Sayohatga chiqib turib biz, odatda, uyimizga esdalik uchun biror bir narsalar olib kelgimiz keladi, ular so’zsiz, biz borgan joylar haqida xotirani yangilab turadi. Barchamiz boshqacha bo’lishni xohlaymiz va o’zimiz bilan chindan ham arzigulik va noyob narsani olgimiz keladi, ammo ko’p hollarda biz bo’lmag’ur kichik do’konchalarda eng oddiy va didsiz suvenirlarni sotib olamiz.
15. Konservalangan tuman, Kaliforniya
San-Fransisko, Kaliforniya ikkita narsa bilan mashhur – taniqli Oltin Darvozalar ko’prigi (Golden Gate Bridge) va tuman. Agar siz konservalangan tumanni sotib olsangiz, sizda unisi ham, bunisi ham bo’ladi, ko’prik bankaning tashqi qismida chizilgan, tuman esa (taxminan) uning ichida.
14. Ikki qavatli avtobus modelchasi, Angliya
Dunyoga mashhur yodgorliklar, ya’ni Tauer ko’prigi (Tower Bridge), London Ko’zi (London Eye) yoki Bukingem saroyi (Buckingham Palace) dan tashqari Buyuk Britaniya poytaxti, har bir turist rasmga olishni xohlaydigan narsa – afsonaviy ikki qavatli avtobuslarga ega. Londonga tashrif buyurganda, bunday avtobusning kichik modelchasini sotib olishni unutmang.
13. Sigir bo’yni uchun suvenir qo’ng’iroqcha, Shveytsariya
Shveytsariya kichik mamlakat bo’lishiga qaramasdan, uni dunyoga tanittirgan bir nechta narsalar bor. Shveytsar harbiy pichog’i, shveytsar shokoladi, shveytsar soati – bu narsalar mamlakatga misli bilinmas obro’ni keltirdi. Ammo gap suvenirlar haqida ketganda, ya’ni, ulardan taniqlilik bo’yicha ustun turadigan narsa – sigir bo’yniga taqiladigan kichik dekorativ qo’ng’iroqchalar deb tan olinadi.
12. Dekorativ bosh suyaklari, Meksika
Agar siz Meksikaga tashrif buyurmoqchi bo’lsangiz, unda qo’rqinchli va chiroyli, rang-barang bosh suyaklaridan sotib olishni unutmang. Ular mamlakatdagi eng mashhur suvenirlardan biribir va ular mamlakat bo’ylab keng nishonlanadigan umumilliy meksikalik bayram O’lganlar Kuni (Day of the Dead) ni nishonlash ramzi.
11. Somon shlyapalar, Tailand
Oxirgi yillar ichida Tailand Osiyodagi yo’nalishlar ichida eng taniqli turistik yo’nalishga aylandi, va har yili millionlab turistlarni o’ziga jalb qilmoqda. Bu mamlakatdan estalik sifatida nimani olib kelsa ekan? Albatta, milliy somon shlyapasini.
10. Rashmor tog’idan yog’li lampa (Mount Rushmore), Janubiy Dakota
Janubiy Dakota yodgorliklar bilan to’la shtat hisoblanmaydi, biroq unda butun dunyoga mashhur bo’lgan narsa bor va shtat yashovchilari siz uni eslab qolishingiz uchun qo'llaridan kelgan ishni qilishadi. Agar siz bu joyga tashrif buyursangiz, Rashmor tog’I tasvirili biror-bir suvenirni, masalan, man abu kabi juda foydali yog’li lampani olishni unutmang.
9. Motsartkugel (Mozartkugel), Avstriya
Dunyodagi eng buyuk kompozitorlardan biri Volfgang Amadey Motsart (Wolfgang Amadeus Mozart) nomiga atab nomlangan Motsartkugel, mastsioan, nuga va qora shokoladdan qilingan konfet hisoblanadi. Bu shirin delikates turistlar Avstriya, Motsart poytaxtida sotib oladigan eng taniqli souvenirdir.
8. Bo’yalgan fil haykalchasi, Hindiston
Kichkina fillar timsolidagi suvenirlarni yig’adigan odamlar ko’p, biroq Hindistonda bu suvenir o’ta mashhurdir. Va bunga juda yaxshi sabab bor – Hindiston qirilib ketish payida turgan fillarning eng katta populyatsiyasi bo’yicha birinchi mamlakat hisoblanadi.
7. Toshli Malta kresti, Malta
Malta ijtimoiy bayrog’ining bir qismi bo’lgan Malta kresti, shuningdek, Maltaning eng muhim milliy belgilarigan biri sanaladi. Mahalliy souvenir do’konlari ularni turli ko’rinishda taklif qiladi, ammo ko’pincha u oq ohakdan qilinadi.
6. Vikinglar shohlari, Shvetsiya
Shvetsiya bu avvallari istihomat qilgan mamlakat, va bu o’rta asr jangchilari va dengiz suzuvchilari xotirasi hozirda ham bor. Shu uchun hech ham hayratlanarli emaski, vikinglar kiyib yurgan shohli shlemlar turistlar o’zlari bilan olib ketishni xohlaydigan eng mashhur suvenirlardan biridir.
Сообщения из Facebook