просмотров
Doimo yosh ko'rinish maqsadida yulduzlar kosmetolog va plastik jarrohlarning doimiy mijoziga aylanadi, lekin bu har doim ham kutilgan natijaga olib kelmaydi. Quyidagi 8 ta yulduz buning yorqin misolidir.
Melani Griffit
Aktrisa Melani Griffit - inyeksiya va plastik jarrohlikning muxlisasi. Bir marta rinoplastika qildirganidan keyin, operatsiyalarga shu qadar bog'lanib qoldiki, o'zini tiya olmadi. Turmush o'rtog'i kelishgan - Antonio Banderasning noroziligiga qaramasdan, Melani o'z yuzini yanada "go'zallashtirish"ni davom ettirdi: doimiy yuzni torttirish va botoks inyeksiyalari, blefaroplastika, lablarni kattalashtirish... Lekin bularning hammasi yaxshi natijaga olib kelmadi. Banderas uni tark etdi, Melanining yuzi esa "tortilgan" niqobga o'xshab qoldi.
Meg Rayan
Bir necha yillar oldin aktrisa Meg Rayan blefaroplastika qilishni rejalashtirgan - mashhur yulduz qovog'ini biroz ko'targan va ko'z shaklini o'zgartirgan. Keyin - ko'proq: lifting-muolajalar, rinoplastika, lablarni va yanoqlarni shishirish, doimiy botoks inyeksiyalari. . . Muxlislari undan norozi, chunki 90-yillarning go'zal ayolidan asar ham qolmagan.
Jenis Dikinson
Jenis Dikinson abadiy yosh ko'rinishga intiladi va plastik jarrohlarning doimiy mijozi bo'lib kelmoqda. Liposaksiya, burun va dahan shaklini o'zgartirish, cheksiz botoks va fillerlar . . . Xuddi Jenis hech qachon to'xtamaydigandek tuyiladi. Supermodelning o'zi yashirmaydi: "Men o'lishim mumkin, lekin go'zal bo'lishim shart".
Kortni Lav
Kortni Lav kamida 3 marotaba burun shaklini to'g'irlatgan, ko'krak shakli va hajmini 2 marta o'zgartirgan, lablari va yanoqlarining hajmi bo'yicha qancha tajriba o'tkazganini esa sanab bo'lmaydi. Biroq bu tajribalar Kortning tashqi ko'rinishiga yaxshi natijani olib kelmasa ham, u plastik jarrohlikdan voz kechmaydi. Aktrisa xuddi tig' ostiga mahkam o'rnashib olgandek tuyiladi.
Lara Flinn Boyl
"Tvin Piks" serialidagi go'zal Donnani eslaysizmi? Lara Flinn Boyl 2000-yillar boshlariga qadar o'zining "farosatli" chiroyi bilan odamlarni hayratga solgan. Keyin hammasi tugadi: karyerasi inqirozga uchradi, aktrisa juda ozib ketdi, tashqi ko'rinishi bilan tajribalar o'tkaza boshladi va o'zini plastik jarrohlar qo'liga topshirdi. Bundan bir necha yil muqaddam Lara Flinn Boylning suratlari internetga chiqarildi va ular aktrisa muxlislarini daxshatga soldi. "Qiyshiq" yuzli shishgan ayol o'sha serialdagi Donnaga umuman o'xshamaydi.
Lil Kim
2005-yilda hip-hop qo'shiqchisi Lil Kim yolg'on guvohlik bergani uchun qamoq jazosiga mahkum etildi. "Qamoqdan chiqib" tilla Bentleysida jazo muddati paytida yo'qotgan go'zalligini tiklash uchun tog'ri klinikaga qarab yo'l oladi. Shundan beri xonanda umuman to'xatamadi: u 10 dan ortiq plastik jarrohlikni amalga oshirdi, lekin har gal uning yuzi yanada qo'qinchliroq tus ola boshladi. Yanoqlar turli tomonlarga "qaraydi", dahan notabiiy o'tkir shaklda, ko'z shakli haqida ham biror yaxshi narsa aytolmaymiz. Lekin Lil Kimning to'xtash niyati yo'q. Oldingi chiroyini qaytarish maqsadida tig' ostiga muntazam yotishga ham tayyor.
Mikki Rurk
Qaysidir vaqt orasida Mikki Rurk Gollivud bilan aloqani uzib, katta sportga ketishni rejalashtirgan. Boshqa yerga emas, aynan - boksga! Bir necha yillar mobaynida u 50 dan ortiq janglarda qatnashdi va bir necha marta burun, dahan va yanoqlarini sindirib olgan. Shuning uchun plastik jarrohlarga murojaat qilishga to'g'ri keldi. 5 marta rinoplastika, blefaroplatika, yuz torttirishning bir necha usullari. . . Lekin natija qayg'uli: hozirgi Mikki ko'proq ko'chadagi uysiz odamlarga o'xshaydi, oldingi mashhur kelishgan Mikkidan asar ham qolmagan.
Kim Beysenger
Plastik jarrohlik qildirish Kim Beysengerga yaxshi natija olib kelmadi. Go'zallik ukollari, yuz torttirishning dumaloq usuli, yanoq va lablardagi fillerlar. . . Lekin oxirgi blefaroplastikaning ta'siri natijasi, oldingi mashhur "mushuk nigoh"dan umuman iz qolmagan.
Сообщения из Facebook