Tuya – barcha tomonlama ajoyib hayvon. Uning ko’rinishi ham, istiqomat qilish joyi ham, hattoki tuflashi ham o’zgacha. Keling, u haqida ba’zi narsalarni bilishga harakat qilib ko’raylik.
Tuyaning belidagi o’rkachning vazifasi nima ekanligini bilasizmi? Ko’pchilikning o’ylashicha, tuyaning o’rkachi issiq cho’lda ko’p vaqt suvsiz yashash uchun kerak bo’lgan tana a’zosidir. Ammo bu unday emas. “Cho’l kemasi”(og’irligi 500 kg gacha bo’lgan yukni ko’tarib yura oladi) deb ataluvchi bu hayvon – tabiatning noyob maxluqotidir. Bu uning uzoq vaqt suvsiz yasha olishidan emas, balki cho’lning og’ir tabiat sharoitiga moslasha olishidandir.
Tuyaning o’rkachiga kelsak, unda aslida suv emas, yog’ saqlanadi. O’rkachlar – chorasiz ahvolda qolgan tuya uchun ozuqa zahirasi hisoblanadi. Tuya o’rkachi ular qattiq ozuqani yeyishni boshlaganlaridan kegin paydo bo’la boshlaydi, shuning uchun bo’taloqlarning (tuya bolasi) o’rkachi bo’lmaydi. Tuyalar asosan yantoq bilan ozuqalanadilar. Xo’sh, bu jonivorlar chanqoqlarini qanday qondirar ekanlar? Yoki ular suvsiz ham yashashay oladilarmi?
Gap shundaki, tuyalar suvni o’rkachlardagi yog’lardan oladilar, yuz gramm yog’ning oksidlanishidan 107 gramm suv hosil bo’ladi. Hammasi shunday oson bo’lsa, nima uchun boshqa jonivorlar ham sahrodagi sharoitga moslasha olmaydilar? Axir yog’ hamma hayvonlarda bor-ku. Gap shundaki, yog’ning oksidlanishi uchun katta miqdorda kislorod kerak bo’ladi, buning uchun esa jonivor tez-tez nafas olishni bilishi kerak. Har bir nafas olish chog’ida tuyaning o’pkasiga cho’lning quruq havosi kiradi, nafas chiqarayotganda esa namlik bilan to’yinib chiqadi. Biroq tuya nafas olib chiqazayotganida burun kataklaridan chiqayotgan namlik o’ziga xos burmalarda to’planib, yana qayta og’izga tushadi va shu tariqa sahroda juda qimmatbaho sanalgan namlik yo’qolishining oldi olinadi.
Tuya bitta ichishda 200 litrgacha suvni icha oladi va buni tezlikda bajara oladi – 100 litr suvni 10 daqiqada ichib tugatadi. Tuyalar suv tanlab o’tirmaydilar. Oddiy sho’r suv ham ularni qoniqtiradi. Aynan shu xususiyati ham ularning sahroda yashay olishida muhum omil hisoblanadi. Ba’zi olimlarning ta’kidlashlaricha, suv tuyaning nafaqat o’rkachlarida saqlanib qolinadi, balki butun tanaga bir xil meyorda singadi. Biroq hozirgi kunda bu nazariya noto’g’ri ekanligi isbotlandi. Tana haroratini ushlab turuvchi ba’zi issiq qonli ko’pgina hayvonlardan farqli o’laroq tuyalarning tana harorati arofdagi iqlim sharoitiga qarab o’zgaradi.
Tuyaning tana harorati 35-40 daraja atrofida bo’ladi. Bu narsa tevarak-atrofdagi havo havo harorati o’zgarganda tuya terlashining va bu bilan suv yo’qotishining oldi olinadi. Ko’pgina jonivorlar suvsizlanishi natijasida tana vaznining 20% ini yo’qotib, halok bo’ladigan bir paytda tuyalar suvsizlanish oqibatida tana vaznlarining 40% ini yo’qotsalar ham yashashda davom etaveradilar. Bu ma’lumot ba’zi tuyalarga qarab berilgan savolga javob bo’la oladi. Savol esa shunday “Nega tuyaning o’rkachi osilib qoladi?”. Tuya ozib, vazn yo’qotganida o’rkachlariga shakl berib turuvchi yo’g’lar erib ketadi. Tuyalar semirishi bilanoq o’rkachlari yana avvalgi holiga qaytadi.
Nima uchun tuyaning yog’lari aynan o’rkachlarida saqlanadi? Gap shundaki, o’rkachlar tuyaning belini jazirama quyoshdan saqlovchi tabiiy himoya vositasi hisoblanadi.
Сообщения из Facebook