Jismoniy aktivliksiz yashash mumkin emas ekanini hamma tushunadi. Me’yoriy yuklamalar sog’liqqa faqat foyda keltiradi. Bugun sizga jahonning 5 ta antiqa sport bo’yicha rekordlar haqida gapirib bermoqchi edik.
5-o’rin: Kori Lou
Basketbol shoularida ixtisoslashuvchi shou-jamoaning o’yinchisi basketbol halqasiga to’pni 25 metrlik masofadan, unga orqasi bilan turgan holda tushurdi, hamda shu bilan yangi jahon rekordini o’rnatdi. Avvalgisi 21 metrni tashkil etgan edi. Uning ikki jamoadoshlari ham bir soat davomida to’pni halqaga tushurishga harakat qilganlar. Lekin buning uddasidan faqat Kori chiqdi. Avvalroq u to’pni halqaga yuzi bilan turib 33.5 metr masofadan tushurgan edi.
4-o’rin: Djonni Salo
Amerikalik Djonni Salo 1929 yili record o’rnatgan, unda u atigi 79 kun ichida 5898 kilometr masofani bosib o’tgan. Djonni Saloning o’rtacha tezligi taxminan 11 kilometr soatni tashkil etgan. Marafon 31 mart kuni boshlanib, 17 iyunda Djonni Salo birinchi bo’lib finish marrasini kesib o’tgan. Hammasi bo’lib u 525 soat 57 minut va 20 sekund yugurgan. Hali hamon uning rekordini xech kim ura olmadi.
3-o’rin: Xidekichi Miyadzaki
Yaponiyalik kishi 100 metrni antiq natija bilan yugurib o’tdi va Ginnes rekordlari kitobiga kirdi. Keyingi kuni u 105 yoshga to’lgan. U Yer yuzidagi eng tezkor sprinter ekanini tasdiqlovchi sertifikat topshirilgan. O’sha 100 metrni u 42.22 sekund ichida bosib o’tgan edi. Ehtimol? Bu sekindir, lekin u 105 yoshda va bu maqtovga loyiqdir!
2-o’rin: Maykl Makkastel
Amerikalik Maykl Makkalistel Ginnesning yangi rekordini o’rnatdi. U maksimal darajada ko’p marotaba tortingan. U 5804 tortinishlarni 24 soat ichida bajargan edi. U Djon Bochekni, avvalgi rekordsmen, u 5801 marotaba tortinishnni 24 soat ichida bajargan, rekordini urgan. Undan tashqari Makkastel masalani murakkablashtirib, 13 kilogramlik ryukzakni elkasiga taqib olgan edi. Yangi rekordni o’rnatiboq u o’sha zahoti reanimasiyaga tushub qolgan va o’z g’alabasini xech qanday sharxlamagan edi. Makkastel rekordni birinchi marotaba qo’yishga urunganida, u krestsimin payini jiddiy jarohatlagan edi. Undan so’ng uzoq jismoniy terapiya talab etilgan edi. U har kuni otjimanie mashqini bajargan edi, u buni o’ziga o’tgan mag’lubiyatdan so’ng yanada kuchliroq bo’la olishini tasdiqlash uchun qilgan edi.
1-o’rin: Kevin Fast
Kevin Fast sayyoramizning eng kuchli rohibidir. U Ginnes Rekordlari Kitobiga bir necha marotaba kirgan. 12 yoshidan beri u sport bilan shug’ullanishga qiziqqan. U ning kuchli rekordlari butun dunyoga mashxur. O’zinig gonorarlarining barchasini u hayriya maqsadlarida sarflaydi. Uning birinchi rekordi fura bo’lgan edi, u 57 tonna vaznga ega bo’lgab bo’lib, uni 30 metrga tortib o’tgan. 2009 yilda esa, u 189 tonna vaznli samoletni deyarli 9 metr (8.8) ga toptib o’tgan. 2010 yili uning iltimosiga binoan relslarga 40 tonnalik uyni qo’yib berishdi. Uni Kevin 12 metrga tortib o’tdi. 2011 yili Kevin bitta qo’li bilan o’t o’chiruvchi mashinani 30 santimetrga siljita oldi. Uning so’nggi g’alabalaridan biri bu navbatdagi record bo’lib, u 22 ta ayolni bir vaqtning o’zida elkalarida ushlab tura olgan edi. Bunday kuch, maqsad sari intilish, qattiyatga havas qilsa arziydi.
Сообщения из Facebook