Qiziqarli ma'lumotlar: 10 ta eng chiroyli o’yin maydonlari
Qiziqarli ma'lumotlar: 10 ta eng chiroyli o’yin maydonlari
Ekspertlar fikrlariga ko’ra, o’yin maydonchalari barcha bolalarning jismoniy, ijtimoiy va umumta’lim rivojlanishi uchun asosiy maskanlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, bu joy, bolalar muloqot qilish, birgalikda o’ynash va masalalarni yechish qobiliyatlarini rivojlantiradigan maskan hisoblanadi.
Qumga boylab qo’yilgan figura va uning atrofi o’yin maydonining asosiy qismlari hisoblanadi. Gulliver ustida gorkalr, zinalar va boshqa bolalar uchun inshootlar bor. Bu maydoncha Valensiyadagi “San’at va ilm-fan shahri” arxitekturali majmuasi oldida joylashgan.

6. Shulberg o’yin maydonchasi (Schulberg)

6. Shulberg o’yin maydonchasi (Schulberg) Visbaden, Germaniya
Bu maydoncha besh qirrali uchburchak shaklida qurilgan va shaharning tarixiy markaziga chiqish yo’li bor, qachonlardir unutilgan hududda joylashgan. U yerdan shahrni o’zini ham kuzatish mumkin, chunki maydon tepalikda qurilgan. Loyiha mualliflari – ANNABAU Berlin muhandislik va landshaft byurosi ishchilaridir. O’yin maydonchasining o’zi 3 ta elementdan tashkil topgan: tarmoqli tirgakdagi metal ilgak, ilgakning ichida joylashgan sun’iy landshaft, va o’rindiqli keng bulvar – u ilgakning tashqarisida joylashgan, va bu barcha kattalar va bolalar o’zlarini qulay his qilishlari uchun qilingan.
Maydonchada kachelini, bolalar tirmalasha oladigan devorni, sakraydigan “membranalar”ni, va katta o’lchamdagi gorkani topish mumkin. Butun inshoot diametric 35 metrni tashkil qiladi.

5. Clemyjontri bolalar o’yin maydonchasi

5. Clemyjontri bolalar o’yin maydonchasi Ferfaks okrugi, Virdjiniya, AQSH
Bu parkda barchasi juda noyob va boshqacha. Alohida e’tibor qaratish kerakki, bu kamdan-kam uchraydigan, aynan harakatlari chegaralangan bolalar ham boshqalar bilan baravariga o’ynash imkonini beradigan joylardan biri. Bu yerda ular uchun arg'imchoq va karusel bor.
Shuningdek, bu maydonda alohida o’ynashni xohlaydiganlar uchun alohida joylar bor.
Maydon hududida invalid kolyaskalari uchun yo’lakchalar bor, va ular yuzasi maxsus sirpanmaydigan material bilan qoplangan.
Park nomlanishi xonim Adel Lebovits (Adel Lebowitz) va uning turmush o’rtog’i bolalari nolari birlashmasini tashkil qiladi: “Clemyjontri”: Carolyn (CL), Emily (EMY), John (Jon) va Petrina (Tri).

4. Boadilla-del-Monte (Boadilla del Monte) dagi o’yin maydoni

4. Boadilla-del-Monte (Boadilla del Monte) dagi o’yin maydoni Madrid, Ispaniya
Ushbu maydon dizaynerlari ispan arxitektorlari Eduardo Navadixos (Eduardo Navadijos) va Ksaba Tarsoli (Csaba Tarsoly) dir. Asosiy fikr bolalar tasavvurini rivojlantirishga asos bo’lib xizmat qiladigan bolalar zamonaviy o’yin maydonini qurish edi. Maydoncha poytaxtdan 30 daqiqa uzoqlikdagi hudud Boadilla-del-Monte da joylashgan.
Bolalar o’ynashi mumkin bo’lgan ochiq joyni yaratish maqsadida arxitektorlar shuningdek qiyin ranglar sxemasini tanlashga qaror qilishgan.

3. Bellvil sport maydonchasi (Belleville)

3. Bellvil sport maydonchasi (Belleville) Parij, Fransiya
O’yin maydonlari tekis bo’lishi shart emas. Ba’zi arxitektorlar tabiat yaratgan joylardan foydalangan holda va bu maydonchaga ijobiy ta’sir qilgan holatda Parijda Bellvil parkini barpo qilishgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook