Bu monolit granit shar Hindistonning Maxabalipuramada joylashgan bo'lib, balandligi 7 metrdan ortiqdir. Sharning eni deyarli uning bo'yi bilan teng, shu sababli u ba'zi nuqtalardan qaraganda sferik bo'lib ko'rinadi, lekin aslini olganda u ideal sfera emas.
Bu sirli diqqatga sazovor joy Krishnaning moyli shari nomi ostida mashxur, lekin uning haqiqiy nomi " Vaanirai Kal". Valun 250 tonnadan ortiq vaznga ega va mi'jizaviy ravishda tepalikning sirpanchiq yuzasida muvozanat ushlab turadi. Yanada ajablanarlisi, bu tosh joyida 1200 yildan buyon turibdi.
1908 yilda usha vaqtdagi Madras gubernatori Artur Loli valunni atrofdagi qo'shni uylar uchun juda ham havfli deb hisoblagan va olib tashlamoqchi bo'lgan edi. Moyli Sharni surish uchun ettita fil jalb qilingan edi. Lekin hammaning ta'jubiga ular toshni siljita olishmadi va masala aniq bo'lmagan muddatga qoldirilgan edi.
Gigant valun tepalik ustida qotib qolgandek, lekin buning sababini xech kim bilmaydi. Bahaybat valun yerga muzlab qolgandek, lekin mahalliy afsonaga ko’ra boshqa rivoyat bor. Indus mifologiyasiga ko’ra buyuk iloh Krishna bola bo’lgan vaqtda u moyni yaxshi ko’rgan ekan. Shu sababdan gigan toshno samodan iloh tushurib yuborgan moy shariga qiyoslashadi.
Toshning antiqa muvozanatlashgan pozisiyasini hisobga olgan holda mahalliy bolalar tepalikni sirpanchiq tepalik sifatida foydalanadilar. Bugungi kunda Krishnaning Shari – Hindistonning mashxur diqqatga sazovor joyi. Sayyohlar toshni joyidan pastga siljitish uchun harakatlarini xursandchilik bilan amalga oshiradilar. Xozirgacha xech qanday insonning kuchi moy valunni joyidan siljitishga qodir emas.
Maxabalipuram – qadimiy tarixiy shahar, u Periplus (eramizning 1-asri) va Ptolemey (140 yil) davrida juda govjum dengiz porti bo’lgan edi. Qadimgi hind savdogarlari Janubi-G’arbiy Osiyo mamlakatlariga Maxabalipurama dengiz portidan jo’nashar edi. Bugungi Maxabalipuram – faqatgina sayyohlar shahri va Chennaining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir. Odamlar bu joyni ajoyib tog’ haykallari, ibodatxonalar, ziyoratgohlar, g’orlar, gigant “Gangning Tushishi” va Shiva ilohining minglab haykallari bor ibodatxonaga tashrif etish uchun ziyorat qiladilar. Maxabalipuram – YUNESKO ning umumjahon me’rosining muhim ob’ekti.
Сообщения из Facebook