Bugungi kunda odamni oddiy lift bilan lol qoldirib bo’lmaydi. Aynan shu sababli, butun dunyo dizaynerlari tafakkurni lol qoldiruvchi noyob liftlarni yaratishga harakat qilishadi. Quyida butun dunyodan yig’ilgan eng noodatiy liftlarni ko’rishingiz mumkin.
1. AquaDom akvariumidagi yo’lovchi lifti, Germaniya
Germaniya, Berlindagi AquaDom ichida lift bilan jihozlangan, akril shishasidan yasalgan silindrsimon akvariumni tashkil qiladi. U Mit tumanidagi Radisson SAS Hotel mehmonxonasida joylashgan.
Akvarium diametri 11 metrdan ortiq, lift esa 25-metrli qurilmaning qoq o’rtasida joylashgan. AquaDom 900 000 litr dengiz suvi bilan to’ldirilgan, va u yerda 50 ta xildagi 1500 dan ortiq baliqlar suzib yuradi. Akvarium yashovchilarini oziqlantirish uchun kuniga 8 kilogram yemak va 3-4 ta drayver kerak bo’ladi.
2. Folkerk g’ildiragi kema ko’targichi, Shotlandiya
Folkerk g’ildiragi Yunion va Fort-Klayd kanallari orasida kemalarni tashib o’tishda yordam beradi. Shotlandiya yaqinidagi shaharcha nomiga atab nomlangan bu joy 2002 yilda ochilgan, va dunyodagi yagona aylanma kema ko’targichi hisoblanadi.
Ikkita kanallar orasidagi balandlik 24 metrni tashkil qiladi va bu 8 qavatli bino bilan teng. G’ildirakning qarama-qarshi tomonlarida kessonlar bor – bu g’ildirakning o’zidek, ammo qarama-qarshi yo’nalishda, bir xil tezlikda aylanayotgan kemalar suzib boradigan, suv bilan to’ldirilgan chuqurliklardir. G’ildirak kemani yuqoridan pastga tushirib, 180 gradusga aylanadi, va bu nir necha daqiqani oladi.
3. Skyview ko’tarma lifti, Shvetsiya
SkyView - Shvetsiya poytaxti Stokgolmdagi Globen Arenaning janubiy qismida joylashgan, dunyodagi eng katta sfera tuzilishga ega bo'lgan gondol liftidir.
Globen-Arena diametri 110 metr va balandligi 85 metr bo'lgan katta oq to'p shaklida ishlab chiqilgan. 100 metr uzunlikdagi lift binoning yuqori qismiga tashrif buyuruvchilarni chiqaradi va shaharning unutilmas ko'rinishini in’om etadigan ikkita sferik kabinani o'z ichiga oladi.
4. Eng baland ochiq lift Xammetshvand, Shveytsariya
Xammetshvand (Hammetschwand) lifti - Shveytsariyada joylashgan Evropaning eng yuqori tashqi liftidir. U Lyutsern ko'liga manzara ochiladigan, Burgenshtok (Bürgenstock) tepaligidagi diqqatga sazovor joylar bilan ajoyib toshli yo'lni birlashtiradi.
Lift yo'lovchilarni bir daqiqa ichida Xammetshvand (Hammetschwand) tepaligiga 153 metr balandlikka ko'taradi. U 1903 yilda qurilgan va 1935 yilda yangilangan. Bundan tashqari, ushbu liftda Agent 007 Jeyms Bond "Goldfinger" filmini suratga olish paytida ko'tarilgan.
5. Eng baland tezkor lift Baylong, Xitoy
Baylong, shuningdek, "100 ta ajdarho lifti" deb ataladi, va bu Chjantzyatze tog'ining burchagiga qurilgan, balandligi 330 metr bo'lgan katta shisha liftdir.
Bu dunyodagi eng baland va eng og'ir tashqi lift hisoblanadi. U 2002 yilda ochilgan va o’z ichiga 50 kishini sig’diradi yoki soatiga 1380 bo'lgan masofani o’taydi. Lift, tepalikka ko'tarilish vaqtini bir daqiqaga qadar qisqartiradi va qumtosh ustunlarining ajoyib ko'rinishlarini ochadi.
Сообщения из Facebook