Qiziqarli ma’lumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar
Qiziqarli ma’lumot: 2004 yil 1 sentyabr kuni Beslandagi maktabning terrorchilar tomonidan garovga olinishi. Tafsilotlar
2004 yilning 1 sentyabr kuni terrorchilardan iborat bir guruh jangarilar Shimoliy-Osetiyaning Beslan shahridagi №1 sonli maktabning binosini egallab olib, mingdan otriq bolalar va kattalarni garovga oldilar. Terrorchilarning guruhida 30 nafar jangaridan iborat bo’lib, ularning ichida ayol kishilar ham bo’lgan. Guruhga Rasul Hachbarov ismli terrorist boshchilik qilgan.
1 sentyabr kuni ertalab ta’lim muassasasining hovlisida yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir o’tkazilayotgan edi. Shu payt bu yerga usti yopiq yuk mashinasi kelib to’xtadi va ichidan birin-ketin qurollangan jangarilar tushib kela boshladilar. Terrorchilar yig’ilib turgan olamonning ustidan osmonga qarab o’q uzib, hammani bino ichkarisiga hayday boshladilar. Olamon bo’lgan voqeadan karaxt bo’lib qoldi. Shunga qaramay kimlardir qochishga harakat qildi va vahimadan foydalanib bir necha odamgina qochishga ulgurdi.
Garovga olinganlarning soni 1116 nafar bo’lib, ularning asosiy qismini bolalar, ayniqsa bog’cha yoshidagi bolalar tashkil etar edi. Terrorchilar garovga olinganlarni maktabning sport zaliga haydab kiritib, uni va boshqa xonalarni minalashtirdilar. Ular avvaliga hech qanday talablarni qo’ymadilar, ammo biroz vaqt o’tgandan keyin maktab binosiga Shimoliy Osetiyaning prezidenti Aleksandr Dzasoxov, Ingushetiyaning prezidenti Murat Zazikov va fojiali tibbiyot Ilmiy Tekshirish Institutining direktori – doktor Leonid Roshalning kelishini talab qildilar hamda hukumat Checheniston hududidan federal kuch askarlarini chiqarishini va avval hibsga olingan terrochilarni ozod qilishlarini talab qildilar.
Rossiya Federatsiyasining prezident maslahatchisi Aslambek Aslaxanov, bolarlar shifokori Leonid Roshal hamda hukumar vakillari 1-3 sentyabr kunlari jangarilar bilan muloqot qilishga urinib ko’rdilar. Shu uch kun davomida terrorchilar aniq bir talablarni qo’ymadilar va garovdigilar uchun dori-darmon, suv, oziq-ovqatlarni qabul qilib olishdan bosh tortdilar. Jangarilar shuningdek garovdagilarni ozod qilish evaziga katta miqdorda pul olishni ham xohlamadilar.
Terrorchilar 2 sentyabr kuni birgina odam – Ingushetiyaning sobiq prezidenti Ruslan Aushevni qabul qildilar va maktab binosiga kirgizdilar. Aushev jangarilar bilan muloqot chog’ida ularni o’zi bilan birga garovdagilardan 26 nafarini – ayollar va go’daklarni chiqarib yuborishga ko’ndira oldi.
Uchinchi kun esa tezkor guruh a’zolari bosqinchilarni birinchi kunda o’ldirilgan odamlarning jasadlarini olib chiqib ketishga ko’ndirdilar. 3 sentyabr kuni peshinga yaqin vaqtda maktab binosi yaqiniga FVV (Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi) ning avtomobili kelib to’xtadi. Uning ichidan halok bo’lganlarning jasadini olib ketish uchun to’rt nafar xodim tushishi bilanoq, maktab binosida ikki marotaba kuchli portlash sodir bo’ldi va ketidan otishma boshlanib ketdi. Devorning buzilishi hamda oynalarning sinishi oqibarida katta tirqishlar paydo bo’ldi. Garovdagi bolalar va ayollar shu tirqishlardan sakrab qocha boshladilar. Garovda erkaklar yo’q edi, ularning barchasi teraktning birinchi kunidayoq otib tashlangan edilar.
Tergov versiyasida aytilishicha, bu portlashlar o’z-o’zidan tasodifan sodir bo’lgan va buning natijasida maxsus guruhlar tomonidan rejalashtirilmagan hujum boshlab yuborilgan. Otishma kechqurunga qadar davom etgan, buning oqibatida maktab vayronaga aylangan. Ushbu terakt oqibatida 335 nafar odam halok bo’ldi, ulardan 318 tasi garovdagilar bo’lib – 185 tasi yosh bolalar edi.
Ba’zi halok bo’lgan garovdagilarning shaxsini aniqlash uchun irsiy ekspertiza qilishga to’g’ri keldi. Halok bo’lganlarning orasida shuningdek Rossiya maxsus guruhining 10 nafar xodimi, ikki nafar FVV xodimi hamda garovdagilarni qutqarishda ishtirok etgan Beslan fuqarosi ham bor edi.
Maxsus guruh jangchilarining ko’p qismi o’z tanalari bilan bolalarni o’qlardan berkitib halok bo’ldilar. 810 nafar odam yaralandi – bular garovdagilar, Beslan aholisi, FXX (Federal Xavfsizlik Xizmati), FVV, militsiya va harbiylardir. Garovagi shaxslar yarador bo’lishdan tashqari maktab binosida sodir bo’lgan terakt oqibatida juda kuchli ruhiy zarbaga duchor bo’ldilar. Ular 50 soatdan ko’proq vaqt davomida terrochilarning qiynov va siquvi ostida o’tirdilar. Ularga uch kun davomida suv, ovqat va dori-darmon berilmadi. Suvsizlangan bolalarning ko’pchiligi xushidan ketdi, ba’zilar esa o’z peshobini ichishga ham majbur bo’ldi.
Bu terakt oqibatida jami 1315 nafar odam jabrlandi. Tergov natijalariga qaraganda, maktabga hujum uyushtirgan jangari guruh 32 kishidan iborat bo’lib, ulardan ikki nafari xudkush terrorchi ayollar bo’lgan. Bu qonli terakt butun dunyo aholisining qalbini larzaga soldi.
O’tkazilgan operatsiya natijasida jangarilardan bittasigina – Nurpashi Kulayev qo’lga olindi, qolgan terrorchilarning hammasi esa yo’q qilindi. 2005 yilda Kulayev ishi bo’yicha sud jarayoni boshlandi, unga Jinoyat Kodeksining 8 moddasi bo’yicha ayb qo’yildi – banditizm, terrorizm, qotillik, tartib saqlash organlari xodimining hayotiga tajovuz, odamlarni garovga olish, qurol, va portlovchi moddalarni noqonuniy ravishda qo’lga kiritish, saqlash va olib yurish. Bularni barchasini hisobga olib, sud Kulayevni umrbod qamoq jazosiga hukm etdi.
Shimoliy Osetiyadagi terakt sababli 2004 yilning 6-7 sentyabr kunlari motam kuni deb e’lon qilindi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook