Katta boylikka ega bo’lgan insonlar buyumlarning narxlariga qarab o’tirmaydilar. Ular hashamat va dabdabaga o’rganib qolganlar, bu narsa ularning moliyaviy tomondan komilliklari hamda jamiyatdagi o’rinlarini bildirib turadi. Bizning bugungi maqolamizda faqatgina o’ziga toq’ odamlargina yetisha oladigan dunyodagi 30 ta eng qimmatbaho buyumlar haqida so’z boradi. Marhamat tanishing.
1.Manxettendagi mashina turar joyi (parkovka)
Narxi: $1 million dollar. Manxetten shahrining markazidagi 11- ko’chada joylashgan.
2. Rafaelning “Ilhom parisi” kartinasi
Narxi: $ 47,9 million dollar. Taniqli rassomning qalam eskizi.
3. “Insure.com” – domen nomi
Narxi: $19 million dollar. Dunyodago eng qimmat domen nomi – “Insure.com” 2009 yilda “QuinStreet” kompaniyasiga sotilgan va Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritilgan.
4.Oltin iPhone 6
Narxi: $ 48 million dollar. Ushbu telefon buyurtma asosida ishlab chiqarilgan bo’lib, telefonning usti oltin va platina bilan qoplangan hamda brilliantlar bilan jihozlangan.
5.Demien Xerstdan ”Spin Jin”
Narxi: 27 ming dollar dollar. Mashhur rassom Demien Xerst tomonidan ishlab chiqarilgan jinsi shimlari. Bu shimdagi Levi to’g’ri chiziqlari 3D xususiyatini beradi.
6.Yo’qolib ketgan Huia qushining pati
Bahosi: 8 ming dollar. Yo’qolib ketgan qushning yagona pati Yangi Zelandiyadagi auktsionda sotilgan.
7. “History Supreme” yaxtasi
Bahosi: 4,8 milliard dollar. Bu yaxtaning qurilishiga 100 ming kg oltin sarflangan va dinozavrlarning suyaklari hamda kichkinagina meteoritlar bilan bezatilgan.
8. “Chopard Blue Diamond” uzugi
Bahosi: 16,26 million dollar. Oq oltindan yasalgan bu uzuk oval shakldagi noyob moviy brilliant tosh bulan bezatilgan.
9. Haykal: L’Homme qui Marche (Yurayotgan odam)
Bahosi: 104 million dollar. Alberto Jakometti – tarixda sotilgan haykallarning eng qimmati.
10. “Rhein II” fotosurati
Bahosi: 4 million dollar. Bu fotosurat 1999 yilda nemis fotorassomi tomonidan suratga oilingan.
11.Mumbaydagi “Antilla” uyi
Narxi: 2 milliard dollar. Mumbay shahrining markazida afsonaviy Antilliya Atlantik orolining nomi bilan nomlangan uy joylashgan.
12. “№5” kartinasi
Bahosi: 140 million dollar. Bu surat 1950 yilda rassom Pollok Jekson tomonidan chizilgan.
Bahosi: 2 million dollar.Bu kolonkalar 500 Vattli 12 ta dinamika, ikkita quvvat ko’targich, to’rtta 15 dyuymli sabvuferga ega. Ular samolyot tayyorlanadigan po’latdan tayyorlangan, og’irligi 5 tonnadan ortiqroqdir.
14. 1907 yilda tayyorlangan Heidsieck Monopole shampan vinosi
Bahosi: 25 ming dollar. 90-yillarning oxirida qidiruv komandasi g’arq bo’lgan kemaga duch kelgan. Bu kemada 2 ming shisha shunday shampan vinosi topilgan.
15. Chopard kompaniyasining “Haute Joaillerie” soati
Bahosi: 25 million dollar. Bu soatning usti butunlay brilliant bilan qoplangan bo’lib, ularning orasidan kichkinagina tsiferblat ko’rinib turadi.
16.Dodge Tomahawk V10 Superbike mototsikli
Narxi: 700 ming dollar. To’rt g’ildirakli supermototsikl V simon o’n tsilindrli dvigatelga ega. Bu dvigatel mashhur Amerika sportkari Dodge Viperga tegishli bo’lib, 500 ot kuchiga hamda 8,3 litr hajmga egadir.
17. “Qora ajdarho” nomli Gurha sigaralari
Narxi: korobkasi – 1,150 dollar. Bu baquvvat sigaralar o’ziga yarasha ta’mga ega va hushbo’y hid taratadi.
18. “Katta kristall” fortepyanosi
Bahosi: 3,22 million dollar. The Heintzman Piano kompaniyasiga tegishli bo’lgan “Katta Kristall” pianinosi atayin Olimpiada o’yinlarining ochilish marosimiga atab yasalgan.
19.Prestige HD Supreme Roze Edition televizori
Bahosi: 2,3 million dollar. Bu televizor 55 dyuymmli ekranga ega bo’lib, hoshiyali ramkasi 28 kg 18 karatli pushtirang oltindan yasalgan hamda 72 ta dumaloq brilliant, ametist va qimmatbaho quyoshli toshlar bilan bezatilgan.
20. Jenevadagi President Wilson otelidagi qirol saroyidaek hashamatli pentxaus-syut
Narxi: 1 kechaga – 65 ming dollar. Mehmonxonaning bu nomeri 10 ta xona va 7 ta uxlash xonasidan iboratdir. U o’q o’tmas oynalar hamda 6 sm qalinlikdagi kirish eshigi bilan jihozlangan.
21. Tokiyodagi uylar
Narxi: har bir km uchun 1,200 dollar. Yashash uchun eng qimmat turar joy binolari Yaponiyada joylshgan.
22.Susse Freres kamerasi
Bahosi: 775 ming dollar. 1893 yilda Lui Dager tomonidan loyihalashtirilgan eng qadimgi va eng qimmat kamera.
23.1962 yilda ishlab ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GTO avtomobili
Narxi: 35 million dollar. 250 GTO rusumidagi avtomobildan Ferrari kompaniyasi hammasi bo’lib 39 ta nusxada ishlab chiqargan, ulardan ko’p qismi boy odamlarning shaxsiy kollektsiyasidan joy olgan.
24. Le Burger Extravagant gamburgeri
Narxi: 295 dollar. Bu burgerning tarkibi vagu nomli yapon marmar mol go’shti, oq tryufel yog’i, chedder pishlog’i, qora tryufel va qovurilgan bedana go’shtidan iborat bo’lib, u brilliant toshlar bilan bezatilgan tilla tish kavlagich bilan birga tortiladi.
25. Charles Hollander shaxmatlar to’plami
Narxi: 9,8 million dollar. Bu to’plamdagi shaxmat donachalari oltin, platina, brilliant, olmoslar, rubinlar, sapfir hamda marvaridlar bilan bezatilgan.
26.Timsoh terisidan tayyorlangan soyabon
Bahosi: 5 ming dollar. Bu soyabon Billionare brendi tomonidan timsohning suv otkazmas terisidan tayyorlangan.
27, “”1001 Nights Diamond Purse” sumkachasi
Bahosi: 3,8 million dollar. Bu sumkacha yurakcha shaklida bo’lib, jami og’irligi 381,9 karat bo’lgan 4517 ta brilliant toshlari bilan bezatilgan.
28. Styuart Xyudjes karavati
Bahosi: 6,3 million dollar. Bu karavat eng oily navli shumtol (yasen) va olcha daraxtlarining yog’ochlaridan tayyorlangan hamda 24 karatli oltin va boshqa qimmarbaho toshlar bilan bezatilgan.
29.Electrolux changyutgichlari
Bahosi: 20 ming dollar. Bu 3730 ta Swarovski kristallari bilan bezatilgan changyutgich Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritilgan.
La Bannote navli kartoshka
Narxi: 1 kilogrammi – 500 dollar. Bu kartoshkaning eng qimmat navi hisoblanadi.
Сообщения из Facebook