Qiziqarli dunyo: jasur odamlar bu 29 ta sur'atlar uchun o'z jonlarini havf ostiga qo'yganlar
Bu kaskaderlar emas va fotoshop ham emas, balki instagramdagi layklar uchun hayotini havf ostiga qo'yishga tayyor bo'lgan oddiy odamlar.

Odam.uz siz uchun eng ekstremal instagrammerlarning 12 talik yig'masini terdi. Ularning sur'atlari temir asabli odamlarni ham befarq qoldirmaydi. 

Angela Nikolau

Nazokatli Angela Nikolau har qanday adrenalinchiga o'zi sur'at uchun tanlaydigan joylarning ajoyibligi va layklarning miqdori bilan fora bera oladi. 

Kommentlarsiz... Bitta savol: qanday?! Qanday qilib odamlar bundayinga jur'at qiladilar? 

Vika Odinsova

Rossiyalik model Vika Odinsova o'zining instagramdagi 4 millionlik obunachilar armiyasini o'zi Dubaydagi osmono'par binodan osilib turgan videosi bilan hayratda qoldirdi. 

Aytgandek, sohibjamolning yagona sug'urtasi - kuchli qo'l - undanda kam bo'lmagan, balki ko'proq ham ekstremal Oleg Kriket (u ham Oleg Shestyachenko). Bu yigit faqatgina osmono'par binolar tomlaridan osilibgina qolmay, balki u yerda butun boshli akrabatik tryuklarni ijro qiladi va shubhasiz, bizning ro'yxatimizdan alohida joyga loyiq. 

Oleg Kriket

O'zining o'lim bilan teng, havfli chiqichlarida Oleg gidroskuterlar, velosipedlar va shunga o'xshash narsalarni ishlatadi. Oddiy odamlarga bularda oddiygina uchishi uchun balans va muvozanatning ustaligini ko'rsatishga to'g'ri keladi. 

Garri Gallaxer

19 yoshlik Garri Gallaxer (Harry Gallagher) Londondagi balandligi bo'yicha ikkinchi bino, One Canada Squareda - yerdan 244 metr balandda - devordagi bo'rtib turgan joyni bitta qo'li bilan ushlab turibdi. 

Bu yigitchaning jasurligi va muvozanatiga faqatgina havas qilsa arziydi. 

Djeyms Kingston

Osmono'par binolarni qurilish kranlari va turli xil megabaland konstruksiyalarning zabt etuvchilaridan yana biri.

Asosiysi pastga qaramaslik... 

Djek Morris

Mashxur instasayohatchi Djek Morris (Jack Morris) ham chiroyli kadr uchun ba'zan hayotini havf ostiga qo'yadi. 

Ba'zan bir o'zi emas, balki uni sayohatlarda birga bo'ladigan sohibjamol sariq sochli ayol bilan birgalikda. 

Reychel Bruk Smit

O'tkir hissiyotlarning yana bir shinavandasi Reychel Bruk Smit (Rachele Brooke Smith) Nyu-Yorkning osmono'par binosi tomining chetkasida yoga bilan shug'ullanmoqda. 

Tiago Korrea

Instagramdagi mashxur ekstremal Tiago Korrea (Thiago Correa) foto uchun yerdagi eng havfli (asosan baland) joylarni tanlaydi. Masalan, dunyodagi eng baland qoya Rio-de-Janeyrodagi Pedra-da-Gavea, dengiz sathidan 842 metr balandlikda. 

Yoki Norvegiyadagi Toshli chiqiq joy Troll tili (norv. Trolltunga), Ringedalsvatn ko'lidan 700 metr balandlikda turadi. 

Vitaliy Raskalov

Rossiyaning bosh ruferlaridan biri. "Moskva-Siti" osmono'par binosi va MDU ning asosiy binosi yulduziga ko'tarilgan. 

Viyaliy dunyo bo'ylab ko'p sayohat qiladi - Xitoy, Amerika... Lekin bunday rakurslardan tanish peyzajlarni tanishingiz amrimahol, hattoki Nyu-York yoki Gonkongda ko'p marotaba bo'lgan bo'lsangiz ham. 

Daniel' Lau

Yana bitta balandlikni shinavandasi. Daniel' Lau (Daniel Lau) Gonkongda istiqomat qiladi va o'z ekstrim-foto kolleksiyasini bu yorqin shaharning eng baland nuqtalaridan yangi sur'atlar bilan doimiy ravishda to'ldirib boradi. 

Dam olish kunlarini yigitcha o'zi kabi aqldan ozganlar davrasida o'tkazadi. Do'sting kimligini ayt va...

Pavel Ushives

Kievlik yosh yigit dunyo bo'ylab ko'p sayohat qiladi. Ehtimol faqat bitta maqsad bilan - o'zining obunachilarining va albatta, o'zining ham asablarini qitiqlash uchun. 

Ekstremalning sahifasida eng aql bovar qilmas sur'atni tanlash qiyin. Tayyor turing! Yaxshi vistyubulyar apparat sizga lentani ko'rib chiqishning o'zigagina kerak bo'ladi. 

Aleksandr Remnev

Bu instagramchiga super qahramon karyerasi haqida o'ylab ko'rish kerak. U balandlikdan qo'rqmasligi aniq. 

Ekstremaldan tashqari Aleksandrning instagramda sayyoramizning turli burchaklaridan juda ko'p qiyqiriq sur'atlar ham bor. 

Ko'rganlaringizni qaytara ko'rmang. 

Aytganday, sayyoramiz haqida: dunyoda hali ko'p joylar borki, ular o'ziga chiroyli sur'at uchun hamma narsaga tayyor bo'lgan adrenalin narkomanlarini magnit kabi tortadi. 

K'eragbolten (Kjeragbolten), yoki Norvegiyadagi va hatto butun dunyodagi eng havfli tosh. Katta tosh ikki qoya o'rtasida, 1084 metr balandlikda siqilib turadi. 

Rio-de-Janeyro (Braziliya) dagi - Iso payg'ambarning Korkovadu tog'i tepasidagi haykali. Har yili unga 2 millionga yaqin sayyohlar tashrif etadilar, ba'zilari mana bunday sur'atlar uchun...

Avstraliyadagi To'y torti tog'i (Wedding Cake Rock) jasur instagrammerlada olimlarning uning har qanday onda qulab tushishi mumkinligining ogohlantirishiga qaramay, talabi katta. Turistlarning to'dasi bunga tushunganingizdek, faqat yordam beradilar. 

Boshqa ishonchsiz qoya Kaliforniyadagi (AQSH) Kartofel chipsi (Potato Chip Rock) bo'lib, super sur'at ortidan quvuvchilar o'z asablarini qitiqlash yo'lida mashxur. Tog'ning shuxrati uchun aytish joizki, u hali ham birorta darz bermagan. 

Adrenalinli fotolar uchun yana bir yaxshi joy - Yosemitsk milliy bog'i, aniqrog'i Taft Point. Dengiz sathidan 2 287 metr balandlikda bo'lib, kamida instagramda huddi shuncha layklarga loyiq. 

Gigant tik qoyalik balandligi 604 metr bo'lib, u Prekestulen (norv. Preikestolen) dir. Bu yerda sur'atga tushishdan o'zini tutib turish, Norvegiya tilida uning nomini aytishdek qiyin. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations