Bu insonlarni hamma tanir edi. Ularni sevishar edi, taqlid qilishardi, kimdir esa xasad qilardi va kimnidir ko’rgani ko’zi yo’q edi. Ular shunchalik mashhur edilarki, hatto bugungi kunda ham ularni hamma taniydi va hurmat bilan eslaydi. Shunday bo’lgandan keyin odamlarda ularning avlodlariga nisbatan ham qiziqish bo’ladi.
Quyida biz esga olmoqchi bo’lgan mashhur shaxslarning ko’pchiligi afsuski hayotdan vaqtli ko’z yumdilar va avlodlarini ko’rolmay o’tib ketdilar. Ammo biz o’tgan asrning eng muhim shaxslarining nabiralari bilan tanishish imkoniga egamiz. Keling, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz.
Rouz va Tatyana Shlossberg, Jek Kennedi (Jon va Jaklin Kennedining nabiralari)
Opa-singillarning kattasi bo’lmish Rouzning tashqi ko’rinishi mashhur buvisiga juda o’xshab ketadi. U Garvardni tamomlagan, kinoga qiziqadi va yaqinda komediyali serialda suratga tushdi. Kichigi Tatyana esa Yelsk universitetini tamomlab, jurnalistika sohasida faoliyat yuritadi.
Ularning Jek ismli ukalari ham bor. Ot izini toy bosadi deganlariday, u afsonaviy ajdodining izidan ketib, o’zini siyosatga bag’ishladi.
Emma Ferrer (Oldri Xepbern va Mella Ferreraning nabirasi)
Emma – rassom. Uning buvisi UNICEF bilan hamkorlik qilgani uchun Emma yoshligidan Florentsiyadagi san’at Akademiyasida tahsil olgan.
Yaqinda bu qiz model sifatida bir qancha fotosessiyalarda ishtirok etdi.
Elison Le Borj (Alen va Natali Delonlarning nabiralari)
Bu qiz o’zining yulduzli ajdodiga juda o’xshash. Elisonga buvasidan iqtidor, maftunkorlik va jozibadorlik meros sifatida o’tgan. Biroq u kinoni tanlamasdan, model bo’lishni afzal ko’rdi.
Levi Dilan (Bob va Sara Dilanlarning nabiralari)
Bob Dilanning nabirasi buvasi kabi musiqaga qiziqadi va gitarada ham o’ynaydi. Biroq bi ishni faqatgina yaqinlarining atrofidagina qiladi. O’zi esa hamma mashhur shaxslarning avlodlari kabi modellik sohasini tanladi.
Sharlotta Kaziragi (Greys Kelli va knyaz Renyening nabirasi)
Sharlotta kino yulduzi Greys Kellining nabirasi va Monako qirolligining malikasi bo’lmish Karolinaning qizidir. U Sorbonani (falsafa fakulteti) tamomlab, hozirda jurnalistika sohasida faoliyat yuritadi, xayriya ishlari bilan shug’ullanadi va chavandozlikni yaxshi ko’radi. Bo’sh vaqtida esa moda brendlarining reklamasida suratga tushadi. Masalan yaqinda u Gucci mahsulotlarining reklamasida ishtirok etdi.
Diana Pikasso (Pablo Pikassoning nabirasi)
Buyuk rassom Pikasso hayot bo’lganida bunday nabirasi bilan faxrlanishi aniq edi. Axir Diana bobosining nozik rassomlik iqtodorini, uslubini meros sifatida qabul qilib olgan, biroq o’zi rassom bo’lmadi. Buning o’rniga u san’at tarixini o’rgana boshladi. “Sotbis” kim oshdi savdosi bilan ekspert sifatida hamkorlik qildi. Hozirgi kunda dunyoning yetakchi muzeylarida ko’rgazmalar tashkil qiladi.
Sela, Skip va Niko Marli (Bob Marlining nabiralari)
Bob Marli o’zidan keyin boy meros tashlab ketdi va bu meros faqatgina ijodiy emas. Mashhur musiqachining 7 nafar ayoli bo’lgan va ulardan11 nafar farzand ko’rgan. Hozirgi kunda uning uch nafar nabirasi keng ommaga tanish. Niko – amerikacha futbolning professional o’yinchisi, Sela – dong’i ketgan model, Skip esa Ketti Perri bilan duet aytib mashhur bo’lgan.
Rayli Kio (Elvis Presli va Pristsilla Preslilarning nabirasi)
Raylining bobosi mashhur qo’shiqchi bo’lishiga qaramasdan u buvisi kabi aktrisalikni tanladi. Yaqinda u serialdagi roli uchun “Zolotoy globus” mukofotini qo’lga kiritdi.
Сообщения из Facebook