Gap yuqori tezlikdagi sayyohlik haqida borar ekan, Osiyo kelajak regioni bo’lib tasavvur qilinadi. AQSHning asta g’uvillaydigan avtomobil antiutopiyasi bilan solishtirganda Osiyo-Tinch okeani regioni jadal rivojlanayotgan mo’jizalar mamlakatidir. Kimni bu ko’p sonli irqning Useyn Bolt (Usain Bolt)i deb atash mumkin? Albatta, Xitoyni. Chunki, u yerda juda ham tez harakatlanish mumkin.
21 asrning boshidanoq Xitoy yuqori tezlikli trassani qurishni boshladi. Va qurdi. Va qurdi. 2017 yilga tezlik bilan sakrash va mamlakat, biz tasavvur qila olmagan katta masofalarga millionlab passajirlarni uchirib o’tadigan, tezyurar poezdlar tizimi bilan aylanib chiqqan. Ehtimol, yuqori tezlikda yuruvchi lokomotivlarning qurilishining bumini Osiyoda Yaponiya boshlagan, lekin Xitoy buni o’z yutug’iga aylantirdi. Hamda, Xitoyda qilinadigan hamma narsalar singari, ular buni boshqalarga qaraganda kattaroq, ajoyibroq va yanada aql bovar qilmaydigan qilib qildilar.
10. Ular haqiqatda ham juda, juda tezkor
Avvalam bor, siz Xitoydagi yuqori tezlikli temir yo’l juda tezkorligini bilishingiz kerak. Qanchalar? Tushunish onson bo’lishi uchun, agarda siz yuqoriga chiquvchi tezyurar yo’l qurmoqchi bo’lsangiz, u holda Pekindan Oygacha bo’lgan yuqori tezlikdagi poezd yo’li 60 soniyadan kam vaqtni talab etadi.
Mayli, bu yolg’on. Lekin unda jiddiy maqsad bor: Xitoy poezdlari qanchalar tezkor bo’lishi mumkinligini ko’rsatish. Dunyodagi eng tezkor kommersiya poezdlarining uchtasidan ikkisini Xitoydan toppish mumkin. Hamda, ularning ikkisi ham Shanxayda. Ularning eng tezkori Shanxay Maglev (Shanghai Maglev) bo’lib, tezligini 430 kilometr soatgacha oshiradi. Agar poezd passajirlarsiz harakatlansa, uning tezligi 500 kilometr soatni tashkil qiladi. Lekin, bu poezd eng tezkor emas. Eksperemental yapon modeli 589 kilometr soat tezlik bilan harakat qiladigan bo’ladi. Biroq, 2017 yildan keyin paydo bo’ladi. Bu vaqtda Shanxay aholisi 10 yil davomida bu texnika fikri bilan yuzma-yuz bo’lib kelayotgan bo’ladilar.
Albatta, bunday sonlar haqida eshtish boshqa, ularni reallikda his etish boshqa. Masalan, Pekindan Shanxaygacha 1318 kilometrlik yo’l 5 soatdan kam vaqtni talab etadi. Bu Nyu-Yorkdan Atlantagacha bo’lgan masofadan ko’proq, lekin sizning Netfliksdagi yangi mini-serialni tomosha qilishingizdan kamroq vaqtingizni oladi.
9. Ular kulguli darajada arzon
Deyarli samolet tezligiga teng bo’lgan, kutishlarsiz va havfsizlik tekshiruvlarisiz, Xitoy poezdlari yuradigan fantastik tezligini hisobga olganda, ular juda qimmat bo’lsa kerak deb o’ylash mumkin. Bu unday emas. Xitoy yo’llari hali kommunistlarning va’dalaridagi kabi, kambag’allar uchun yo’llar bo’lishi kerak deganlariga aylanmagan bo’lsada, sayyohlik uchun narxlar passajirlarning asosiy massasiga sotib olishiga moslangan. Masalan, Pekin – Shanxay super tezkor shox yo’lini olsak. Siz nima deb o’ylaysiz ikkinchi klassdagi joy qanchaga aylanadi? 553 yuan, yoki taxminan 80 dollar. Emtrek (Amtrack) bilan Nyu-Yorkdan Atlantagacha kichik sayohat qancha turishini bilasizmi? 122 dollar. Bu degani, unchalik uzoqda joylashmagan punktga, uch barobar ko’proq vaqt talab etadigan sayohat uchun qo’shimcha 40 dollar.
Agarda siz oddiy shahar tashqarisidagi liniyada sayr qilayotgan bo’lsangiz, unda u bundan ham arzonroq tushadi. Shangeldan Shandun provinsiyasidagi Veyfanggacha 24 kilometrlik liniya 4,5 yuan turadi, yoki 0,67 dollar. Aholining ko’pchiligi poezdlarda sayr qiladilar. Agarda Amerika shaharlari ularga mashinada yetib boorish qulay bo’lishi uchun moslashtirib qurilgan, Xitoy shaharlari esa, ularga poezdda yetib boorish uchun moslashtirib qurilgan.
8. Bu juda ommaviy
Xitoy poezdlari arzon va tezkor bo’lganligi sababli, ularni juda ommaviy deb taxmin qilish mumkin. Bu oddiy mashxurlik emas. Bu undanda ko’proqdir. Yuqori tezlikdagi sayohatlar oddiygina ko’pchilik emas, balki siz tasavvur qila oladigan juda, juda, juda ko’pchilikdir. 2016 yili bu transport turi bilan foydalangan passajirlar miqdodi 1,5 milliardni tashkil qildi. Bu miqdor Xitoyda, juda ko’p sonli aholisi bilan mashxur mamlakatda, doimiy yashaydigan odamlar sonidan ko’proqdir. Yer aholisi 7,5 milliardni tashkil etishini hisobga olgan holda, bu aholining 20 foizi har yili yuqori tezlikda yuradigan Xitoy poezdlardan foydalanadilar. Agar, o’zga sayyoraliklar Yerdan besh nafar kishini o’g’irlab ketganlarida, hamda ularni so’roqqa tutganlarida, ulardan bittasi bunday poezdlardan foydalangan bo’lgani aniqlangan bo’lar edi.
Biz bu sonlarni illyustrasiya sifatida keltirmoqdamiz. Davlat, hattoki Xitoy kabi avtoritar bo’lsa ham, bunday sayrlar uyushtirgan har bir passajirni kuzatib ololmaydi. Ularning ko’pchiligi esa, biletlarni bir necha marotaba xarid qilib olishlari mumkin. 1,5 milliard bu kolossal miqdor va u o’saveradi.
7. Dunyoning qolgan barcha mamlakatlarini birga hisobga olganda ham Xitoyda yuqori tezlikda yuruvchi poezdlar ko’proq
Xitoyliklar tezyurar poezdlarga bo’lgan mehrilari bilan Yaponiyaliklardan ham o’zib ketishlarini biz yuqorida aytib o’tgan edik. Bu mehr qanchalar chuqur ekanini takrorlab o’tish foydadan holi bo’lmaydi. Xitiy dunyodagi eng uzun yuqori tezlikda yuruvchi, 20 166 kilometrni tashkil etuvchi poezdlar tarmog’iga ega. Bu nafaqat boshqa katta tarmoqli mamlakat – Yaponiya bilan solishtiraganda ko’proq, yoki boshqa beshta mamlakatlar bilan solishtirganda ko’proq, balki butun dunyodagilarning barchasidan ko’ra ko’proqdir. Bu degani ularda sayyoramizning qolgan qismidan ko’ra ko’proq tarmoqlar bor degani. Agarda siz har bir Xitoy relsini ketma-ket terib chiqsangiz, hamda Xitoyniki bo’lmagan yuqori tezlikdagi poezdlar relslarini terib chiqsangiz, Xitoy relslari ko’proq chiqadi.
Shu bilan birga Xitoy tempni sekinlashtirmoqchi emas. 2025 yilga kelib yana 15 000 kilometr yo’l qurilishi rejalashtirilmoqda. Agar Xitoyga yuqori tezlikdagi temir yo’llar planiga ko’z tashlasak, mamlakatning sharqiy regioni boshqa mamlakatlarda oddiy temir yo’l qanday zich joylashgan bo’lsa, Xitoyda yuqori tezlik poezdlari temir yo’llari ham shunday zich bo’lib joylashishini ko’ramiz. Hattoki, mamlakatning janubiy qirg’og’ida joylashgan Xaynan oroli ham yuqori tezlikdagi temir yo’llar liniyasi bilan o’ralgan. Ma’lumot uchun, Xaynan Merilenddan biroz kattaroq.
Yuqori tezlikdagi yo’llarning rivojlanishining natijasi bo’lib, aql bovar qilmas megapolislar paydo bo’lishi bo’ldi. Chunki, endilikda Shenchjendagi odamlar 137 kilometr masofada joylashgan Guanchjoyga 30 daqiqada yetib bora oladigan bo’ldilar.
6. “edi” va “bo’ldi” ortasidagi farq fenomenal darajada
Xitoy tarixiga qaytamiz va poezdlarning biriga chiqib olamiz. Bunday sayohatdan nimani kutish mumkin? Aniq, xech qanday tezkor relslar bo’lmagan, lekin tizimning o’zi modernizasiyani boshida o’tkazgandir? Balkim, relslat tarmoqlari yangilashga muxtoj bo’lsada, lekin anchayin ishonchlimikan?
Shok holatida sayohat qilishga tayyorlaning. 90 chi yillarning o’rtalarida poezdlar sekin yuradigan emas, balki juda sekin yuradigan bo’lganlar. Ularning o’rtacha tezligi 59 kilometr soatni tashkil etgan. Biz “0” ni yozishni unutganimiz yo’q. Xitoy poezdlari oxirgi 20 asr ichida juda daxshatli edilar. Ko’p katta shaharlar bir-biri bilan bog’langan emas edi. Katta shahar uchun liniya yaratish g’oyasi esa, aql bovar qilmas bo’lgan edi. Mavjud bo’lgan poezdlar relslar bo’ylab harakatlanishi juda ham sekin bo’lgan. Hamda, ular haddan tashqari to’la bo’lgan edi.
U vaqtda Xitoyda investorlarning “aqilli pullari” paydo bo’ldi va mamlakat AQSH ning tajribasini qaytarib avtomobil millatiga aylanishi mumkin edi. Lekin Xitoy Kommunistlar partiyasining o’z g’oyalari bor edi. Agar Partiya Xitoyda biror nima qilmoqchi bo’lsa, u buni qiladi.
5. Temir yo’l Transporti Vazirligi ba’zi aqldan ozdiruvchi loyihalarda ishtirok etgan.
2011 yili u Transport Vazirligiga o’zgartirilgan bo’lsada, Xitoy davlat temir yo’l departamenti hali hamon ba’zi aqldan ozdiruvchi loyihalarda ishtirok etadi. Viktorian Angliyada masalan, muhandislar Fort-Bridj (Forth Bridge) kabi ajoyib narsalar yaratganlar. 21 asrda esa, Xitoy shunga o’xshash loyihalarda ishtirok etmoqda. Farqi shundaki, Xitoy loyihalari aqldan ozish va omilkorlikning chegarasida bo’ladi.
Mana bitta misol: 2015 yili Pekin Xitoy va Nepalni temir yo’l bilan bog’lamoqchi ekanini e’lon qildi. Nepal tog’li , Xitoy tomonidan yetib boorish qiyin mamlakatligini hisobga olmaganda, xech qanday muammo yo’q. Shuning uchun Xitoy Everest tog’I ostida tunnel qazib yo’lni tushurishga qaror qildi. Ikki yil o’tda, lekin loyihani amalga oshirishga hali o’tilgani yo’l. Biroq, u aktiv ravishda ko’rib chiqilmoqda.
Lekin bu loyiha ham Xitoy hukumatining aqldan ozdiruvchi g’oyasi oldida so’nib qoladi. 2014 yili Pekin Xitoy va AQSHni birlashtiradigan temir yo’l liniyasini qurish kerak deb qaror qildi. Taxmin qilinishicha, bu yuqori tezlikdagi liniya dunyodagi eng uzun bo’lib 4 ta davlatni kesib o’tadi (Xitoy, Rossiya, AQSH, Kanada). Unga eng uzun suv osti tonneli kiradi, u Rossiyani Alyaska bilan birlashtiradi. Hatto bunday yuqori tezlikdagi sayohat ham bu liniya bo’ylab ikki kunni oladi.
4. Yuqori tezlikli poezdlarni ishlab chiqishda qatnashgan odam “tozalashga” uchragan
Bu barcha yuqori texnologik ishlanmalarga, aqldan ozdiruvchi binolarga va boy biznesmenlarga qarab turib, Xitoy avtoritar kommunistik davlat ekanini yoddan chiqarish onson. Bu degani, har kimni “tozalash” va katorga ishlariga yuborishlari mumkin. Repressiyalarning yuqori martabali kishilaridan biri bo’lib, Lyu Chjiszyun (Liu Zhijun) bo’ldi. U odam yuqori tezlikli poezdlar tizimini yaratishda ishtirok etgan.
Lyu Chjiszinni avval Xitoyning temir yo’llari otasi deb atashar edi. 2003 yili u temir yo’l transporti vaziri etib tayinlangan edi. Huddi shu vaqtda Xitoy yuqori tezlikli orzuni amalga oshirishga kirishdi. Uning boshqaruvi ostida vazirlik qo’shimcha moliyalashtirish va siyosiy ko’makni olish uchun har qanday tryuklarni qo’llar edi.
U o’z departamentini shaxsiy davlatidek boshqarar edi, uning soni va kuchini ko’paytirardi. Vaqt o’tgach u faqat xarbiy departamentdan qolishar edi halos. Mansabga ega bo’lgandan besh yil o’tgach, Lyu Chjiszyun birinchi yuqori tezlik temir yo’lini ochdi. 2011 yilga kelib u biz so’z yuritayotgan tizimni kiritdi.
Afsus, Lyu Chjiszyunning karyerasining cho’qqisi Si Szinpinning (Xi Jinping) tezkor yuqoriga ko’tarilishi bilan to’g’ri kelib qoldi. 2013 yili yangi boshqaruvchi antikorrupsion kompaniyani Lyu Chjiszyunga qarshi boshladi. Unda Lyu Chjiszyun poralar olgani aniqlangan. Xitoy qonuniga ko’ra, uni o’lim jazosiga mahkum qilganlar, keyin uni umrbod qamoq jazosiga almashtirdilar.
3. Daxshatli avariyalar yuz berib turadi
Xitoy tezkor poezdlari juda havfsiz, harakatlanishi shu qadar ohistaki, passajirlar makonda joylari o’zgarayotganini hattoki sezmaydilar. Lekin, aytish joizki, avariyalar bo’lib turadi. Bu poezdlar harakatlanadigan tezlikni hisobga olganda, siz hattoki qo’rqib ketishga ulgurmasligingizga ishongan yaxshiroq.
2011 yili Venchjou shahri yaqinida chaqmoq poezdni urib yuborgan va bu qisqa tutashuvga olib kelgan. Passajirlar omon qolganlar, lekin poezd to’xtab qolgan. Mashinist uni qayta yurgazmoqchi bo’lganida, poezd orqasidan katta tezlikda boshqa poezd urilgan. Viadukdan suvga tushib ketgan. Tez yordam voqea joyiga yetib borganida, 40 nafar odam o’lgan edi va 200 nafari jarohatlangan. Qutqaruv operasiyasi davomida o’lik tanalar poezddan pastga tushishda davom etayotgan edi. Bu esa, voqea guvohlariga daxshatli sur’atni gavdalantirgan.
Bu dunyoda sodir bo’lgan tezkor poezdning yagona halokati emas, bu borada Xitoy munosabatida adolatli bo’lish kerak. 2013 yili ispan poezdi relslardan 160 kilometr soat tezlikda chiqib ketgan, 80 nafar odam halok bo’lgan edi.
2. Ko’pchilik temir yo’l liniyalari zararga ishlaydilar
Yodingizda bo’lsa, biz yuqorida Xitoy sayyoramizdagi eng yuqori tezliklardan foydalanishini aytgan edik. Relslar yotqizilishi, yangi stansiyalar qurilishi, temir yo’l tizimiga yangi shaharlar qo’shilishiga qaramay, Xitoyda yuqori tezlik poezdlari, biz o’ylaganimizdek foyda keltiradigan emas. Faqat 6 ta liniya foyda keltiradi, qolganlari esa, zarar ko’radilar.
Olinadigan daromad qurilish narxini o’z ichiga olmaydi. Barcha daromadli marshrutlar mamlakatning sharqida joylashgan va yirik megapolislarni bir biri bilan bog’lab turadi. Ulardan eng daromadlilari bu Pekin va Shanxayni bog’lovchi liniyadir. Qolganlarchi? Pekin-Tyanszin liniyasi keskin arzonlashdi, lekin boshqalari moliyaviy qora teshiklardir. Guanchjou-Guychjou liniyasi yiliga 3 milliard yuan miqdorida foizlar to’lab berishi kerak. Shu bilan birga, bu summaning uchdan bir qismi biletlar sotilishiga to’g’ri keladi. Xozirda yotqizilgan 20 100 kilometr yo’llardan faqat 5 000 kilometri yoki yetarli darajada mablag’ keltiradi, yoki o’ziga ketgan xarajatlarni qoplash uchun mahalliy iqtisodiyotni stimullashtiradi.
Bu degani mamlakat katta miqdordagi qarz yukini ko’taradi. Bugungi kunda Xitoy temiy yo’l korporasiyasi (The China Railway Corporation) 4 trillion yuan qarz bo’lib qolgan. Bu esa, “Ekonomist” (The Economist) ning fikricha mamlakatning YIM sining 6 foizini tashkil qiladi. Baland bo’yli odamlar albatta, barcha qolganlarga tepadan qarash imkoniga egalar, lekin ular hayotida turli xil muammolar va turmush noqulayliklari bor bo’lib, ular haqida aksariyat odamlar hattoki o’ylanmaydilar ham!
1. Bunday tizim dunyoda boshqa xech qayerda ishlamaydi
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, Xitoy yuqori tezlik temir yo’llari qurilishi va ishlatilishining tajribasini ko’chirib olish istagi paydo bo’ladi. Agarda shunday bo’lsa, omadingizni bersin. Xitoy yuqori tezlik temir yo’llari tarmog’ining aql bovar qilmas g’oyasi faqatgina mamlakatning o’ziga hos xususiyatlari evaziga mumkin bo’ldi. Bu yutuqni dunyoning istalgan nuqtasida takrorlab ko’rishingiz mumkin, hoyna hoy siz tanazzulga uchraysiz.
Asosiy factor bo’lib tannarx chiqadi. Xozir Xitoy iqtisodiyoti boshidan bumni o’tkazmoqda. Shuning uchun davlat o’z yelkalariga zarar ko’rayotgan liniyalarni xarajatlarini va ularni ishchi holatida ushlab turish uchun ta’mirini ola oladi. Yana ta’kidlash lozim bo’lgan factor bu qurilish tannarxi. Jahon Banki (World Bank) ning baholashiga qaraganda, Xitoy kamida 23 million dollarni 1 kilometr yuqori tezlik temir yo’li qurish uchun sarf qiladi. Yevropada bu sonlar kamida 25 million dollarni tashkil etishi, yoki 39 million dollargacha yetishi ham mumkin. Agar shunga o’xshash biron nimani San-Fransisko va Los-Anjeles o’rtasida qurishga harakat qilsangiz, 56 million dollarga aylanadi. Farqini sezyapsizmi? Bir tomondan arzon Xitoy ishchi kuchi, ikkinchi tomondan arzon yer. Yevropa va AQSH da yer uchun siz uning haqiqiy narxini to’lashingiz kerak bo’ladi, Xitoyda esa, davlat kerak deb bilganining hammasini musodara qilib oladi.
Natijada boshqa mamlakatlar yuqori tezlik temir yo’llari dasturlarini yoki qisqartiradilar, yoki keying qoldiradilar. Biz Xitoy tezliklarida harakat qilishni orzu qilishimiz mumkin. Lekin, shilla qurt tezligida harakat qilishga majburmiz.
Сообщения из Facebook