Qiziqarli ma'lumotlar: 10 ta eng chiroyli o’yin maydonlari
Qiziqarli ma'lumotlar: 10 ta eng chiroyli o’yin maydonlari
Ekspertlar fikrlariga ko’ra, o’yin maydonchalari barcha bolalarning jismoniy, ijtimoiy va umumta’lim rivojlanishi uchun asosiy maskanlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, bu joy, bolalar muloqot qilish, birgalikda o’ynash va masalalarni yechish qobiliyatlarini rivojlantiradigan maskan hisoblanadi.
Zamonaviy o’yin maydonchalari dizayni bulling, ya’ni bolalarning bir-birlariga agressiv muloqotda bo’lish hollarini kamaytirishga imkon beradi.

10. Brumlebyudagi o’yin maydonchasi (Brumleby)

10. Brumlebyudagi o’yin maydonchasi (Brumleby) Kopengagen, Daniya
Brumlebyu 19 asrda qurilgan kam sonli kichik uylardan iborat. 1997 yilda bu yashash hududiga odatlar saqlanishi va renovatsiyasi uchun Europa Nostra Award unvoni berildi, terrasalar o’rtasidagi o’yin maydonchasi esa o’tmishga bugungi ko’zlar bilan qarashga imkon beradi.
O'yin uchun har bir uycha atrofdagi uylar uslubida qurilgan, va bu fikr esa daniyalik arxitektor Mikael Gottlib Birkner Bindesbyollga tegishli, u o’z navbatida italyan fermerlik uylarini ko’rib ilhomlangan. Uychalar xuddi bolalar tasavvuridagi kabi sal qiyalangan.

9. Park Blakslend Riversayd (Blaxland Riverside Park)

9. Park Blakslend Riversayd (Blaxland Riverside Park) Sidney, Avstraliya
Parramatta daryosi bo’yida joylashgan bu maydon Sidneydagi eng katta o’yin maydoni hisoblanadi, unda ulkan gorkani, qiyali tekislikka chiqish devorini, daraxtdagi 3 qavatli va 12 metrli uyni, yopiq gorkalar va shuningdek, Yangi Janubiy Uelsdagi eng katta akvaparkni ko’rishingiz mumkin.
Butun maydon yeti akrni tashkil qiladi, va u 2012 yilda ochilgan. Bu o’yin maydonini tashkil qilish fikri oddiy – bolalar ota-onalari bilan birgalikda rivojlanishlari lozim.
Bir necha o’n yilliklar davomida, maydoncha joylashgan bu maydon fermerlar tomonidan foydalanilgan, keyinchalik esa u sanoatlashtirilgan markaz, va keyin harbiy hududga aylantirilgandi. Endi esa bu hudud oilaviy dam olish joyidir.

8. Nishi-Rokugo parkidagi bolalar uchun o’yin maydoni

8. Nishi-Rokugo parkidagi bolalar uchun o’yin maydoni Tokio, Yaponiya
Yaponiyada Nishi-Rokugo nomli park mavjud, va u o’zbek tiliga tarjima qilinganda Shinalardan yasalgan park deganini bildiradi.
Kavasaki tashkiloti zavodi shu yaqinlarda joylashganligi uchun, tashkilotga o’yin maydonini barpo qilish uchun 3 000 ta avtomashina shinalarini tuhfa qilish qiyin bo’lmadi, va ulardan, mahalliy ustalar maxluqlarni, robotlarni, dinozavr, ko’priklar, tunellar, ulkan gorkalar va boshqalarni yasashdi.
Butun maydon xavfsizlik maqsadida qum bilan qoplangan. Bu maydon eski jihozlarni qayta ishlashning ajoyib misolidir.

7. Gulliverning ochiq maydoni

7. Gulliverning ochiq maydoni Valensiya, Ispaniya
Adabiyot bolalar tasavvurini rivojlantirish uchun ko’p sonli fikrlarni berishi mumkin. Misol uchun, Djonatan Sviftning kitobi ushbu o’yin maydonini yaratishda uning mualliflarini yaxshigina ilhomlantirdi. Bu yerda bolalar shishali toladan yasalgan ulkan Gulliver modeliga chiqib, lilluputlar rolini o’ynashlari mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook