7,910
просмотров
просмотров
Ko’pchiligimiz jurnal, TV yoki internerda qiziqarli va yoqimli taomning retseptini ko’rib, uni o’z uyimizda tayyorlab ko’rishni xohlab qolamiz. Biz “bir necha daqiqada tayyor bo’ladigan”, “dasturxoningizni bezaydigan oddiy taom”, “mehmonlaringizni hayron qoldiring” kabi taom va pishiriqlarning retseptiga uchib qolamiz.
Ekranda bir-ikki harakat bilan qisqa fursatda taom tayyor bo’ladi. Buni ko’rib biz ham shunday osonlik bilan uddastidan chiqa olamiz, deb o’ylaymiz. Aslida har bir taomning o’z sir-asrori, masalliqlarning me’yori va ularni qo’shish tartibi bo’ladi. Ularga qat’iy amal qilinmasa, kutilgan natijaga erisholmaslik mumkin. Quyida shunday vaziyatlardan ba’zi namunalarni sizning e’tiboringizga taqdim etamiz. Bu suratlar sizning ishtiyoqingizni susaytirmaydi, deb ishonamiz.
Сообщения из Facebook