Bugun, 21 avgust kuni koinotda g’aroyib hodisa – Quyosh tutilishi ro’y beradi. Bu Quyosh tutilish hodisasi tarixiy va noyob voqea bo’lib qoladi, chunki tutilish naq bir yarim soat davom etadi. Bunday Quyosh tutilishi oxirgi marta 2008 yilda kuzatilgan edi, keyingisi esa 2026 yilda sodir bo’ladi.
Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 23:26 da sodir bo’ladi, biroq bizning mintaqada uni to’gridan-to’g’ri ko’rishning imkoniyati bo’lmaydi. Quyosh tutilish hodisasini AQSH hamda butun Shimoliy Amerika mintaqasi va qisman Janubiy Amerika mintaqasi aholisi kuzatishi mumkin. Bu noyob astrologik hodisada Oy Quyoshni naq bir yarim soat vaqtga to’sib qo’yadi.
Bu Quyosh tutilishi Oy bilan bog’liqligi sababli odamlarga, ularning kayfiyati, sog’lig’i va hattoki taqdiriga o’z ta’sirini o’tkazadi. Bu ta’sir tutilishdan uch kun oldin va uch kun keyin sodir bo’lib turadi, ya’ni 18 avgustdan 24 avgust kunlarigacha. Bu davrda katta o’zgarishlar, kutilmagan hodisalar ro’y berishi mumkin. Shuning uchun bu kunlarda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.
Nimalar qilish mumkin emas
Quyosh tutilish davrida odamlar murosasiz kelishuvlar qabul qiladilar, oqibati yomonlik bilan tugaydigan ishlarga qo’l uradilar. Shuning uchun bu davrda muhim ishlar, oldi-sotdi va yirik shartnomalar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirmagan ma’qul. Bu kuni yo’lga chiqishni mo’ljallagan bo’lsangiz, sal keyinroqqa suring.
Undan tashqari bu davrda ish va o’qish joyini ham alishtirmay turgan ma’qul, aks holda uzoq vaqt yangi ish topa olmaysiz.
Keng omma bilan bog’liq marosimlarda ham qatnashish, odamlar ko’p bo’lgan joylardagi yig’ilishlarga borishdan tiyilgan ma’qul. Chunki, Quyoshning quvvati ommaga kuchliroq ta’sir qiladi.
Bunday davrda ko’rilgan tushlar ko’pincha o’ngidan keladi va taqdiringiz haqida belgilar berishi mumkin. Shuning uchun bunday tushlarga bee’tibor bo’lmang.
Mutaxassislarning fikricha, Quyosh tutilish davrida insonlar asabiy va jahldor bo’lib qoladilar.
Agar yaqin odamingiz sizni hafa qilgan bo’lsa, ahamiyat bermang, ehtimol unga Quyosh tutilishi ta’sir qilganbdir.
Nima qilish kerak
Quyosh tutilishining salbiy ta’siri bilan birga ijobiy ta’siri ham bor. Astrologlarning aytishicha, bu davr ijod va hayotdagi faoliyat uchun juda qulaydir.
Bu kunlari shuningdek hayotda va uyda yig’ilib qolgan keraksiz narsalardan xalos bo’lish kerak. Bu davr har tomonlama “tozalanish”, kuchlarni to’plash va hayotni yorqin bo’yoqlar bilan to’ldirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Bu davr shuningdek hayotni yaxshi tarafga o’zgartirish, ko’nglingiz yoqtirmagan insonlar hamda yomon hayollar bilan hayrlashish uchun qulaydir.
Sog’liqqa ta’siri
Astrolog olimlarning ta’kidlashlaricha, quyoshning tutilishi ko’proq erkak kishiga ta’sir qilsa, Oy ayollarga o’z ta’sirini o’tkazadi. Biroq jinsidan qat’iy nazar bu vaziyatda bolalar va qariyalar aziyat chekishlari mumkin.
Quyosh tutilishi sog’liqqa ham ta’sir o’tkazmay qo’ymaydi – bosh og’rig’i, qon bosimining ko’tarilishi , surunkali kasalliklar xuruj qilishi mumkin. Shuning uchun sog’lig’ingizga ahamiyatliroq bo’ling.
Bunday holda kontrast dush qabul qilgan afzal, ob-havo o’zgarishiga beriluvchan insonlar esa kuchli jismoniy faoliyatni cheklashlari maslahat beriladi.
Tug’ilgan kuniga to’gri kelib qolsa
Agar Quyosh tutilishi davri tug’ilgan kuningizga to’g’ri kelib qolgan bo’lsa, kelasi yilingiz o’ta muhim voqealarga to’la bo’ladi. Biroq esda tuting, bu kunga to’g’ri kelib qolgan bunday astrologik hodisa ham negativ va ham muvaffaqiyatli voqealarga sababchi bo’ladi: nikoh/ajralish, yangi joyga ko’chish.
Tarixdan ma’lumki, ko’pgina katta o’zgarishlar, olamshumul voqealar, taqdirni hal qiluvchi kutilmagan hodisalar aynan shunday Quyosh tutilish davrida sodir bo’lgan. Mutaxassislarning fikricha, bu yilgi Quyosh tutilishi Amerika mintaqasi ustida sodir bo’lgani uchun aynan o’sha yerdagi davlatlarga o’z ta’sirini ko’proq o’tkazadi. Xususan, AQSH da katta o’zgarishlar sodir bo’lishi kutilmoqda.
Сообщения из Facebook