grafin

Ushbu noodatiy grafin ichidagi choy shamasi, meva va muz bo’laklarini olib tashlash imkonini beradi. Unga choy damlash ham, idish ichida kompot va boshqa turdagi ichimliklarni saqlash ham qulay.

Qovun kesish uchun maxsus idish

Maxsus tig’ga ega ushbu pichoq qovunni shunchaki kesibgina qolmay, uning po’stini tozalab, urug’larini olib tashlashga ham yordam beradi.

Tenderayzer

Go’shtni to’qmoqlashga mo’ljallangan oshxona bolg’achalari o’tmishda qoldi! Buning o’rniga ishingizni osonlashtiradigan va go’shtni ham sifatliroq to’ymoqlab beradigan ajoyib vosita yaratildi.

Kotlet uchun qolip

Ushbu qolip yoramida kotlet va turli-tuman nachinkalarni osonlikcha bir hil ko’rinishga keltirish mumkin. Vosita maxsus qolip, olinadigan kurakcha va kotletni bosish uchun mo’ljallangan qopqoqdan tashkil topgan.

Antiqa jo’va

Xamir o’lchamlarini aniq belgilashda bunday jo’va sizga ko’mak berishi aniq.

Roll o’rash apparati

Ushbu apparat yordamida qaynatilgan guruch, balki va boshqa turdagi mahsulotlarni ham mukammal ko’rinishdagi roll shaklida o’ray olasiz.

Chuchvara tugish moslamasi

Ushbu vosita bilan chuchvaralarni sifatli tarzda va bir hil ko’rinishda tugib chiqish mumkin.

Transformer qoshiq

O’lcham xususiyatiga ega ushbu qoshiq idish yuzasidagi yegulikni unga zarar yetkazmasdan ajrata oladi.

Bir martalik qopqoqlar o’rniga ...

Shisha idishlar uchun yaratilgan ushbu vosita bir martalik qopqoqlar o’rnini osonlikcha bosa oladi.

Antiqa tova

Ushbu tova yordamida pishirilgan har bir blinchik mukammal ko’rinishda va bir hil o’lchamda bo’lib chiqadi.

Taxtakach

Pazl ko’rinishidagi taxtakachni alohida ham, birlashtirgan holatda ham ishlatsa bo’ladi.

Shashlik tayyorlash moslamasi

Ushbu moslama bilan go’shtni shashlik uchun munosib tarzda tez to’g’rab olish va sixlarga tergancha marinadlash mumkin.

O’simlik yog’i uchun idish

Ushbu oshxona vositasi silikon cho’tka bilan jihozlangan bo’lib, uning yordamida o’simlik yog’ini istalgan yuzaga bir tekisda surtib chiqish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook