Qiziqarli ma’lumot: Ko’zni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari
Qiziqarli ma’lumot: Ko’zni qamashtiruvchi jozibador olmoslar va ularning baxtsizlik keltiruvchi yovuz xususiyatlari
Brilliant toshlar nigohlarni o’ziga ohangraboday tortadi, go’zalligi bilan maftun etib, qalblarni egallab oladi, uni qo’lga kiritish hayoli esa insonni sal kam aqldan ozdiradi. Ba’zi qizlar ularga oshiq bo’lib qoladilar, zargarlar esa brilliantning jozibadorligi qirralarining muvaffaqiyatli sayqallanishiga bog’liqligini ta’kidlaydilar.

Ammo ularning eng go’zallari ham o’z egalariga baxtsizlikdan bo’lak hech narsa keltirmaganlar. Bu qimmatbaho toshlar qanchadan-qancha odamlarning yostig'ini quritdi, taqdirini osongina sindirdi, ularning har biri qancha qonlar to’kilishiga sabab bo’ldi. Ushbu maqolamizda dunyoga mashhur brilliantlar hamda ular bilan bog’liq bo’lgan fojiali taqdirlar haqida so’zy uritamiz.

Regent

Regent

140, 64 karatdan iborat. Maqolamizda so’z yuritiladigan brilliant toshlarning ichida eng “beozori”. Aytishlaricha, bu tosh 1701 yilda Markaziy Hindiston hududida joylashgan Golkonda qal’asidagi konlardan birida hind qul tomonidan topib olingan. Shu davrdan boshlab tosh o’z qonli yo’lini boshlagan. Bu hind qul topilmani xo’jayinlariga bildirmaslikka qaror qildi. Shu maqsadda u o’zining belini kesib, toshni o’sha yerga berkitdi hamda jarohatini barglar bilan o’rab qo’ydi. Tunda qul yaxshi hayotga erishish ilinjida qochib ketdi, biroq mamlakatdan olib chiqishga va’da bergan dengizchi tomonidan o’ldirildi.

Qulni o’ldirib, toshga ega bo’lgan dengizchi toshni qal’a gubernatori Sent-Jorj Tomas Pittga sotib, pulini sovurib yubordi, keyinchalik esa o’zini osib, o’z joniga qasd qildi. Toshni sotib olgan gubernator esa qirralariga sayqal berish uchun olmosni Jozef Kouptu ismli zargarga berdi.

Lekin gubernator ham tinch yashay olmadi. U vos-voskasaliga duchor bo’lib, hamisha vahimada yurdi. Uning nazarida hazina o’g’rilari kelib, uni o’ldirib, toshni o’girlab ketishlari mumkin edi. Vahimasidan qutulish uchun gubernator olmosni Frantsiyaning regent (vaqtinchalik podshosi)Filipp II Orleanskiyga sotib yubordi. Fransuz inqilobi davrida ushbu tosh saroyning boshqa xazinalari bilan birgalikda olib chiqib ketildi. Buyuk imperator Napoleon Bonapart  olmosni saroyga qaytarib olib kelishga muvaffaq bo'ldi. U ham o’z navbatida bu tosh bilan qilichining dastagini bezadi. Bonapart vafot etganidan keyin ushbu tosh o’z egalarini juda ko’p marotaba o’zgartirdi, ammo har gal Frantsiyaga qaytib kelaverdi. Hozirda ham bu olmos Frantsiyadagi dunyoga mashhur Luvr badiiy muzeyining Apollon galereyasini bezab turibdi.

Orlov qora olmosi

Orlov qora olmosi

195 karat. Bir vaqtlar bu qora olmos Janubiy Hindiston hududi Pondisheri shaharchasidagi ibodatxonalardan birida o’rnatilgan Braxma xudosi haykalining ko’zini bezab turar edi. Bu toshni kim va qanday yo’l bilan u yerdan o’g’irlagani noma’lum, lekin aytishlaricha, bu toshda qarg’ish bor bo’lib, unga ega chiqqan kimsa borki, o’z joniga qasd qiladi. Ushbu tosh ilk bor 1923 yilda Amerikada “paydo bo’lib qoldi”. Uning egasi bo’lmish Jey Peris Nyu-Yorkdagi osmono’par binolarning biridan sakrab halok bo’lgan.

So’ngra  qora olmos rus knyazlarining avlodlari Nadejda Orlova hamda Galitsina-Baritanskayalarning qo’liga kelib tushdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, bu ikkala ayol ham 1947 yilda o’z jonlariga qasd qilganlar. Keyinchalik bu olmos qo’lma-qo’l bo’lib ketdi. Va 2004 yilga kelib, bu tosh mashhur zargar Denis Petimezasning kollektsiyasidan joy egalladi. Kollektsiyachining aytishiga qaraganda, u Orlov qora olmosining la’natini o’zida his etmagan, aksincha olmos unga faqatgina omad keltirgan.

Lekin shunga qaramasdan, noma’lum sabablarga ko’ra, 30 oydan keyin zargar bu qimmatbaho toshni sotuvga qo’ygan. 2006 yilda qora olmosni noma’lum xaridor sotib olgan. Nima uchundir uning ismi keng ommaga ma’lum qilinmagan.

