Xitoy superligasi jamoasi yaqinda o’z stadionini an’anaviy ko’k rangdan tillage bo’yadi. Bu, balkim, axmoqona tuyulishi mumkin, lekin sportsmenlarga baribir, axir bu ish berdiku.
O’tgan oyda, bir qator omadsizliklardan so’ng va to’rt oy ichida jamoa faqatgina bitta, o’z uyidagi matchni yutganidan keyin, “Guanchjou Fuli” o’z energetic ahvolini yaxshilash maqsadida, stadionni qaytadan bo’yashga noilojsiz qaror qabul qildi. Bundan ham ajablanarlisi, stadionni o’tgan yili yangilagan edilar. Uni ko’k rangga, klubning ranglariga moslashtirib bo’yagandilar.
Iyulning o’rtalarida butun stadion – poldan va o’rindiqlardan to devorlarigacha - oxir oqibat omad klubga kulib boqishiga umid qilib, tilla rangga bo’yab chiqilgan edi. Ishonasizmi yoli yo’qmi, lekin bu ro’y berdi. Uydagi arenasini yangilagandan so’ng, “Guanchjou Fuli”ning ishlari yurishib ketdi. Jamoa o’z maydonida beshta matchni ketma-ket yutidi va Superliga yetakchilarining uchligiga yaqinlashdi.
Jamoa fikriga ko’ra, aynan stadionning rangini o’zgartirish, uning o’ynashiga ta’sir qildi. “Ranglarni o’zgartirishdan so’ng, biz besh marta zafarga erishdik. Biz bu o’yinlarda yorqin va hujumkor futbolni namoyish qildik. Bizning uy stadionimizning tilla rangi anchayin yoqimli, aniq, endilikda uni o’zgartirish kerak emas”, - deb aytadi bosh murabbiy Dragan Stoykovich.
Сообщения из Facebook