Qishda avtoulovni xavfsiz boshqarish qoidalari. Fotosuratlar
Qishda haydovchidan yo'lda ko'proq e'tibor va ko'nikmalar talab qilinadi. Qorong'ulik, yomon ob-havo sharoiti, tishsiz shinalar – bularning hammasi sovuq mavsumda avtoulov haydovchisidan maxsus mahorat talab qiladi. Maqolamizda ehtiyotkorlik chorasi sifatida qish faslida avtomobillarni boshqarish bo’yicha foydali maslahatlar beriladi.

Ohistalik

Ohistalik

Shunday harakat qilingki, avtomobilni har har qanday vaziyatda ham to’liq boshqara olishingizga ishonchingiz komil bo’lsin. Agar sizda qor va muzda haydash malakasi bo'lmasa, sekinroq yurishingiz lozim. Agar sizning shinalaringiz ancha vaqtdan beri xizmat qilib kelayotgan va eskirgan bo'lsa – aslo tezlikni oshirmang. Klirensi (yer yuzasidan to avtoulovning eng past qismi orasidagi masofa) past bo'lgan avtoulov egalari ikki baravar ehtiyotkor bo'lishlari zarur, chunki yo'lda qor qatlamlari mashinaning tagi va karteriga yopishib qolishi avtomobilni boshqarishga  katta ta'sir ko'rsatishi mumkin. Sekinroq!

Bir tekisda harakat qiling

Bir tekisda harakat qiling

Notekis va sirpanchiq yo’lda harakatlanayotganingizda ehtiyotkor bo’ling. Hech qanday holatda keskin ravishda tezlikni oshirmaslik, tormoz olmaslik yoki rulni aylantirmaslik kerak.

Statistik ma’lumotlarga ko'ra, boshqaruvni yo'qotish bilan bog'liq yo’l transport hodisalarning eng ko'pi rulni burish vaqtida ro'y berar ekan. Bunday holda, transport vositasining o'qlari parallel bo'lmaydi. Qorli qish kunlarida burilishlar eng xavfli joy bo’lib qoladi, shuning uchun bunday joylarda ehtiyotkorlik bilan va bir tekisda harakat qiling. 

Yorug’likdan foydalaning!

Yorug’likdan foydalaning!

O'zingizni ko’rsatishdan uyalmang. Faralarning yoqilganligiga ishonch hosil qiling hamda qayrilma yo’llarda burilish chiroqlarini ham ishga soling.  Shahar tashqarisidagi trassalarda qayrilishdan avval albatta uzoqdan yorug’lik signalini bering. Bu qarshingizda kelayotgan avtomobillarga sizning yaqinlashayotganingiz haqida darak beradi.

Furalardan ehtiyot bo’ling

Furalardan ehtiyot bo’ling

Sirpanchiq yo’lda katta og'ir mashinaning to'xtashi juda qiyin. Har qanday nazoratsiz tormoz yuk mashinasini boshqarib bo’lmaydigan torpedoga aylantirishi mumkin. Yuk mashinasiga yaqinlashganda har doim manevr yoki tormoz olish uchun yetarli masofani saqlashga harakat qiling.

Yo’l chetida to’xtamang

Yo’l chetida to’xtamang

Yo’lda ko'rinish nolga tushganda hech qanday holatda yo'lning yon tomonida to'xtamang – bu holda siz baxtsiz hodisalar statistikasining ko’payishiga hissa qo’shgan bo’lasiz. Agar to'xtash kerak bo'lsa, yaqin o’rtadagi maxsus to’xtash joyi yoki yoqilg'i quyish shohobchasini toping.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations