Parashyutni yaratish fikri Leonardo da Vinchiga taaluqli – 1483 yilda u piramidali parashyut chizmalarini chizgan va shunday yozgan: “Agar insonda kengligi va balandligi 12 ta tirsakdek keladigan, kraxmallangan mato ko'rinishidagi jihoz bo'lsa, u xohlagan balandlikdan o'ziga xavf tegmaydigan holatda sakrashi mumkin”. Bunday parashutning o’lchami 60 kvadrat metrga teng, va bu hozirgi zamonaviy prototiplarga juda mos.
Ammo uning kerak bo’lib qolmaganligi sababli qurilishini oxirigacha yetqizishmadi. Va havodan suvga sakrashning rivojlanishi sababli, insonning samolyotdan yoki boshqa transportdan xavfsiz pastga tushishini ta’minlaydigan uskunaga ehtiyoj paydo bo’ldi. Aytgancha, angliyalik A. Nikolas da Vinchi konstruksiyasi bo’yicha qurilgan parashyut, zamonaviy parashutlardan kam bo’lmagan holda ish berishini isbotladi, va buyuk kashfiyotchi chizmalariga ko’ra yaratilgan uskuna yordamida muvaffaqiyatli sakrashni amalga oshirdi.
Ushbu uskunani fransuz fizigi Lenorman yaratdi, va unga “parashut” (grek tilidan “para” – qarshi va fransuz “shyute” – tushish) deb nom berdi. Lenorman aynan o’sha birinchi bo’lib parashyutdan sakrashni amalga oshirgan shaxs, bunda u 1786 yilning 26 dekabrida Monpelye minorasidan sakragan. Biroq uning parashyuti o’ta yirik edi, va katta soyabonni eslatardi.
Hozirgi zamonda esa prashyutdan sakrash umuman hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Bunga o’rgatuvchi va sakrashni tashkillashtirib beruvchi tashkilotlar soni hozirda juda ko’p.
Birinchi bo’lib havo sharidan sakragan inson esa fransuz astronafti Andre-Jak Garneren edi, va u 1797 yilda 400 metrli balandlikdan sakradi. Lekin u havo sharida bir o’zi uchmagan, uning yonida fizik ham bo’lgan va u shardagi havo qanday harakatlanishini ko’rib, parashyut o’rtasida, undan havo chiqishi uchun tuynuk qilishni taklif qildi. XX asrda esa germaniyalik Paulyus yig’ma parashyutni kashf qildi.
1911 yilda esa rus harbiyi Kotelnikov, Umumrus havoda uchish bayramidan qolgan taasurotlar va 1910 yilda rus uchuvchi kapitani Matsiyevichning o’limidan so’ng, yangi RK-1 parashyutini yaratdi. Kotelnikov parashyuti juda mujassam shaklda edi. Uning shiyponi altasdan, arqonlari ikki guruhga bo’lingan va ilmakli tizimning yelka o’ramiga tutashardi. Shiypon va arqonlar avvaliga yog’och, keyinroq esa alyumin ryukzakka sig’dirilar edi. Keyinchalik, 1923 yilda Kotelnikov arqonlar uchun maxsus joyli konvert shaklidagi, parashyutni yig’ish uchun ryukzakni taklif qildi.
Mustaqil uchishda parasyut ocjilishiga qadar inson 50 km soat tezlikda harakatlanadi. Va, aytgancha, parashyut sporti hayot uchun juda xafvli sport turi bo’lgani va ko’p holatlarda o’lim bilan yakunlanishi shuchaki afsonadir, axir bu ekstremal sportda o’lim bilan yakunlanish foizi 0,025% ni- ya’ni juda past foizni tashkil qiladi. Hamma ham sakray olmaydi, faqatgina 40 dan 95 kg vazngacha bo’lgan odam sakrashga ruxsat beriladi. Inson mustaqil uchish paytida gapira olmaydi, shu sababli, tushish vaqtida muammolarni hal qiluvchi super agentlar haqidagi filmlar, bu shunchalik afsonadir.
Ba’zi qiziq ma’lumotlar:
- 2005 yilda Sheyna Richards parashyutdan sakramoqchi edi, lekin mustaqil sakrash vaqtida ikkala parashyut ochilmadi. Sheyna 60 km soat tezlik bilan yerga qulab tushdi, ammo halok bo’lmadi. Albatta, suyak sinishlardan o’zini asray olmadi, lekin eng qizig’i, Sheyna o’shanda homilador edi, va vaqt o’tib juda sog’lom bolani dunyoga keltirdi.
- Parashyutdan sakragan eng qari odam bu 97 yoshli ingliz Djordj Moyz bo’ldi, va u o’ziga shu tariqa tug’ilgan kuniga sovg’a in’om etdi.
- Eng baland sakrashni sportchi-ekstremal Feliks Baungartner bo’ldi. U 38,6 km balandlikdan sakradi, bunda mustaqil sakrashning juda katta tezligi – 1342 km/s ga erishdi. Albatta, Feliks maxsus skafandrda sakradi, aksini olganda u yoki havo yetmaslikdan, yoki atmosferada kuyib ketishdan halok bo’lardi.
- Parashyut sportida katta o’rinni yana bir yo’nalish – yaponlar tomonidan o’ylab topilgan “banzay- sakrash” egallaydi. Inson samolyotdan parashyutsiz sakraydi, keyin uning ortidan parashyutli ryukzakni uloqtirishadi. Odam uni ushlab, kiyib va parashyutni ochtirishi kerak bo’ladi.
Сообщения из Facebook