Suv elementining hususiyatlari haqida odamzot juda kam biladi, foiz miqdorida ocean tubi atigi 3-5 % o’rganilgan. Dunyo okeanida sinoatlar son sanoqsiz ko’p. U ularni asta sekin, istar-istamas ochmoqda. Lekin, ba’zilari bilan o’rtoqlashishga rozi bo’ldi.
Suv osti sharsharasini eslatuvchi effektni Le-Morn-Braban (Mavrikiy davlati) yarimorili qirg’oqlari yaqinida tomosha qilish mumkin. U yerda kuchli oqimlar o’tadi, suv, korallarga to’la notekkis yerlardan, olib keladigan oqim qum va loyqalarning o’ramalarini yuzaga keltiradi. Suv oqimlari kaskad bo’lib suv tagidan oqib otadilar va suv osti sharsharasi yaratadi degan taasurot tug’diradi.
Hind okeanida dengizchilar yuz yillardan beri, uning ma’lum joylarida suv ko’k tangdagi yog’duga ega ekanligini ko’rganlar. Bu fenomen barcha dengizchilarni o’ziga tortgan. Faqtgina yaqinda, 2005 yili yog’du siri yechilgan edi. Yog’dulanayotgan sut effektini suvlarga biolyuminissent hususiyatlarga ega bo’lgan bakteriyalar berar ekan. Ular dengiz mavjudotlarini o’ziga chaqirish uchun “yonar” ekanlar.
Oregon shtatida ocean qirg’og’ida sirli voronka mavjud bo’lib, uni “yer osti dunyosi eshiklari” deb ataydilar. Suv ko’tarilishi vaqtida botiqqa suv quyiladi va tubiga yetganda 6 metr balandlikka qalqib chiqadi. “Quduq” qanday paydo bo’lganini olimlar hali ham bilmaydilar. Unga hali xech kim tushmagan. Taxminlarga ko’ra, voronka suv osti okeanik g’orlar bilan bog’liq.
Ba’zan, yomg’irlar mavsumida, dengiz va okeanlarning qirg’oq oldi suvlari qizil bo’lib qoladi. “Qizil suv ko’payishi” qo’ng’ir suv o’tlarining massali keskin ko’payib ketishi natijasida vujudga keladi. Bu biomassa barcha kislorodni yutadi va suvni hayot uchun to’g’ri kelmaydigan qiladi.
Syurrealistik muz gullarni Shimoliy Muz okeanida ko’rish mumkin. Ular suv ustidagi havo quruq bo’lib qoliganida va unung harorati suv yuzasidagidab ko’ra pastroq bo’lganida “ochiladilar”. Okeanik gullar maysazori ko’z oldingizda paydo bo’lishi mumkin va bir soniyada gullar diametrida 8-10 santimetr o’sib chiqadi.
Burmud uchburchagi Atlantika okeanida joylashgan. Tinch okeanida esa, uning analogi mavjud. Miyakedzima oroli yonidagi joyni Ajdar uchburchagi deb ataydilar, u ko’pincha juda kuchli bo’ron va dovullarga uchraydi. U dovullar yo’q joydan birdaniga paydo bo’ladilar. Bu regionda na baliqlar, na qushlar yashamaydilar, baliqchilar esa, unga yaqinlashmaslikka harakat qiladilar. Nima uchun Bermud uchburchagidan hamma qo’rqishining ko’p sabablari mavjud, lekin bu boshqa mavzu.
Boltiq va Shimoliy dengizlarning uchrashuvida Galoklin – aniq chegara vujudga keladi. Bu hodisani Jak Iv Kusto shunday nomlagan edi. Hodisa ularning suvlarining turli xil “strukturalari” bilan bog’liq: harorati, zichligi, tuzlilik darajasi. Bunday hodisani Daniyada kuzatish mumkin.
Ba’zi okeanik suvlarda ilonlar yashaydilar – sharoitlarning kesishuvi natijasida suv osti bo’lib qolganlar. Avvallari ular yerda yashaydigan mavjudotlar bo’lganlar. Keyin, noma’lum sabablarga ko’ra suvga o’tib olganlar va u yerda o’z qurbonlarini ovlaydilar. Ilonlar terisi orqali kislorodni suvdan singdirib olib nafas ola oladilar. Suv ostida bir necha soat davomida bo’lgandan keyin, ular suv yuzasiga nafas olish uchun chiqadilar.
Bahaybat, katta kuchli suv o’ramalari tor bo’g’ozlarga hos hodisa bo’lib, ular uchun suv ko’payishi va kamayishi tabiatlari xarakterlidir. Bu jarayonlarning cho’qqilarida turli yo’nalishlarning suvlari to’qnashadi va voronkalar (o’ramalar) paydo qiladilar. Ular kemalar halokatlari joylari bo’lishlari mumkin.
Drayverlar ba’zan olovtana, yoki ilmiy tilda - pirosomalar kabi suv osti mavjudotlari bilan to’qnash kelishga muvaffaq bo’ladilar. Bu ko’plab mayda mavjudotlarning yig’ilishi bo’lib, ular birlashib kitning o’lchamlariga yetishlari mumkin.
Сообщения из Facebook