Xoup ko’k olmosi

Xoup ko’k olmosi

115 karat. Ushbu sapfir olmosning nomi ingliz tilidan “umid”, deb tarjima qilinsa-da, egalariga bu narsani bera olmagan. Bu toshni Hindistondan fransuz savdogari Jan-Batist Tavern’ye olib kelib, uni qirol Lyudovik XIV ga hadya qilgan. Aytishlaricha, ushbu olmosning birinchi qurboni qirolning mahbubasi grafinya de Montespan bo’lgan. Bu aqlli va dono ayol ko’p yillar davomida qirolning ma’shuqasi va sadoqatli do’sti bo’lib kelgan hamda unga sakkiz nafar farzand tug’ib bergan. Ushbu qimmatbaho toshni qiroldan sovg’a tariqasida qabul qilgan grafinya birdaniga qirolga yoqmay qo’lgan, shu sababli saroyni tark etib ketishga majbur bo’lgan. Shundan keyin olmos qirol libosini bezab turadigan bo’ldi. Yetti oy o’tib, qirol vafot etganidan keyin esa tosh saroy xazinasidan joy oldi.

Ko’k olmosning keyingi egasi qirolicha Mariya-Antuanetta bo’ldi. Bu ayol boshi tanasidan judo qilinib, qatl qilingandan keyin tosh qirol Georg IV ning tasarrufiga o’tdi. Biroq ko’p o’tmayu ham aqldan ozdi. Bu voqeadan keyin olmosni bankir Genri Xoup sotib olgandi, lekin u ham zaharlab o’ldirildi.

1910 yilda ko’k olmosni yuvelir P’yer Kart’ye 550 ming frank evaziga sotib oldi. Ammo zudlik bilan nima uchundir uni olmoslar nusxalarining kollektsiyasi hamda “Washington post” gazetasining egalari bo’lmish Maklinlar oilasiga sotib yubordi. Ko’p otmay ushbu oila merosxo’ridan ayrildi, oila boshlig’i esa ichkilikka ruju qo’ydi va hech qancha o’tmay u ham vafot etdi.

1958 yilda Maklinlar oilasi olmosni mashhur filantrop (sahovat bilan shug’illanuvchi) Garri Uinstonga sotib yubordi. Sahovtpesha milliarder esa toshni Smitsonov universitetiga tortiq qildi. Ayni damda tosh o’sha yerda o’qo’tmas pishiq shisha to'siq ortida bezak sifatida turibdi va yangi qurbonlarini kutmoqda.

Sansi sariq olmosi

Sansi sariq olmosi

55,23 karat. Aytishlaricha, ushbu tomchi shaklidagi olmosni qandaydir savdogar g’orlardan birida topib olgan. Savdogar toshni sultonga tortiq qilish uchun olib ketayotganida qaroqchilarning qo’liga tushib o’ldirilgan. Shundan keyin tosh butun dunyo bo’ylab “sarsonlik” da yurdi. 15- asrda olmos Frantsiya qiroli Karl Dovyurakning qo’liga kelib tushdi. Qirol toshga sayqal berish uchun uni o’zining zargariga berdi. Ikki yil o’tib, qirol vafotidan keyin esa olmos bedarak yo’qoldi. Ammo ko’p o’tmay tosh Konstantinopolda ekanligi ma’lum bo’ldi. Uning yangi egasi Frantsiyaning ishonchli vakili Nikolya de Sansi bo’lib, olmos unga faqatgina omad keltirayotgan edi.

Ushbu tosh tufayli Nikolya Frantsiya qiroli Genrix III ning ishonchini qozona olgan va unga vaqtinchalikka toshni berib turishga qaror qilgan. Olmosni qirolga olib borishi kerak bo’lgan xizmatkorga o’g’rilar hujum qilganlar. Ammo xizmatkor o’limi oldidan toshni yutib yuborishga ulgurgan. Va shu zayl olmos qirolning qo’liga yetib kelgan.

1789 yildagi Fransuz inqilobi davrida brilliant tosh qirol saroyidagi xazinada bo’lgan va u yerdan boshqa “Xoup” hamda “Regent” olmoslari bilan birgalikda olib chiqib ketilgan. Undan keyin u qayerlarda bo’lganligi noma’lum, ammo oxir-oqibat bu toshni Astor familiyasidagi amerikalik sanoatchilar sotib oldilar. Biroq ular ham qanchadir vaqtdan keyin uni Luvr muzeyiga sotib yubordilar. Hozirda bu olmos Luvr muzeyida saqlanib kelinmoqda.

Ko’hinur oq brillianti

Ko’hinur oq brillianti

109 karat. Ko’hinur olmosining tarixi 14-asrdan boshlanadi. Ammo u ancha avval, Golkonda konlarida topilgani ma’lum. Ushbu tosh uzoq vaqt mobaynida Hindiston hududida bo’lib kelgan hamda Malva davlati rojalarining sallasini bezab turgan.

Afsonalarda aytilishicha, u shuningdek bir vaqtlar Mahobxorat hind eposining qahramoniga ham tegishli bo’lgan. Naql qilinishicha, agar olmos o’z egasini almashtirsa, saltanat dushman tomonidan bosib olinadi. Shunday bo’ldi ham. 1304 yilda Malvani Dehli sultoni Oloviddin istelo qilib, saltanat bilan birga olmosni ham qo’lga kiritdi. O’sha davrdan boshlab, “Ko’hinur” hokimiyat belgisi bo’lib qoldi va bir necha sulolalarga –  o’zbeklarning Boburiylar, eronliklarning Afsharidlar, afg’onlarning Durran sulolariga tegishli bo’lib kelgan.

Tarixchilarning yozishlaricha, bu olmos egalarining hech biriga baxt keltirmagan. Ular yoki sotqinlarcha o’dirilganlar, yoki janglarda halok bo’lganlar. Ba’zilari boyliklaridan ayrilib, qashshoqlik va yolg’izlikda vafot etganlar. 1849 yilda “Ko’hinur” olmosi Britaniya qirolichasi Viktoriyaning xazinasiga o’tkazilgan. Bugungi kunda esa ushbu tosh qirolicha Yelizavetaning tojini bezab turibdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook