просмотров
Soch parvarishida eng muhimi uni toza holda saqlashdir. Shampun, balzam va boshqavositalarni tanlashda, albatta, soch turi, holatini e’tiborga oling. Chayishda esa turli dorivor o’tlar damlamasidan foydalansangiz, yanada yaxshi. Bunda moychechak, gazanda o’t, yalpiz, dalachoy o’tlaridan foydalanish mumkin.
Shuningdek, limon, sirka (1 choy qoshig’i 1 litr suvga) qo’shilgan suvda chayish ham sochlaringizni jilvakor qiladi. Sochlarning ham yuz terisi kabi quruq, o’rta vayog’li turlariga bo’lish mumkin. Sochlarning quruqlashishiga biron kasallik,vitaminlar yetishmasligi yohud kimyoviy vositalardan ko’p foydalanish sabab bo’lishi mumkin. Quruq sochlar mo’rt, jilosiz, zaif bo’ladi.
Bundaysochlarni yanada quruqlashishiga olib keladigan muolajalar – bo’yash, rangsizlantirish, kimyoviy jingalak qilishdan kamroq foydalanish kerak. Agar soch uchlari «gullab» ketgan bo’lsa, vaqti – vaqti bilan kesib, biron o’simlikmoyi yoki tarkibida A vitamini bo’lgan krem surting.
Sochlarning yog’li bo’lishi yog’ bezlari funksiyasining me'yordan ortiq ishlashi bilan bog’liq. Bunda ko’p hollarda soch to’kilishi,qazg’oqlarning paydo bo’lishi kuzatiladi.
Soch yuvishda shampun o’rnida quyidagi tabiiy vositalardan foydalanish mumkin:
Qadimdan qo’llanib kelingan vosita – qatiq xaqiqatdan ham sochga juda foydalidir. U soch tolalarida o’ziga xos qobiq hosil qilib, uniturli zararli ta'sirlardan himoya qiladi, oziqlantiradi. Qatiq sochga 20 – 30 daqiqaga surtilib, so’ng shampun bilan yuviladi.
Tuxum ham soch yuvishda ajoyib vositadir. Uning tarkibida barcha foydali aminokislotalar mavjud. Ishlatishdan oldin ozgina iliq suvda ko’pirtirilib,sochga surtiladi.
Сообщения из Facebook