Qiziqarli dunyo: Butun dunyodan yig’ilgan eng mashhur suvenirlar
Qiziqarli dunyo: Butun dunyodan yig’ilgan eng mashhur suvenirlar
Sayohatga chiqib turib biz, odatda, uyimizga esdalik uchun biror bir narsalar olib kelgimiz keladi, ular so’zsiz, biz borgan joylar haqida xotirani yangilab turadi. Barchamiz boshqacha bo’lishni xohlaymiz va o’zimiz bilan chindan ham arzigulik va noyob narsani olgimiz keladi, ammo ko’p hollarda biz bo’lmag’ur kichik do’konchalarda eng oddiy va didsiz suvenirlarni sotib olamiz.
Biroq, boshqa tomondan, agar siz o’zingizga Eyfel minorali kichik brelokni olmasangiz, xuddi u yerda bo’lmagandek his qilasingiz o’zingizni. Quyida biz sizlarga butun dunyodan yig’ilgan 25 ta eng milliy suvenirlar haqida aytib beramiz.

24. Matryoshka, Rossiya

24. Matryoshka, Rossiya
Rossiyaning suvenirlaridan boshlay qolaylik. Matryoshka o’zidan bir-birini ichiga kiradigan, hajmi bilan kichrayadigan yog’och qo’g’irchoqlar to’plamidir. Bu suvenir shunchalik taniqli bo’ldiki, qo’g’richoq kelib chiqishi va mavzusi aslida ruslarga tegishli bo’lsada, boshqa mamlakatlarda ham sotiladigan bo’ldi.

23. Sumo jangchisi, Yaponiya

23. Sumo jangchisi, Yaponiya
Yaponiya ko’p narsalari bilan mashhur, ammo qandaydir sabab bilan, aynan yagona jangovar sport turi yoki qo’l bilan mushtlashish bu mamlakatning eng taniqli tematik suveniriga aylandi.

22. Chashka-drakula, Ruminiya

22. Chashka-drakula, Ruminiya
Ruminiya haqida gap ketganda, birinchi xayolga keladigan narsa bu vampir Drakula, va yana Vlad Kolosajatel nomi bilan mashhur predmetdir. Shuning uchun hayratlanarli emaski, barcha mahalliy do’konlar deyarli Drakula mavzusi, va shu kabi g’alati vampir chashkasi bilan to’lgan.

21. Buyuk Xitoy devorili termometr, Xitoy

21. Buyuk Xitoy devorili termometr, Xitoy
Bunday suvenir bilan siz ikki quyonni bir o’q bilan otib bilasiz. Odamlarga o’z sayohatlaringiz haqida so’zlab bering, va bir vaqtning o’zida mazkur joyning haroratidan xabardor bo’ling.

20. Butilkalar uchun ochish uskunasi, Vatikan

20. Butilkalar uchun ochish uskunasi, Vatikan
Hammamiz bilamizki, Vatikan Janobi Oliylarining rezidensiyasi hisoblanadi, va siz Rim ichida joylashgan, dunyodagi eng kichik mustaqil mamlaktga tashrif buyurganingizda, siz buni umrbod esda saqlab qolasiz. Papa Rimskiyning portretlarini hamma joyda ko’rish mumkin. Hatto shu kabi odmi predmetlar, ya’ni butilkalar uchun ochish uskunasida ham uchratish mumkin.

19. Fir’avn haykalchasi, Misr

19. Fir’avn haykalchasi, Misr
Piramidalar, sfinks, tuyalar va … fir’avnlar. Misrdan ushbu haykalchalardan birortasini sotib olmasdan qaytishning hech ham iloji yo’q.

18. Masihning haykalchasi, Braziliya

18. Masihning haykalchasi, Braziliya
Rio-de-Janeyroga qarab turuvchi, 30 metrlik Masihning haykalchasi bu shahaning, va balkim butun mamlakatning eng afsonaviy yodgorligi hisoblanadi. Hayratlanarli emaski, u har xil shaklda, hajmda va turlicha xom-shyodan tayyorlangan bo’lishi mumkin. Bu kabi haykalchalar butun Rio-de-Janeyro bo’ylab barcha suvenir do’konlarida sotiladi.

17. Golem haykalchasi, Chexiya

17. Golem haykalchasi, Chexiya
Chexiyalik sumo jangchisini eslatadigan narsa, aslida Golem, ya’ni afsonaviy antropomorf jism haykalchasidir, u hikoyalarga ko’ra, XVI asrda Pragada ravvin tomonidan yaratilgan. Bu haykalchalar chexiyadagi eng taniqli suvenirlaridan biri hisoblanadi.

16. Eyfel minorasi brelogi, Fransiya

16. Eyfel minorasi brelogi, Fransiya
Biror bir ro’yxat, dunyodagi eng asosiy suvenir, Eyfel minorasi brelogisiz to’liq sanalmaydi. Bu brelok, kalitlaringizdan osilib turib, hammaga siz Parijda bo’lganingizni ko’rsatadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook