Qiziqarli dunyo: Xitoyda mashxur shisha ko'prik darz ketishni boshladi, lekin tashrif etuvchilar bundan kamaygani yo'q
Qiziqarli dunyo: Xitoyda mashxur shisha ko'prik darz ketishni boshladi, lekin tashrif etuvchilar bundan kamaygani yo'q
Xitoyda mashxur shisha ko'prik darz ketishni boshladi, lekin tashrif etuvchilar bundan kamaymayapti.

Yaqin orada Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida video paydo bo'ldi, unda shisha ko'prik ustidan o'tayotgan kishining oyoqlari tagida pol birdaniga darz ketishni boshladi. Odam daxshatda orqaga emaklab o'tadi, axir uning tagida 1180 metr chuqurlikdagi jarlik bor.

Tayxan'shan (Xitoy) dagi tog' bo'ylab tushgan shisha ko'prik. 

Hodisa Tayxan'shan (Xitoy) tog'i bo'ylab tushgan mashxur shishali o'tish joyida yuz bergan edi. Har yili yuz minglab sayyohlar u yerga o'zlarining asablarini mustaxkamligini tekshirish uchun boradilar. Lekin bu attraksionning rahbariyatiga sayyohlar shaffof shisha ustida juda ham behavotir harakat qilayotganidek tuyuldi va ular hissiyotlar o'tkirligini qo'shishga qaror qildi. 

Aql bovar qilmas balandlikda joylashgan shisha yo'lakcha.

430 metr uzunlikdagi shisha bo'lagida shisha darz ketishni imitasiya qiluvchi sensor paneli o'rnatilgan. Unga bosganda datchiklar ishlab ketadi va darz ketish tasviri paydo bo'ladi. Shaffof panellar xiralari bilan ketma-ketlikda, shuning uchun ularning qaysi biri aldamchiligini bilib bo'lmaydi. 

Tayxan'shan (Xitoy) dagi tog' bo'ylab tushgan shisha ko'prik. 

Bu sensor panelini o'rnatgandan keyin sayyohlarning xech biri ogohlantirilmagan edi. Shuning uchun "mustaxkam bo'lmagan" shisha ustiga bosgan birinchi odam shok holatini boshdan o'tkazgan, hamda darz ketish ovozi ham juda baland bo'lgan. 

Kelajakda xech kim qo'rquv sababli infark bo'lmasligi uchun rahbariyat sayyohlar guruhiga gid shisha darz ovozi haqiqiy emasligini ko'rsatib o'tgan rolikni chiqardi. 

Xitoyliklar hayratga soladigan attraksionlar bilan lol qoldirishni yaxshi ko'radilar. Ular eng uzun shisha osma ko'prik qurishdi. Shamol qattiq esganda bu konstruksiya tebranadi. O'tir hissiyotlarni yaxshi ko'ruvchilar u yerga dadil otlanishlari mumkin. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook