Qiziqarli ma’lumot: Milliarder Alisher Usmonov qanday uyda yashaydi?
Qiziqarli ma’lumot: Milliarder Alisher Usmonov qanday uyda yashaydi?
Asli o’zbekistonlik bo’lgan tadbirkor milliarder Alisher Usmonov Rossiyada yashab faoliyat yuritadi hamda Rossiyaning eng boy odami, deb hisoblanadi. Uning moliyaviy ahvoli 18-20 milliard dollar deb baholanmoqda. U Rossiyaning Yevroset hamda Megafon kabi yuqori texnologiyali kompaniyalarining aktsiyalariga egalik qiladi. Taniqli tadbirkor va milliarder qanday uyda yashar ekan-a?
Yaqinda Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyining videosi internet tarmog’iga joylandi. Uy evropacha uslubda qurilgan bo’lsa-da, qadimgi milliy ruhda bezatilgan, bunda asosan qadimgi Buxoro binolaridagi naqshlardan foydalanilgan.
Ushbu hashamatli uy 6 ta yotoqxona hamda 10 ta mehmonlar uchun mo’ljallangan xonalardan iborat. Butun uy qimmatbaho jihozlar, mebellar va qadimgi rassomlarning ijod namunalari bilan bezatilgan.
Ushbu uydagi har bir detal – qimmatbaho divandan tortib kichkinagina qutichalargacha – dabdabani bildirib turadi. Masalan, xonalardan birining shiftida milliarderning, ya’ni uy egasining ismi sharifi naqsh bialan o’yib yozilgan.
Ushbu hashamatli uyda shuningdek basseyn, jakuzi, massaj xonasi, qisqasi dabdabali hayot uchun nima zarur bo’lsa, hammasi mavjud.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook