Bugungi kunda odamni oddiy lift bilan lol qoldirib bo’lmaydi. Aynan shu sababli, butun dunyo dizaynerlari tafakkurni lol qoldiruvchi noyob liftlarni yaratishga harakat qilishadi. Quyida butun dunyodan yig’ilgan eng noodatiy liftlarni ko’rishingiz mumkin.
6. G’arb Darvozalaridagi panoramali ko’rinish, AQSH
Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrining ajoyib manzaralaridan biri "G'arb Darvozalari" yodgorligidir. Arkaning tepasiga chiqish uchun yo'lovchilar beshta o'ringa mo'ljallangan tuxum shaklidagi kabinaga kiradilar. Kerakli darajani saqlab turuvchi, davriy ravishda har 5 gradusga aylanib turadigan, bu kabi 8ta kabinlardan tarkib topgan bu qurilma yo'lovchilarni kuzatish maydoni joylashgan, bukilgan arkaning tepasiga olib chiqadi.
To’liq yuqoriga safar taxminan 4 daqiqa, pastga esa uch daqiqa davom etadi. Kabinalarning eshiklarida tor shisha panel mavjud bo'lib, u sayyohlarga arkaning tuzilishiga qarab bahra olishga imkon beradi.
7. Elevador-di-Santa-Jushta ko’tarma lifti, Portugaliya
Elevador-di-Santa-Jushta yoki uning boshqacha nomlanishi Lift du Karmu Lissabonda joylashgan bo’lib, Baysha (Baixa) tumanidagi pastki ko’chani va Largu-du-Karmu (Largo do Carmo) ning ustki maydonini bog’lab turadi.
1901 yildan qurilgan bo’lib, lift portugal poytaxtining sayyohlik yodgorligiga aylanib, shahardagi yagona vertikal liftni sifatida saqlanib qoldi. Yuqori qavatda kiosk va shaharning panoramali ko'rinishini ochib beradigan maydon mavjud. Neogotik uslubda ishlab chiqarilgan lift balandligi 45 metrni tashkil etadi. Har bir kabina 20-25 kishini sig’dira olishi mumkin.
8. Laserda lifti, Braziliya
Laserda lifti Braziliyadagi Baia shtatining Salvador shahrida joylashgan. Lift, Quyi shaharni (Cidade Baixa) Yuqori (Cidade Alta) shahar bilan bog’lab, 30.000 dan ortiq yo'lovchilarni tashiydi.
Liftda ko’tarilish atigi 5 sentavo turadi va 30 soniya ichida ko’tariladi, va lift balandligi esa 72 metrni tashkil qiladi. Lissabondagi lift singari, bu ajoyib qurilma odamlarni shaharning bir darajasidan boshqasiga ko'chiradi, shuningdek, bo’g’iz qirg’og’iga ajoyib ko'rinishini ochib beradi.
9. Taybeydagi eng tezkor lift 101, Tayvan
Dunyoning eng tezkor lift mashhur Taybey 101 osmono’par binosida o'rnatilgan. Taybey 101 o’zidan 101 qavatli, 509 metr balandlikdagi, ichida 67 ta lifti bor, shu jumladan, 37 soniyada 5-dan 89-chi qavatga ko'tariladigan ikkita liftga ega.
Liftlar Yaponiyaning Yokohama minorasi bo'ylab 12,5 m/s tezlikda ko’tariladigan sobir chempionni ortda qoldirib, hozirda bir soniyada 16,8 metr tezlikda ko'tariladi.
10. Luvrdagi gidravlik lift
Ko'pchilik biladiki, tarixdagi eng buyuk san'at asarlari saqlanayotgan Luvr muzeyida dunyodagi eng zamonaviy va futuristik liftlardan biri joylashgan. Tepasi ochiq va gidrotexnika bilan jihozlangan bu lift asta-sekin va sezilmas darajada pastdan o’sib borayotgandek muzeyga tashrif buyuruvchilarni ko’taradi va tushiradi.
11. Skay Tauerdagi eng qo’rqinchli lift, Yangi Zelandiya
Yangi Zelandiyadagi Oukland radiokanalida joylashgan bu lift, balandlikdan qo'rqmaydiganlarga mo'ljallangan. Tagi shishadan qilingan liftlarning har biri har 15 daqiqada, balandligi 328 metrni tashkil qiladigan 70-qavatli binoning tepasiga ko’taradi. Lift soatiga 18 km tezlikda harakat qiladi va safarning o’zi esa 40 soniya davom etadi. Hayajonli hissiyotlarni xush ko’radigan muxlislar uchun tez ko’tarilib tushadigan lift ko'rinishi unutilmas bo'ladi.
Сообщения из Facebook